1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.01.00 Umumiy masalalar]
1. Quyidagilarga:
2001-yil 28-sentabr kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari hukumatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimga;
2011-yil 18-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari hukumatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan 2001-yil 28-sentabrdagi Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi Protokolga qoʻshilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.01.00 Tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlar sohasida boshqaruv]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalarga qoʻshilganligi, shuningdek, ularning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vakolatli organ toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yoʻllasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
PQ-3951-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 07/20/3951/0898-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)