1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“EKOLOGIK EKSPERTIZA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevraldagi O‘RQ-1036-sonli “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 25-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2000-yilning 1-iyulidan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni Oliy Majlisga taqdim etsin;
hukumat qarorlarini “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
74-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 145-modda)