1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.29.00 Majburiyatlarning boshqa turlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1031-sonli “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2002-yil 10-maydagi 100 (2928)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,
361–II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 71-modda)