Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 10-maydagi 390-son qaroriga qoʻshimcha kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-fevraldagi PQ-4620-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-fevraldagi PQ-4620-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi
8-kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning kotibiyatlari funksiyalarini amalga oshiradi”.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida madaniyat, fan va turizm sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 25-sentabrdagi 335-son
qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati tuzilmasida axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 27-yanvardagi 25-son
qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi apparatining shtatlar sonini koʻpaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi 31-son
qarori.