Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoni)
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
maʼmuriy reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyin oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud boʻlgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi”.
2.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan koʻrsatiladi”.
3.
6-band kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi”.