Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BoShQARUVINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 12-maydagi 10/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1477, 2005-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 22-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Soʻndirilgan qimmatli qogʻozlari blankalariga, shuningdek yaroqsiz holga kelgan va (yoki) foydalanilmagan qimmatli qogʻozlari blankalariga “Soʻndirilgan” yozuvi bilan belgi kiritilishi shart.”.
2.
21-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Dalolatnoma bank Boshqaruvi raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.”.