Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 16-martdagi 6/2-son qarori (roʻyxat raqami 2453, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 29-aprel, 17-son, 230-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Nizomning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikrokredit tashkilotlarida ichki audit xizmatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni hamda uning faoliyatini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.”.
2. 20-bandning
beshinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.