1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA TOVAR IMPORT QILIShNI OQILONA TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vatanimiz mahsulot ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish, importni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish va import qiluvchilarning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-noyabrdan boshlab boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga muvofiq joriy etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1996-yil 1-noyabrdan boshlab, mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan tuziladigan barcha import kontraktlari Tashqi aloqalar vazirligida va vakolatli banklarda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi 1996-yil 1-noyabrdan keyin tuzilgan kontraktlar boʻyicha import tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga kontraktlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida va vakolatli banklarda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilar mavjud boʻlgan taqdirdagina oʻtkazsin.
3. Import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga import kontraktlarini vakolatli banklarda roʻyxatdan oʻtkazish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilinsin.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari mulkiy javobgarlik qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mablagʻlari manbalari mavjudligi bilan tasdiqlanadigan summaga import kontraktlari tuzish huquqiga egadirlar. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat buyurtmalari doirasida tuziladigan import kontraktlari bundan mustasno.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorining import bitishuvlari pasportlarini rasmiylashtirishga oid qismi tovarlarni naqd pulga sotgan holda ularni konsignatsiya shartlarida import qiluvchi Markaziy bank patentlari egalariga tatbiq etilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorining 2-bandidagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-martdagi 95-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini yoki rezidentlarga xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi barcha bitishuvlarga tatbiq etiladi”.
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 20-martdagi 114-son qarorining 2-ilovasiga ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq tuzatishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 1-oktabr,
342-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qaroriga 1-ILOVA
Import boj poshlinalari
stavkalari
Tovar guruhi raqami
Tovarning qisqacha nomi
Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi
Poshlina stavkalari (kontrakt qiymatiga nisbatan foizlarda)
Tovarlar import qilish (ishlar va xizmatlar)ning barcha turlariga, quyidagilardan tashqari:
06
Buketlar yasash uchun yoki manzara maqsadlari uchun yaroqli boʻlgan yangi, quritilgan, boʻyalgan, oqartirilgan, shimdirilgan yoki boshqacha usullar bilan ishlov berilgan terilgan gullar va gʻunchalar, shuningdek, barglar, shoxlar va oʻsimliklarning gulsiz va gʻunchalarsiz boshqa boʻlaklari
0603-0604
20
07
Sabzavotlar va baʼzi bir boshqa ildizmevali oʻsimliklar:
Yangi va sovitilgan tomatlar
070200
20
Boshpiyoz
070310000
20
Sarimsoq
070320000
20
bodring
0707
20
Qisqa muddatli saqlash uchun konservalangan sabzavotlar va quritilgan sabzavotlar
0711—0712
20
08
Eyiladigan mevalar va yongʻoqlar; sitrus va poliz ekinlari poʻsti va poʻchoqlari
0802 11, 0806,0807, 0814 00 000
5
09
Sof sigʻimi 3 kilogrammdan oshmaydigan bevosita idishlardagi (fermentlanmagan) koʻk choy
0902 10 000
10
Sof sigʻimi 3 kilogrammdan oshmaydigan bevosita idishlardagi fermentlangan qora choy
090230000
10
17
Saqich
170410
30
20
Sabzavot, meva, yongʻoq yoki oʻsimliklarning boshqa boʻlaklarini qayta ishlash mahsulotlari:
Bodringlar va mayda bodringlar (kornishonlar)
2001 10 000
30
Boshpiyoz
2001 20 000
30
Sirka yoki sirka kislotasi qoʻshmay tayyorlangan yoki konversalangan tomatlar
2002
30
Boshqa sabzavot va yongʻoqlar
2004—2008
30
Meva sharbatlari
200950—200990
30
Meva sharbatlari (sitrus va boshqalar)
200911—200940
20
21
Boshqa har xil oziq-ovqat mahsulotlari:
Ketchup va boshqa tomat souslari
210320000
30
22
Spirtli va spirtsiz ichimliklar (sirkadan tashqari)
22 (2209 dan tashqari)
30
Suvlar, shu jumladan, mineral suvlar
2202
20
Pivo-solodko
2203
30
23
It va mushuklar uchun chakana savdo maqsadida qadoqlangan ozuqalar
230910
30
24
Sigaralar (jumladan, uchi qirqilgan sigaralar), sigarillalar (ingichka sigaralar) va tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchilardan tayyorlangan sigaretlar
2402
30
25
Osh tuzi
250100910
10
27
Dizel yonilgʻisi
271000590
30
33
Attorlik mollari
3303—3307
10
34
Avtokosmetika
340530 340540 340590
30
37
Foto va kinotovarlar
3705
5
39
Kiyim-boshlarni bezash uchun buyumlar va ularning plastmassadan tayyorlangan aksesuarlari
392620
20
46
Toʻqish uchun poxol, alfa va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlar
46
20
49
Reklama materiallari, tovar kataloglari va shunga oʻxshash mahsulotlar
491110000
20
52
Kalava ip va ip gazlama
52
10
53
Boshqa oʻsimlik toʻqima tolalari
53
10
56
Momiq, namat va notoʻqima materiallar
56
5
57
Gilamlar va yerga toʻshaladigan boshqa toʻqma buyumlar
5701—5705
40
59
Linoleum
5904
10
60
Mashinada va qoʻlda toʻqilgan trikotaj polotnolar
60
10
61
Trikotaj kiyim-boshlar (bolalar kiyim-boshlaridan boshqa) va ularga tegishli narsalar*
6101—6110, 6112—6114, 6116, 6117
10
62
Toʻqima kiyim-boshlar (bolalar kiyim-boshlaridan boshqa) va ularga tegishli narsalar
61
10
63
Boshqa tayyor toʻqima buyumlar Sochiq-dasturxon, pardoz-andoz, oshxona sochiqlari Ilgari isteʼmolda boʻlgan kiyim-boshlar va ilgari isteʼmolda boʻlgan boshqa buyumlar*
630240—630299000 6309
20 30
65
Bosh kiyimlar
6501, 6502, 6503, 6504, 6505, 6506,
10
66
Soyabonlar, hassalar
6601, 6602
10
67
Sunʼiy gullar, barglar, mevalar va ularning boʻlaklari; ulardan tayyorlangan buyumlar
6702
30
68
Tosh, gips, sement, asbest, slyuda va shularga oʻxshash materiallardan tayyorlangan buyumlar
68
30
70
Shisha va undan tayyorlangan buyumlar: Butil, butilkalar, shisha bankalar va boshqa shisha idishlar (boʻsh)
7010
20
Billur idishlar
7013321
30
71
Tabiiy yoki ishlov berilgan marvarid, qimmatbaho va arzonbaho toshlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, bijuteriya; tangalar:
Qimmatbaho metallar, marvaridlar, toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari
7113, 7114, 7116
30
Qimmatbaho metallar bilan qoplangan arzonbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari
711320000 711420000
30
Bijuteriya
7117
30
74
Mis va undan tayyorlangan buyumlar
74
5
75
Nikel va undan tayyorlangan buyumlar
75
5
76
Alyumindan tayyorlangan buyumlar
7604—7616
5
78
Qoʻrgʻoshin va undan tayyorlangan buyumlar
78
5
79
Rux va undan tayyorlangan buyumlar
79
5
81
Boshqa arzonbaho metallar
8101, 8102, 8110 00, 8113,00
5
82
Arzonbaho metallardan tayyorlangan asboblar, pichoq buyumlari, qoshiqlar vilkalar
8201,8202, 8203
5
83
Boshqa joylarda nomma-nom keltirilgan arzonbaho metallardan tayyorlangan boshqa buyumlar
8301, 8302 8306, 8310 00 000
5
85
Telefon apparatlari va faksimile aloqa vositalari (shu jumladan, termoqogʻoz)
851710, 851781900
20
Tovushni kuchaytirish uchun elektr qurilmalar
8518
30
Elektroproigrivatel qurilmalari
8519
30
Magnitofonlar (ovoz yozish apparaturasi)
8520
30
Videoyozuv va qayta ishlash apparaturasi
8521
30
Radiopryomnik apparaturasi
8527
30
Televizion pryomniklar
8528
30
87
Erda yuradigan transport vositalari, harakatdagi temir yoʻl transporti va tramvaylardan tashqari; ularning qismlari va uskunalari:
Gʻildirakli traktorlar, boshqalar
870120100, 870190210—870190350
5
Kamida 10 kishini tashishga moʻljallangan avtomobillar
8702
10
88
Uchuvchi apparatlar, ularning qismlari:
fuqaro samolyotlari (faqat transportlari)
880240100lardan
10
90
Bir fazali oʻzgaruvchan tok uchun elektr schyotchiklari
902830110
10
91
Soatlar va ularning qismlari
91
10
92
Musiqa asboblari; ularning qismlari va ularga tegishli narsalar
92
10
94
Mebel
940130—940180000
20
Yoritish jihozlari (qandillar)
940510
20
95
Koʻngil ochadigan oʻyinlar uchun buyumlar
9504
30
96
Termoslar
961700
30
Har xil tayyor buyumlar
9601—9603, 9606, 9618
20
97
Sanʼat asarlari, kolleksiyalanadigan buyumlar va antikvariat
* Evropa Kengashi mamlakatlari bilan tuzilgan Toʻqimachilik va kiyim-boshlar bilan savdo qilish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq, koʻrsatib oʻtilgan pozitsiyalarga nisbatan, Bitimda qayd qilingan boj poshlinalari stavkalari amal qiladi.
Yangi yengil avtomobillar uchun import boj poshlinalari stavkalari — Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-sentabrdagi 304-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq.
Ilgari isteʼmolda boʻlgan avtomobillar uchun import boj poshlinalari stavkalari — Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qaroriga 2-ILOVA
Import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish
TARTIBI
Mazkur Tartib respublikaning xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan tuziladigan import operatsiyalari boʻyicha kontraktlar, shartnomalar (keyingi oʻrinlarda kontraktlar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmini belgilaydi.
Kontraktlarni roʻyxatga olishdan asosiy maqsad import operatsiyalarini amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlarini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlari manfaatlarini himoya qilish, isteʼmolchini sifatsiz tovarlar yetkazib berilishidan va ishlab chiqaruvchini demping narxlar boʻyicha tovar yetkazib berishdan himoya qilish, import kvotalaridan foydalanishni nazorat qilish mexanizmini yaratish, xorijiy valyutadagi operatsiyalarni tartibga solish hamda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanish ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatishdir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida Vazirlar Mahkamasining bevosita tasarrufida boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan kontraktlar roʻyxatdan oʻtkaziladi. Xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar kontraktlarni Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqaviy boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkazadilar.
I. Kontraktlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yoki uning mintaqaviy boshqarmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi:
ariza;
kontraktning asl nusxasi va uning 1 nusxasi;
joʻnatishga tayyorlangan tovarning kelib chiqishi sertifikati yoki tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisida kafolat xati, muvofiqlik sertifikati;
vakolatli bankning import qiluvchining toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi guvohnomasi;
import qiluvchi Ustavining nusxasi (har yili bir marta taqdim etiladi);
raqobat varaqasi.
II. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazishda asosiy shartlar hisoblanadi:
kontraktning xalqaro savdo huquqining umumiy ravishda qabul qilingan meʼyorlariga muvofiqligi;
kontraktning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va normativ hujjatlariga muvofiqligi;
kontraktning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldida qabul qilingan majburiyatlarga muvofiqligi;
kontraktda koʻrsatilgan narxlarning oʻrtacha jahon hamda konsalting firmalari va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi xulosalari asosida vujudga kelgan bozor konʼyunkturasiga muvofiqligi;
maxsus tovarlar, texnologik asbob-uskunalar, texnologiya (nou-xaular, ularga patent va litsenziyalar import qilingan hollarda vakolatli vazirliklar va idoralar xulosalarining mavjudligi.
III. Kontraktga qoʻyiladigan asosiy talablar
Namunaviy kontraktda quyidagi asosiy boʻlimlar boʻlishi lozim:
1. Kontraktning kirish qismi yoki kontrakt matnidan oldin keluvchi hamda kontrakt raqami, kontrakt tuzilgan joyi va vaqti, bitishuvni amalga oshiruvchi tomonlarning atalishini oʻz ichiga olgan preambulasi.
2. Kontraktning tovar nomi, uning tavsifi va soni hamda sifati boʻyicha assortimenti koʻrsatiladigan predmeti.
3. Tovarning miqdori, miqdorni belgilash tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan oʻlchov va ogʻirlik tizimlariga muvofiq oʻlchov birliklarida belgilanadi.
4. Tovarning sifat jihatidan tavsifi tovarning undan muayyan maqsadda foydalanish uchun yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlari yigʻindisini belgilaydi.
5. Etkazib berishning bazis shartlari sotuvchi va xaridorning tovarni yetkazishga oid (transport xarajatlari, sugʻurta) majburiyatlarini va tovarning bexos nobud boʻlishi yoki zararlanishi tavakkalchiligini sotuvchidan xaridorga (INKOTERMS xalqaro qoidalari boʻyicha) oʻtkazish vaqtini belgilaydi.
6. Kontraktga oldindan rozilik bildirish. Kontraktning har bir sahifasiga, shuningdek har bir tuzatishga tomonlar oldindan rozilik bildirishlari lozim.
7. Kontraktning erkin muomaladagi valyutada koʻrsatiladigan umumiy summasi.
8. Narx. Kontraktda tovar narxini belgilashda oʻlchov birligi, narx bazisi, narxni belgilash usuli va narx darajasi koʻrsatiladi.
9. Toʻlovlar. Kontraktda toʻlov shartlarini belgilashda toʻlov valyutasi, toʻlov muddati, toʻlov shakli belgilanadi.
10. Oʻrash-joylash. Tovar xususiyatiga koʻra tovarni oʻrash-joylash zarur boʻlgan hollarda kontraktga oʻrash-joylashning turi va xususiyati, uning sifati oʻlchamlari, toʻlov usuli, shuningdek oʻrab-joylangan har bir oʻrinni markalashga oid koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan shartlar kiritiladi.
11. Joʻnatish tartibi. “Sotuvchiga tovarning joʻnatishga tayyorligi va joʻnatishning amalga oshirilganligi toʻgʻrisida xaridorni xabardor qilish vazifasi yuklanadi, shuningdek bu vazifani bajarish tartibi belgilanadi.
12. Topshirish-qabul qilish tartibi. Tovarni topshirish deyilganda tovarning sotuvchi tomonidan kontrakt shartlariga muvofiq xaridorga mulk sifatida berilganligi tushuniladi. Buning natijasida xaridor tovar ustidan toʻla nazoratni amalga oshirish imkoniga ega boʻladi (tasarruf etish hujjatlarining topshirilishiga tovarning oʻzini berish sifatida qaraladi).
13. Reklamatsiya. Etkazib berilgan tovar sifati va miqdorining kontrakt shartlariga muvofiq emasligi munosabati bilan xaridor tomonidan sotuvchiga qoʻyiladigan eʼtirozlar. Tomonlar kontraktda reklamatsiya taqdim etish tartibi, reklamatsiya bildirilishi mumkin boʻlgan muddat, reklamatsiya bildirilganligi munosabati bilan tomonlarning huquqi va majburiyatlari, reklamatsiyalarni hal etish usullarini belgilab qoʻyadilar.
14. Kafolatlar. Mashina va asbob-uskunalar, shuningdek sertifikatlanadigan boshqa tovarlarga kontraktda sotuvchi muayyan kafolat muddati mobaynida tovarning sifati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Bu holda sotuvchi tomonidan beriladigan kafolat miqdori, tovar xavfsizligiga muvofiqlik sertifikati, kafolat muddati, tovarning nuqsonliligi yoki uning kontraktga muvofiq emasligi aniqlanganda sotuvchining majburiyatlari belgilab qoʻyiladi.
15. Shartnoma bajarilishini taʼminlovchi shart-sharoitlar, shartnomadagi shartlarni bir-biriga nisbatan oʻz majburiyatlarini bajarmagan tomon toʻlaydigan penyalar, boqimandalar, jarimalar koʻrinishidagi turli xil sanksiyalar belgilashni oʻz ichiga oluvchi jarima sanksiyalari.
16. Engib boʻlmaydigan kuchlarning taʼsiri toʻgʻrisida qoʻshimcha tushuntirish (fors-major). Xarid qilish-sotish kontraktlari kontrakt tuzilganidan soʻng kontraktni bajarishga toʻsqinlik qiluvchi tomonlarga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda kontrakt boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddatini kechiktirishga ruxsat etiladigan yoki tomonlarni kontrakt boʻyicha majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bajarishdan umuman ozod etadigan shartlarni oʻz ichiga oladi.
17. Hakamlik. Tomonlar oʻrtasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan va ikki tomonlama asosda hal etish mumkin boʻlmagan bahslarni hal etish tartibi belgilanadi. Bunda ushbu kontrakt boʻyicha bahslarni koʻrib chiqish joyi hamda koʻrib chiquvchi organ aniqlashtiriladi.
18. Kontraktning amalga kirishi. Kontrakt Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida va vakolatli banklarda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin amalga kiradi.
IV. Roʻyxatga olish muddatlari va shakli
Kontraktlar ular imzolangandan soʻng besh ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yoki uning mintaqaviy boshqarmalariga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilishi lozim.
Kontrakt Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yoki uning mintaqaviy boshqarmasiga murojaat qiluvchidan hujjatlar kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni mobaynida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ijobiy qaror qabul qilinganda kontrakt belgilangan shakldagi daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Kontrakt asl nusxasining har bir sahifasiga u Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida yoki uning mintaqaviy boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi boshqarma boshligʻi imzosi bilan shtamp qoʻyiladi hamda murojaat etuvchiga qaytariladi,
V. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etilgan kontraktlarning xalqaro cavdo huquqining umumiy qabul qilingan meʼyorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga nomuvofiqligi;
kontraktni imzolash paytida jahon bozorida shakllangan narxlar darajasiga nisbatan kontrakt narxlarining oshirib yuborilishi. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, konsalting firmalari hamda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi xorijiy sherikni tanlashda yordam koʻrsatadilar;
kontrakt summasining mulkiy javobgarlik qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mablagʻlari miqdoridan oshib ketishi;
import qiluvchining toʻlov muddati oʻtib ketgan kreditorlik qarzi va budjetga toʻlov boʻyicha qarzi mavjudligi;
davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan maʼnaviy va jismoniy eskirgan, iqtisodiy samarasiz asbob-uskunalar va texnologiyalar xarid qilinishi (FTDQ, “Oʻzdavstandart” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi xulosalariga asosan);
ekologik jihatdan zararli texnologiyalar (patentlar, litsenziyalar, nou-xau), asbob-uskunalar va boshqa tovarlar import qilinishi (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdavstandart” markazi xulosalariga asosan);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dori-darmonlar eksporti va importi yuzasidan hamda “Oʻzfarmsanoat” konsernining dori-darmonlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan dorivor oʻsimlik xomashyosi va biologik kelib chiqqan xomashyo importi yuzasidan salbiy xulosasi;
valyuta resurslarining, konvertatsiyalashga patentning mavjud emasligi;
tovarlarning kelib chiqishi hamda sifat boʻyicha muvofiqlik sertifikatlarining mavjud emasligi.
Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi lozim va murojaat etuvchiga yozma shaklda joʻnatiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazishning asossiz rad etilishi yuzasidan shikoyatlar sud tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
VI. Yakuniy qoidalar
Import qiluvchilar murojaatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati topshiriqlariga asosan zarur hollarda tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda eng qulay sharoitlar yaratish, tovarlar va xizmatlarning jahon bozoriga chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarining yetarli darajada vakolatliligi va nufuzini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek hukumatlararo shartnomalar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan yetkazib berishlari yuzasidan tuzilishi moʻljallanayotgan kontraktlar loyihalarining, keyinchalik ularni murojaat qilinganda roʻyxatdan oʻtkazish sharti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning mintaqaviy boshqarmalari tomonidan dastlabki ekspertizasi oʻtkazilishi mumkin.