Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarning 15 973 m.kv qismi (keyingi oʻrinlarda — obyekt) moddiy madaniy meros sifatida oʻz qimmatini yoʻqotganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan obyekt Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining obyektni “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ) uning ustav kapitalida davlat ulushini shakllantirish hisobiga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uch oy muddatda obyekt baholangan qiymatda “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ ustav kapitaliga berilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari
milliy roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
309-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: