1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGAChA TAʼLIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGINING
Qarori
“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3182-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini munosib ragʻbatlantirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 19-avgustdagi 10-mh, 8 q/q, 41 q/q, 5-2019, 32, 25 q/q va 35-2019-q/q-son “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3182, 2019-yil 16-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/3182/3754-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2020-yil 18-iyundan kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
20-mh-son
Maktabgacha taʼlim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
7-son
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
5-mh-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MAJIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
10-2020-son
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
8-son
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
6-mh-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
11-2020-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 7-maydagi 20-mh, 7, 5-mh, 10-2020, 8, 6-mh va 11-2020-q/q-son qaroriga ILOVA
“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”;
“1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari”;
b) I boʻlimda:
nomidagi “Maktabgacha” degan soʻz “Davlat maktabgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-bobda:
nomidagi “maktabgacha” degan soʻz “davlat maktabgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyasida:
“yozma yoki ijodiy ish” degan coʻzlardan keyin “, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“
g)
nazariy va amaliy sinovlar boʻyicha aniqlanganda:
100 ball
nazariy sinov 4 ta savoldan, amaliy sinov 4 ta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarilganligi belgilangan normativlarga asosan baholanadi
nazariy sinov 40 ballgacha (har bir savol uchun 10 ball), amaliy sinov 60 ballgacha (har bir mashq uchun 15 ball) baholanadi
”;
2-bobda:

v) II boʻlimning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyalarida, III boʻlimning 3-pozitsiyasida, V boʻlimning 3-pozitsiyasida, VI boʻlimning 2-bobi 3-pozitsiyasida, VII boʻlimning 3-pozitsiyasida:
“yozma yoki ijodiy ish” degan coʻzlardan keyin “, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“
g)
nazariy va amaliy sinovlar boʻyicha aniqlanganda:
100 ball
nazariy sinov 4 ta savoldan, amaliy sinov 4 ta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarilganligi belgilangan normativlarga asosan baholanadi
nazariy sinov 40 ballgacha (har bir savol uchun 10 ball), amaliy sinov 60 ballgacha (har bir mashq uchun 15 ball) baholanadi
”;
g) VIII boʻlimda:
nomidagi “Kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “Boshlangʻich professional, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;