1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida
Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni jadal rivojlantirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga tez tibbiy yordam xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
1. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodi 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0, 8703 32 191 0, 8703 33 191 0) 2025-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori]
Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingunga qadar olib kirilgan “bojxona ombori” rejimida olti oydan koʻp turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojxona rasmiylashtiruvida ham qoʻllanilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida olib kiriladigan avtomobillardan maqsadli foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Belgilansinki, avtomobillardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan import bojxona boji summasi qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirib olinadi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-may,
PQ-4737-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2020-y., 07/20/4737/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son; 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son)