1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2352-8]
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalargailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-may,
110-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Yuridik xizmat loyihalarning huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilini amalga oshiradi.”.
“87. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga, shuningdek havolaki normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadliligiga nomuvofiq boʻlsa, yuridik xizmat loyihani tegishli eʼtirozlar bilan qayta ishlash uchun loyihani ishlab chiqish boʻyicha masʼul boʻlgan ishlab chiquvchining tarkibiy boʻlinmasiga qaytaradi.”.
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;”;
“loyihalarni ularning mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutuvchi, ularga nisbatan javobgarlikning yangi choralarini belgilovchi qoidalarni, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil qilishni amalga oshiradi.”.
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi D. KALANDAROV
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)