Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 29-dekabrdagi 72 va 190-son qarori (ruyxat raqami 2964, 2018-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 3-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun
tariflarning 1,2,3-pozitsiyalaridagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.