1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son farmoniga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.05 Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar]
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq.
Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini, Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar:
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa va dafn marosimi uchun beriladigan nafaqalarni tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlash maqsadida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining maʼlumotlar bazasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
fuqarolarning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida va pensionerlarning pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibini amalga oshirish yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari buzilganligi uchun davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini belgilangan tartibda qoʻllasin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2011-y., 24-son, 249-modda) bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-may,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qaroriga 1-ILOVA
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament tugʻilgan bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash yuzasidan murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan toʻlanadi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi idoralararo elektron axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar ERIsini shu joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
8. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
9. Ariza beruvchilar tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatlardan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 5 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
12. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnoma olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida nafaqa puli tayinlanadi yoki rad etiladi hamda bu haqidagi maʼlumot tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboriladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda maʼlumotda rad etish sabablari koʻrsatiladi.
13. Vakolatli organ nafaqa pulini tayinlagan taqdirda toʻlov qaydnomalarini shakllantiradi va nafaqani qachon va qayerdan olishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi. Shakllantirilgan toʻlov qaydnomalari har oy hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi kunigacha soʻrovnomada keltirilgan nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga yuboriladi.
14. Davlat xizmatlari markazi maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida ariza beruvchini xabardor qiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
______________________
(sana)
______________________
(raqami)
Farzand tugʻilganda beriladigan nafaqani olish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Tugʻilgan sanasi:
5. Pasport seriyasi va raqami:
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:
7. Nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot:
8. Bolaning tugʻilgan sanasi:
9. Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami:
10. Dalolatnoma yozuvi qayd raqami:
11. Bolaga aloqadorligi:
12. Telefon raqami:
13. Elektron pochta manzili:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qaroriga 2-ILOVA
Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali dafn marosimlarini oʻtkazish uchun beriladigan nafaqa pulini (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash yuzasidan murojaat etish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi va nafaqa puli nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan toʻlanadi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi idoralararo elektron axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar ERIsini shu joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
8. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
9. Ariza beruvchilar tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 5 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
12. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnoma olingandan soʻng 5 daqiqa mobaynida nafaqa puli tayinlanadi yoki rad etiladi hamda bu haqidagi maʼlumot tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboriladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda maʼlumotda rad etish sabablari koʻrsatiladi.
13. Vakolatli organ nafaqa pulini tayinlagan taqdirda toʻlov qaydnomalarini shakllantirib, soʻrovnomada keltirilgan nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga yuboradi. Shu bilan birga nafaqani qachon va qayerdan olish mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron murojaat etgan taqdirda) ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazi maʼlumot olingandan soʻng 5 daqiqa mobaynida ariza beruvchini xabardor qiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
18. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
SXEMASI
Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
______________________
(sana)
______________________
(raqami)
Dafn marosimi uchun nafaqani tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Tugʻilgan yili va sanasi:
5. Marhumning vafot etgan yili va sanasi:
6. Pasport seriyasi va raqami:
7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:
8. Oʻlim haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami:
9. Dalolatnoma yozuvi qayd raqami:
10. Marhumga aloqadorligi:
11. Nafaqayem yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qaroriga 3-ILOVA
Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament fuqarolarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqaro pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi idoralararo elektron axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
8. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
9. Ariza beruvchilar tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqangandan soʻng 5 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda taqdirda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
12. Vakolatli organ soʻrovnoma olingandan soʻng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
13. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma olingandan soʻng 5 daqiqa mobaynida ariza beruvchiga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida berishi shart.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qaroriga 4-ILOVA
Pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament pensiya va nafaqa oluvchilarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali Pensiya va nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi idoralararo elektron axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
8. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
9. Ariza beruvchilar tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
12. Vakolatli organ soʻrovnoma olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
13. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida ariza beruvchiga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida berishi shart.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“6. Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) murojaat qilish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tomonidan tayinlanadi.
Ushbu Nizom 5-bandining “v” kichik bandida koʻrsatilgan shaxs vafot etganda nafaqa korxona, muassasa yoki tashkilot (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tayinlanishi mumkin”.
2. 22-banddagi “Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining yuqori organiga” degan soʻzlar “boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 35-banddagi “Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimiga yoxud, mavjud boʻlsa, yuqori organiga” degan soʻzlar “boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.