1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga muvofiq, yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish, yosh isteʼdod egalarini tayyorlab borish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublikaning har bir hududida 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklarini (keyingi oʻrinlarda — Texnoparklar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;
hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;
zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;
iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;
yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, oʻquv kurslari va treninglar tashkil etish;
iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni saralash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan eʼlon qilib boriladigan tanlovlarga yoʻnaltirish;
ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-oʻqituvchi va talabalarini jalb qilish;
Texnoparklar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Texnoparklarning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashtiriladi;
Texnoparklar rezidenti maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
2020 — 2023-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali (keyingi oʻrinlarda — reja-jadval) 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tegishliligi boʻyicha Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-texnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash hamda loyiha ishlarini amalga oshirsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari reja-jadvalda belgilangan muddatlarda Texnoparklarni toʻliq foydalanishga topshirishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
5. Texnopark faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 545-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Texnopark direktori mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan boʻlim boshligʻi lavozimiga tenglashtiriladi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Texnoparklarda ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan yuqori deb topilgan innovatsion mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqqan tadbirkorlik subyektlariga tegishlicha “Yashnobod” innovatsiya texnoparki, “Xorazm” innovatsion texnoparki, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining rezidenti maqomini berish tartibi joriy etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda:
Texnoparklar ustavlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Texnoparklar rezidentlarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanishini;
b) oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga muntazam ravishda barcha hududiy kengashlari orqali Texnoparklar faoliyatiga iqtidorli yoshlarni maqsadli jalb etish, rezidentlarning ishlanmalarini keng jamoatchilikka targʻib qilish, zarur hollarda, media mahsulotlar ishlab chiqish chora-tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklatilsin.