Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shtatlar tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 861-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y, 10-son, 245-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — JIEBB boshligʻi (keyingi oʻrinlarda JIEBB boshligʻi deb ataladi)” soʻzlari “JIEBB boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.