1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni hamda “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.01 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni suv isteʼmolchilari tomonidan qoplashni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdoriga bosqichma-bosqich qoʻshish orqali amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 2020-yil 15-iyungacha suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni inobatga olgan holda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining yangi miqdori yuzasidan asoslantirilgan takliflarni “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasida nazarda tutish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
3. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv resurslarini boshqarish, hisobga olish hamda isteʼmol qilingan suv resurslarining hisobotini yuritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
a) “Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda suv omborlarining foydali sigʻimiga davriy ravishda aniqlik kiritib borish chora-tadbirlarini tasdiqlasin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarga muvofiq suv xoʻjaligi obyektlarida suv resurslari hamda elektr energiyasidan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar joriy etilishini taʼminlasin.
v) Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi:
suv omborlari va irrigatsiya tizimlaridagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari (gidropostlar) bilan jihozlash;
suv omborlari, irrigatsiya tizimlari va nasos stansiyalarda raqamli texnologiyalarni joriy qilish, suv resurslari va elektr energiyasidan foydalanishni “onlayn” rejimda nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, jalb etiladigan grantlar hisobidan moliyalashtirilishini tashkil qilsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari ikki oy muddatda suv isteʼmolchilari uyushmalari sugʻorish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash va tiklash, fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash muddatlari va ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbalari yuzasidan kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Tijorat banklariga suv isteʼmolchilariga suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur miqdorda kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda suv omborlari va irrigatsiya tizimlaridagi suv olish joylarini 2022-yil 1-dekabrga qadar suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan toʻliq jihozlash hamda 2023-yil 1-dekabrga qadar raqamli texnologiya asosida tumanlar chegarasida “onlayn” rejimida suv resurslari va vazirlik tizimidagi nasos stansiyalarda elektr energiyasidan foydalanishni nazorat qilishni joriy qilishga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda suv isteʼmolchilari uyushmalari bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan toʻliq jihozlashni tashkil qilishga;
barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga toʻliq amal qilishga hamda suvning hisob-kitobini oʻz vaqtida yuritishga masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
8. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq suv isteʼmolchilari:
belgilangan suv olish limitlari va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etishi, suvni maxsus isteʼmol qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashi, ichki suv obyektlari va inshootlarini texnik jihatdan soz holda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi hamda suvni shartnoma asosida isteʼmol qilishi zarur;
b) suv isteʼmolchilari tomonidan olingan suv resurslarining hisobi va hisoboti Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq suv isteʼmolchilari limitdan ortiqcha suv olganda, limitdan ortiqcha olingan suv uchun, shuningdek, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz suv resurslarini isteʼmol qilganda, suvdan foydalanganlik uchun soliq belgilangan stavkaga nisbatan besh barobarga oshirilgan miqdorda undiriladi.
9. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda suvning hisob-kitobi yuritilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin, joylarda maqsadli oʻrganishlar oʻtkazsin hamda har chorak yakuni boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim qilib borsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 20 modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev hamda viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-may,
310-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-son qaroriga 1-ILOVA
Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv resurlarini boshqarish, hisobga olish hamda isteʼmol qilingan suv resursining hisobotini yuritish yuzasidan
I. Suv resurlarini boshqarish, hisobga olish hamda isteʼmol qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish
1.
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha naʼmunaviy shartnomalarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda tasdiqlash va joylarga yetkazish.
Mablagʻ talab etilmaydi
2020-yil
15-iyul
Suv xoʻjaligi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Suv olish joylarining roʻyxatga olish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2020-yil
15-iyul
3.
Gidropostlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2020-yil
15-iyul
II. Suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash
4.
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hisobidagi suv omborlarining loyihaviy suv sigʻimlarini tahlil qilish hamda ularning amaldagi sigʻimini raqamli texnologiyalari yordamida qayta aniqlash.
Suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlariga budjetdan ajratilgan mablagʻlar,
Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarma mablagʻi
2021 — 2023
yillarda jadval boʻyicha
Suv xoʻjaligi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hisobidagi suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlaridagi suv olish joylarini va ulardagi suvni boshqarish va hisobga olish vositalarini xatlovdan oʻtkazish.
Suv isteʼmolchilari hisobidagi sugʻorish tarmoqlarini, ulardagi inshootlar, shuningdek, fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylarini xatlovdan oʻtkazish.
Suv olish joylari, suvni boshqarish va hisobga olish vositalarining texnik holati boʻyicha nuqsonlar dalolatnomalarini rasmiylashtirish.
Mablagʻ
talab etilmaydi
2020-yil
1-iyul
2020-yil
10-iyul
2020-yil
20-iyul
Suv xoʻjaligi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
suv isteʼmolchilari uyushmalari
6.
Suv omborlar, irrigatsiya tizimi kanallari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlaridagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash.
Davlat budjeti mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar va grantlar
2020 — 2023-yillar
jadval boʻyicha
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
“Amudaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi, “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi
7.
Suv isteʼmolchilari uyushmalarining sugʻorish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash va tiklash, fermer xoʻjaliklari, klaster tashkilotlari va boshqa suv isteʼmolchilarning bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash.
Suv isteʼmolchilari mablagʻlari,
tijorat banklari krediti,
xorijiy investitsiyalar va grantlar
2020 — 2023-yillar
jadval boʻyicha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
suv isteʼmolchilari uyushmalari,
suv isteʼmolchilari
III. Suvning hisob-kitobini yuritishni tizimini takomillashtirish
8.
Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi barcha suv xoʻjaligi tashkilotlarining dispetchirlik xizmatlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash.
Suv resurslari va ulardan foydalanish yuzasidan maʼlumotlar bazasini toʻliq shakillantirish.
Suv xoʻjaligi tizimidagi tashkilotlarga budjetdan ajratilgan mablagʻlar, Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarma mablagʻi va tashkilotlarning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
2020 — 2025-yillar
jadval boʻyicha
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzgidromet” markazi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,
“Amudaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi,
“Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi
9.
Daryolar, suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarida, shuningdek, hududlardagi mavjud suv resurslari boʻyicha kunlik maʼlumotlarni vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlash.
Mablagʻ
talab etilmaydi
2020-yil
1-iyul
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzgidromet” markazi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
10.
Suv isteʼmolchilarining suv olish joylari va suvni hisobga olish vositalarining (gidropost) naʼmunaviy loyihalarini ishlab chiqish va joylarga yetkazish.
Mablagʻ
talab etilmaydi
2020-yil 1-avgust
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
11.
Suv omborlari, nasos stansiyalari, irrigatsiya tizimlari, sugʻorish tarmoqlari hamda suv olish joylarida suv resurslari va elektr energiyasi hisob-kitobini yuritish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlariga budjetdan ajratilgan mablagʻlar va tashkilotlarning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
2020 — 2025
yillar
jadval boʻyicha
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-son qaroriga 2-ILOVA
Suv omborlari va irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan foydalanishi raqamli texnologiyalar yordamida “onlayn” rejimida nazorat qilishni joriy qilish koʻrsatkichlari
Jami oʻrnatiladigan qurilma soni, dona
shu jumladan:
suv omborlarda
irrigatsiya tizimlarida:
viloyatlararo irrigatsiya
tizimlarida
tumanlararo irrigatsiya tizimlarida
tumanlar irrigatsiya tizimlarida
jami
shundan:
jami
shundan:
jami
shundan:
jami
shundan:
2021-y
2022-y
2021-y
2022-y
2021-y
2022-y
2023-y
2021-y
2022-y
2023-y
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1 302
37
30
7
180
36
63
81
1 085
162
271
652
viloyatlar:
Andijon
2 086
2
1
1
32
26
6
196
39
68
89
1 856
278
164
1 414
Buxoro
1 319
3
1
2
34
27
7
121
24
42
55
1 161
174
290
697
Jizzax
664
7
3
4
23
18
5
132
26
46
60
502
75
125
302
Qashqadaryo
1 515
13
5
8
52
39
13
169
33
59
77
1 281
192
320
769
Navoiy
327
13
10
3
44
9
15
20
270
40
67
163
Namangan
2 330
11
4
7
21
15
6
143
28
50
65
2 155
322
538
1 295
Samarkand
1 241
5
2
3
18
14
4
168
33
58
77
1 050
157
262
631
Surxondaryo
991
5
2
3
19
14
5
143
28
50
65
824
123
206
495
Sirdaryo
1 461
1
1
24
16
8
96
19
33
44
1 340
201
335
804
Toshkent
2 433
3
1
2
25
20
5
180
36
63
81
2 225
334
556
1 335
Fargʻona
2 550
5
2
3
26
20
6
224
44
79
101
2 295
344
573
1 378
Xorazm
357
1
1
20
16
4
99
20
34
45
237
36
59
142
JAMI
18 576
56
21
35
344
265
79
1 895
375
660
860
16 281
2 438
3 766
10 077
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-son qaroriga 3-ILOVA
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanishda raqamli texnologiyalar yordamida “onlayn” rejimida nazorat qilishni joriy qilish
dona
Jami nasos stansiya soni
Oʻrnatiladigan
shundan:
elektr energiya hisoblagich soni
qurilma soni
2021-yil
2022-yil
2023-yil
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
273
409
409
62
123
224
viloyatlar:
Andijon
147
133
133
20
40
73
Buxoro
31
20
20
3
6
11
Jizzax
35
44
44
7
13
24
Qashqadaryo
62
82
82
12
25
45
Navoiy
41
54
54
9
16
29
Namangan
206
277
277
42
83
152
Samarkand
91
62
62
10
18
34
Surxondaryo
110
132
132
19
40
73
Sirdaryo
42
103
103
16
31
56
Toshkent
150
154
154
23
46
85
Fargʻona
168
174
174
27
52
95
Xorazm
298
435
435
67
130
238
Qashqadaryo magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi
14
14
14
2
4
8
Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi
11
41
41
6
12
23
Jizzax bosh nasos stansiyasidan foydalanish boshqarmasi
8
14
14
2
4
8
JAMI
1687
2148
2148
327
643
1178
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning birinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
a) 4-banddan “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 5-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 23-bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar boʻyicha) ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “irrigatsiya tizimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari “tumanlar irrigatsiya boʻlimlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizim) boshqarmalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻtinchi xatboshidagi “havza tizimi, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari” soʻzlari “tizimlari havza boshqarmalari, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 45-bandning birinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan (yer osti issiq suvlari va mineral suvlarni olishda)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
k) 47-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash”;
l) 54-bandning birinchi xatboshisidagi “hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“55. Suvdan maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv isteʼmolchilarining hammasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq, kommunal suv taʼminoti tizimidan suv olingan taqdirda esa — Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq suvdan foydalanish va suv taʼminoti, shuningdek suv chiqarish toʻgʻrisida hisob va hisobotni yuritishlari, shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdorini hisoblab chiqarish maqsadida tegishli suv yetkazib beruvchi tashkilotga (foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari yoki suv isteʼmolchilari uyushmalari) yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv miqdori toʻgʻrisida alohida hisobot taqdim etishlari shart.
Suv foydalanish va suv isteʼmoli uchun olingan suv resursi miqdori suvni yetkazib beruvchi tashkilot (suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari yoki suv isteʼmolchilari uyushmasi) bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchi oʻrtasida suvning oldi-berdi jurnali yuritiladi.
Ushbu jurnal shnurlangan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi hamda jurnal har bir suv berish joyi boʻyicha ikki (shartnoma uch tomonlama tuzilgan taqdirda uch) tomonlama olib borilib, bittasi suv yetkazib beruvchi tashkilot vakilida ikkinchisi suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisining vakolatli shaxsida saqlanadi.
Suvning oldi-berdisi suv yetkazib beruvchi tashkilot va suv isteʼmolchisining alohida buyruqlari bilan tayinlangan vakolatli shaxslar tomonidan olib boriladi.
Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha olingan suv miqdori yuzasidan suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan suv isteʼmolchi oʻrtasida yuritilgan kundalik oldi-berdi maʼlumotlar tahlil qilinadi.
Tahlil natijalari asosida har oyning yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasigacha belgilangan tartibda suv yetkazib beruvchi tashkilot va suv isteʼmolchisi oʻrtasida ikki tomonlama dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda imzolanadi.
Rasmiylashtirilgan dalolatnoma suv yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan har oyning yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasigacha belgilangan tartibda tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdorini hisoblash uchun taqdim qilinadi”;
n) 60-bandning uchinchi xatboshisi “suv isteʼmolchilari tomonidan” soʻzlaridan keyin “suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamasdan suv olish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
o) 64-banddagi “suv olish joyini” soʻzlari “qurilgan suv olish inshootlari va ochilgan suv olish joylari hamda oʻrnatilgan suv olish qurilmalarini (nasos stansiyasi, sifon va boshqalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 65-banddagi “Korxonalar, muassasalar” va “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)