1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son va “Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qarorlari)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-may,
305-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish qoidalarida:
“4. Koʻp kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Etkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlashga Isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmogʻining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi.
Koʻp kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Isteʼmolchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin.
Bunda issiqlik taʼminoti korxonalari, isteʼmolchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari oʻrtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuziladi”;
birinchi xatboshidagi “kalendar yil mobaynida har oyda teng ravishda” soʻzlari “2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “kalendar” soʻzi “isitish davridagi kalendar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tamom” soʻzi “isitish davridagi tamom” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandida:
“suv-kanalizatsiya xoʻjaligi va issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq koʻrsatilishini, shuningdek, isteʼmolchilarga ichimlik suvi, issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;
suv-kanalizatsiya xoʻjaligi tashkilotlarining suv taʼminoti va suv chiqarish boʻyicha hamda issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
suv taʼminoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari hamda issiqlik taʼminoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga taʼmirlash xizmati koʻrsatilishi ustidan nazoratni taʼminlash”;
b) quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va oʻrnatilishini, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;
issiqlik energiyasi va issiq suv uchun toʻlovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlari, isteʼmolning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni oʻlchami asosida oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlashni, shuningdek, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish;
issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish”;