1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 26-band bilan toʻldirilsin:
“26) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi — Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni koʻzlab qilingan daʼvolar va beriladigan arizalar yuzasidan”;
2) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 101, 102 va 103-bandlar bilan toʻldirilsin:
“101) Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan;
102) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan;
103) Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan”;
3) 15-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat notarial idorasining xususiy amaliyot bilan shugʻullanish istagini bildirgan notariusi xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi”;
4) 18-modda birinchi qismining ikkinchi bandidagi “davlat notarial idoralari” degan soʻzlar “notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin”;
“Notarial harakatlar notariuslar tomonidan bajarilganligi uchun davlat boji ular amalga oshirilganda undiriladi, notarial idoralardagi ishlarda mavjud boʻlgan hujjatlarning dublikatlarini, hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestridan koʻchirmalarni berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi”;
uchinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan soʻzlar “Notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan soʻzlar “Notarial idora” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Keyinchalik mol-mulkning qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji uning avvalgi guvohnoma (guvohnomalar) berilganligi uchun toʻlangan qismi chiqarib tashlangan holda mutanosib ravishda undiriladi”;
oʻn birinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan soʻzlar “Notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi qismidagi “Ijro yozuvlari boʻyicha yozuvni amalga oshirganlik” degan soʻzlar “Ijro yozuvlarini yozganlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi va yigirma birinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ikki yoki undan ortiq shaxs nomidan yoxud ikki yoki undan ortiq shaxs nomiga berilgan bitta ishonchnomani tasdiqlashda davlat boji bitta harakatga nisbatan undiriladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning bitta arizadagi (majburiyatdagi) imzolarini shahodatlashda davlat boji bitta harakatga nisbatan undiriladi”;
6) quyidagi mazmundagi 221-modda bilan toʻldirilsin:
“221-modda. Davlat xizmatlarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishda davlat boji undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Har qanday davlat xizmatini olish, shu jumladan litsenziya, ruxsatnoma olish, davlat roʻyxatidan oʻtish va boshqa xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat etilganda davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat koʻrsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi”;
b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan — BHMning 3300 baravaridan kam boʻlmagan miqdorida yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk sotib olinganda
shartnoma summasining 10 foizi
”;
“ch” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
ch) notarial idoralarda mavjud boʻlgan notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestridan koʻchirmalarni, hujjatlarning koʻchirma nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun
BHMning 5 foizi
”;
“sh1” kichik bandi izohining birinchi xatboshisidagi “Davlat notarial idorasi” degan soʻzlar “Notarial idora” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-bandining “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
a) adliya organlari tomonidan
xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, shuningdek xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini
faoliyatini viloyat hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini
BHMning 1 baravari
faoliyatini tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini
BHMning 50 foizi
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy oʻquv yurtlarini
BHMning 20 baravari
boshqa diniy tashkilotlarni
BHMning 10 baravari
diniy tashkilotlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun
ularni birinchi marta davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi
advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini
BHMning 2 baravari
advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun
ularni birinchi marta davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun belgilangan summaning 20 foizi
yuridik maslahatxonalarni
BHMning 1 baravari
b) Davlat xizmatlari markazlarida
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda
BHMning 10 baravari
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchil�ri tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni, bozorlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan xolding) shaklida tashkil etilayotgan xoʻjalik birlashmalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda
BHMning 4 baravari
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini hamda yuridik shaxslar birlashmalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda
BHMning 1 baravari
”;
31-bandning izohi chiqarib tashlansin;
34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
34. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish
yuridik shaxslar uchun
BHMning 5 baravari
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
BHMning 2 baravari
”;
40-bandi chiqarib tashlansin;
42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
42. Faoliyatning ayrim turlarini Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
lotoreyalar tashkil etish
BHMning 35 baravari
”;
quyidagi mazmundagi 45 — 48-bandlar bilan toʻldirilsin:
“
45. Faoliyatning ayrim turlarini adliya organlari tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
advokatlik faoliyati
BHMning 1 baravari
xususiy notarial faoliyat
BHMning 1 baravari
46. Faoliyatning ayrim turlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyati
BHMning 10 baravari
47. Faoliyatning ayrim turlarini Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish
BHMning 10 baravari
48. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻ�ston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
baholash faoliyati
BHMning 4 baravari
rieltorlik faoliyati
BHMning 4 baravari
”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-may,
OʻRQ-619-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)