1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan yer osti boyliklarining geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazishni tashkil etish tartibini;
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning asosiy vazifalarini;
respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishni va qayta tiklashni taʼminlash uchun yillik dasturning asosiy vazifalari va geologiya-qidiruv ishlari obyektlarini tanlash mezonlari hamda dasturlarni shakllantirish tartibi va muddatlarini.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-may,
297-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 297-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashning uzoq muddatli, oʻrta muddatli va yillik davlat dasturlarini geologik-qidiruv jarayonining barcha ishtirokchilari va yer osti boyliklari foydalanuvchilarining koʻrsatkichlari bilan ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
zaxiralar — geologiya-qidiruv ishlari natijasida hisoblanadigan foydali qazilmalarning miqdori. Zaxiralar baholash, qidirish hamda konni qazib olish davomida hisoblanadi va oʻrganilganlik darajasi hamda ishonchliligiga qarab A, V, S1 va S2 toifalarga boʻlinadi (eng ishonchlisi A, V va S1 toifalari hisoblanadi). Zaxiralar baholash va qidirish ishlarini asoslash uchun hamda ishlab chiqarishga jalb etish uchun qoʻllaniladi;
istiqbolli resurslar — asosan prognoz resurslar kabi baholanadi, lekin istiqbolli resurslar asosan uglevodorod yoʻnalishida ishlatilib S3 toifasi bilan belgilanadi;
yillik dastur — yer osti boyliklarini kompleks geologik oʻrganish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarining aniq maqsadli vazifalari koʻrsatkichlarini, har bir loyiha boʻyicha moliyalashtirish manbalarini, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlarini belgilash tadbirlarini koʻzda tutadi;
prognoz resurslar — ilmiy mezonlar, regional geologiya qidiruv ishlari natijalari, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar natijalari hamda boshqa geologik maʼlumotlar asosida istiqbolli maydonlar va ayrim konlarda baholanadigan foydali qazilmalarning taxminiy miqdori. Prognoz resurslar deyarli barcha turdagi foydali qazilmalarning resurslarini baholash va hisobga olishda qoʻllaniladi, asoslanganligi va ishonchliligiga qarab R1 va R2 toifalariga boʻlinadi. Prognoz resurslar asosan izlash va baholash ishlarini asoslash uchun qoʻllaniladi;
uzoq muddatli dastur — 5 yildan 15 yilgacha boʻlgan davrni qamrab olgan va konseptual xususiyatga ega boʻlgan, respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, jahon bozori konyunkturasi, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi ilgʻor ilmiy-texnik qarorlarni aks ettirgan geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
oʻrta muddatli dastur — uch yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi va uzoq muddatli dasturning asosiy yoʻnalishlarida belgilangan koʻrsatkich va mezonlarni aniqlashtiradi.
2. Uzoq muddatli, oʻrta muddatli va yillik davlat dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) tomonidan ishlab chiqiladi.
3. Uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yillik dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazishni tashkil etish
4. Davlat geologiya qoʻmitasi geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazuvchi tashkilotlar bilan geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazishga har yili shartnomalar tuzadi.
5. Geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazuvchi tashkilotlar yillik dasturni amalga oshirish boʻyicha yillik, choraklik va har oylik hisobotlarida prognoz resurslarning oʻsishi va foydali qazilmalar zaxiralari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etadilar.
Davlat geologiya qoʻmitasi har chorakda keyingi hisobot choragi birinchi oyining 10 kuniga qadar yillik dasturning amalga oshirilishi yuzasidan maʼlumotlarni, foydali qazilmalar zaxiralari va prognoz resurslarning oʻsishi boʻyicha maʼlumotlarni aks ettirgan holda kelgusida tahlil qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
3-bob. Uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlarning tuzilishi
6. Uzoq muddatli dasturlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
foydali qazilmalarning strategik muhim turlari boʻyicha davlat mineral-xom ashyo bazasining joriy holatini oʻzida aks ettirgan respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirishning konseptual ustuvor vazifalari;
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi ilgʻor ilmiy-texnik yechimlarni hisobga oladigan geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;
foydali qazilmalar turlari boʻyicha geologik-qidiruv ishlarini oʻtkazish va rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari;
geologik-qidiruv ishlarini rivojlantirishni sanoatning bazaviy sohalari joriy va istiqbolli ehtiyojlarini qondirish zaruratini, shuningdek, jahon bozorlarida yuz berayotgan oʻzgarishlarni hisobga oluvchi prognoz maqsadli parametrlari.
7. Oʻrta muddatli dasturlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
uzoq muddatli dastur bilan belgilangan respublikaning mineral-xom ashyo bazasini kengaytirishning ustuvor vazifalari va sohani istiqbolli rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi prognoz maqsadli parametrlari;
ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash maqsadida foydali qazilmalarning yangi konlarini ochish uchun avval oʻrganilmagan hududlarda mintaqaviy oʻrganish boʻyicha kompleks tekshirishlarni intensiv oʻtkazish bilan respublika hududini maqsadli oʻrganish parametrlari;
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish samaradorligini oshirishga qaratilgan istiqbolli tor ilmiy yoʻnalishlar, ilmiy-texnik yechimlar, zamonaviy usul va texnologiyalar, asbob va uskunalarni joriy etish;
yangi konlarni ochish istiqbolini, shuningdek, chuqur uchastkalardagi va ishlanadigan konlarning gorizontlaridagi yashirin potensiallarni belgilash uchun istiqbolli resurslarni baholash bilan izlash va baholash ishlari hajmini maqbul taqsimlash yoʻli bilan asosiy hududlarni maqsadli oʻrganish;
mineral xom ashyoning asosiy turlari boʻyicha zaxira va resurslarni oʻstirishning prognoz koʻrsatkichlari.
4-bob. Yillik dasturning tuzilishi va geologiya-qidiruv ishlari obyektlarini tanlash mezonlari
8. Yillik dasturga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlar bilan koʻzda tutilgan geologiya qidiruv ishlarining turlari va obyektlar, alohida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalari, shuningdek, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishni va qayta tiklashni jadallashtirishni taʼminlash uchun har bir loyiha boʻyicha ishlar hajmi, moliyalashtirish manbalari, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari bilan bogʻliq tadbirlar kiritiladi.
9. Yillik dasturga kiritiladigan yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, geologik-tasvirlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-uslubiy va boshqa ishlarning barcha shakllari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
mineral-xom ashyoning prognoz va istiqbolli resurslari soni va sifatini xolisona va asosli baholash, foydali qazilmalar konlarini topishga istiqbolli maydon va uchastkalarni ajratish, eng avvalo amalda boʻlgan va tashkil etiladigan qazib oluvchi va ishlovchi korxonalar kesimida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini mustahkamlash uchun boshqa hududlarda boʻlishini;
foydali qazilmalarning istiqbolli uchastkalari va konlarini aniqlash boʻyicha rejalashtirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini;
turli geologik maydon va uchastkalarda izlash, baholash va qidiruv ishlarini oʻtkazishda resurslardan samarali foydalanishni;
asosiy va bir yoʻnalishdagi foydali komponentlar, shuningdek, sanoat yer osti suvlaridan foydali komponentlarni ajratib olishni oshirishga yoʻnaltirilgan foydali qazilmalarni boyitishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va amalda boʻlganlarini takomillashtirishni.
10. Izlash ishlari obyektlarini tanlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
obyektning geografik-iqtisodiy holati, transport va ishlab chiqarish tuzilmasini (yoʻl, elektr uzatish liniyalari, suv taʼminoti va boshqalar)ni tashkil etish imkoniyati;
mineral-xom ashyo zaxiralarini rivojlantirish va qayta tiklashni jadallashtirishni taʼminlash uchun foydali qazilmalarning yangi konlarini ochish imkoniyati, istiqbolli resurslarning geologik-iqtisodiy ahamiyati, prognoz resurslarning ishonchliligi;
avval aniqlangan, shu jumladan, ishlatilayotgan konlarning chuqur gorizontlari va qanotlaridagi R1 toifadagi prognoz resurslarini yakka kon lahmlari va burgʻilash quduqlari bilan tasdiqlanganligini va ilmiy asoslanganligini oshirish imkoniyati;
zarur hollarda izlash ishlari bosqichida rudalarning texnologik sinovini oʻtkazish;
resurslarning oʻsish hajmiga olingan xarajatlar nisbati bilan belgilanadigan prognoz va istiqbolli resurslar birligiga kutilayotgan solishtirma xarajatlar.
11. Obyektlarning baholash ishlarini tanlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
S2 va S1 toifadagi zaxiralar oʻsishini taʼminlaydigan R1 va R2 toifalar boʻyicha prognoz resurslarni, shuningdek, S3 toifadagi istiqbolli resurslarni izlash ishlari natijasida baholangan miqdor, sifat va geologik-iqtisodiy koʻrsatkichlarning ahamiyati;
zaxiralar oʻsishiga erishiladigan xarajatlar nisbati (mln soʻm) va sanoat zaxiralarining oʻsish miqdori (tegishli birliklarda) bilan belgilanadigan S2 va S1 toifadagi foydali qazilmalar zaxiralarini oʻsish birligiga baholash ishlari natijalari boʻyicha kutilayotgan solishtirma xarajatlar;
sanoat ruda qotishmalari va xom ashyo toʻplamlarining taxmin qilingan chuqurligi, obyektning qayta ishlash korxonasidan uzoqligi, konni keyinchalik ishlatish imkoniyati (dastlabki baholash obyektlari tanlanganda);
rudalarni boyitishning ishlab chiqilgan texnologiyasining mavjudligi;
oʻrganishning ushbu bosqichida tajriba-sanoat ekspluatatsiyasini oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi;
amaldagi konlarning ochilmagan qatlamlarida uglevodorodning yangi konlarini aniqlanish ehtimoli;
S1 toifasidagi zaxiralar oʻsishiga erishish maqsadida texnik-iqtisodiy hisoblar bilan asoslangan batafsil baholashni oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi;
kon (uchastka) chuqur gorizontlari va yon tomonlarini oʻrganish hisobiga prognoz (istiqbolli) resurslar va qoʻshimcha zaxiralarning oʻsib borishi istiqbollari.
12. Qidiruv ishlari obyektlarini tanlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
kon yoki uning qismida qidiruv ishlarini oʻtkazish maqsadga muvofiqligini asoslaydigan texnik-iqtisodiy hisoblar, konditsiyalarning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari (zarur boʻlgan taqdirda);
texnik-iqtisodiy hisoblar bilan aniqlanadigan S2 va S1 toifalar zaxiralari, shuningdek, V toifa zaxiralari miqdorining kutilayotgan nisbati (I va II guruh murakkablikdagi konlarda birinchi navbatda ishlatilayotgan kon zaxiralari uchun);
uglevodorod konlarining taxmin qilingan maydoni uzunligi;
S1 toifa zaxiralar oʻsishiga erishish maqsadida qidiruv ishlarini oʻtkazishni asoslanganligining maqsadga muvofiqligi;
S2 toifadagi dastlabki baholangan zaxiralarni konning yonlarini oʻrganish hisobiga, shuningdek, S3 toifadagi istiqbolli resurslarni amaldagi konlarning ochilmagan qatlamlarini oʻrganish hisobiga qoʻshimcha oʻstirish istiqbollari haqidagi ishonchli maʼlumotlar;
S1 va V toifadagi zaxiralar oʻsish birligiga kutilayotgan solishtirma xarajatlar. Bu zaxiralar oʻsishiga erishishga xarajatlar nisbati va sanoat zaxiralarining (tegishli birliklardagi) oʻstirilgan miqdori bilan belgilanadi.
13. Davlat geologiya qoʻmitasining ilmiy-texnik kengashi yoki boshqa tashkilotlarning avval kutilgan istiqbollar tasdiqlanmaganligi haqidagi qarori qabul qilingan, avval oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha salbiy natijalarga ega boʻlgan obyektlar dasturga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Yillik dasturga kiritish uchun obyektlarni tanlashda geofizik, burgʻi, maydalash-yanchish mexanizmlari parki, laboratoriya uskunalari, maxsus asboblar, avtotransport, shuningdek ularning unumdorligi va quvvati, modernizatsiya qilish zarurati va ularning sonini oshirish inobatga olinib geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish hajmi ham asoslanadi.
5-bob. Dasturlarni shakllantirish tartibi va muddatlari
15. Uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlarni shakllantirish ushbu Nizom 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha quyidagi davomiylikda amalga oshiriladi:
Davlat geologiya qoʻmitasi oldingi prognoz davrining 15-fevraliga qadar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqib, foydali qazilmalar asosiy turlarining uzoq muddatli va oʻrta muddatli istiqbollari nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini geologik-qidiruv va qayta tiklash ishlarini rivojlantirishning maqsadli prognoz parametrlari loyihasini tayyorlaydi va tizimidagi tashkilotlarga hamda zarur boʻlgan taqdirda uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlarni shakllantirish uchun boshqa yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarga yetkazadi;
tizimdagi tashkilotlar va boshqa yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar 15-martga qadar oʻz faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlar loyihalarini shakllantiradilar va koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi ilmiy-texnik kengashiga kiritadilar;
Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlarning uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlari loyihalari qoʻmitaning ilmiy-texnik kengashida 20-martga qadar koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqishlar natijalari asosiy xulosa va qarorlar aks ettirilgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi;
Davlat geologiya qoʻmitasi loyihalarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra 1-mayga qadar uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlarning yakuniy variantlari loyihalarini tayyorlaydi va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligiga kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Energetika vazirligi Davlat geologiya qoʻmitasi mutaxassislarini jalb etgan holda har yili 20-iyunga qadar loyihalarni koʻrib chiqadi va kelishadi, zarur boʻlgan taqdirda loyihalarga oʻzgartirishlar kiritishni tavsiya qiladi;
Davlat geologiya qoʻmitasi 1-iyulga qadar uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlar loyihalarini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika boʻyicha uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda 1-sentabrga qadar tasdiqlaydi va amalga oshirishga yoʻnaltiradi.
16. Yillik dasturlarni shakllantirish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha quyidagi davomiylikda shakllantiriladi:
Davlat geologiya qoʻmitasi 20-mayga qadar yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar va geologik qidiruvning barcha ishtirokchilari boʻyicha foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari oʻsishini hisobga olgan holda keyingi yilga davlat buyurtmasi sifatida dasturning asosiy prognoz koʻrsatkichlarini belgilaydi;
Davlat geologiya qoʻmitasi kelgusi yil dasturni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 1-iyunga qadar budjet surovini taqdim etadi;
yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar va geologik-qidiruv jarayoni ishtirokchilari har bir obyektning parametrlari asosida oʻz faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha yillik dastur loyihasini shakllantiradilar;
yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar va geologik-qidiruv ishlari ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqilgan yillik dastur loyihalarida har bir obyekt va loyiha boʻyicha joriy yilning 9 oylik natijalari aks ettiriladi, moliyaviy mablagʻlar va barcha geologik-texnik parametrlar aniqlashtirilib har yili 15-oktabrdan kechiktirmay Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
17. Yillik dasturga kiritiladigan har bir obyekt boʻyicha:
koʻzda tutilgan burgʻilash, laxmlarini oʻtish, sinash ishlari, geofizik, laboratoriya, texnologik va boshqa tadqiqotlar turlari hisobga olinib ishlarni amalga oshirish qiymatini asoslash boʻyicha texnik-iqtisodiy hisoblar bajariladi;
korxonalar infratuzilmasini yaxshilashga zarur boʻlgan mablagʻlarning hisobi amalga oshiriladi;
prognoz qilingan ajratmalar doirasida kapital taʼmirlash ishlarini bajarish va asosiy uskunalarni xarid qilishga zarur xarajatlar asoslanadi.
18. Davlat geologiya qoʻmitasi taqdim etilgan materiallarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi hamda ular asosida keyingi yilga respublika boʻyicha yillik dastur loyihasini 15-noyabrga qadar shakllantiradi.
19. Yillik dastur loyihasi har yili 20-noyabrgacha Davlat geologiya qoʻmitasining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilinadi. Yillik dasturga kiritiladigan obyektlar boʻyicha ishlar materiallarini koʻrib chiqish natijalari tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
20. Davlat geologiya qoʻmitasining ilmiy-texnik kengashi qabul qilgan qarorlar asosida keyingi yilga dastur loyihasi har yili 25-noyabrga qadar shakllantiriladi.
21. Yillik dastur loyihasida tushuntirish xati boʻladi. Unda amaldagi yillik dastur boʻyicha yer osti boyliklarini geologik-tasvirlash ishlari, izlash, baholash va qidiruv ishlarining natijalari va quyidagilar aks ettiriladi:
resurslarni baholash boʻyicha vazifalarni bajarish yuzasidan ishlarni geologik-iqtisodiy samaradorligini tahlil maʼlumotlari, shuningdek, mineral-xom ashyo bazasini, birinchi navbatda amaldagi kon-qazish va qayta ishlash korxonalarini kengaytirish boʻyicha geologik vazifalar va foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralarini oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmasi tahlil maʼlumotlari;
tadqiqot hududlari, qayta ishlash korxonalari faoliyati hududlari, ruda maydonlari va foydali qazilmalarning barcha konlari boʻyicha, shuningdek, sanoat ekspluatatsiyasi boʻyicha geologik-qidiruv jarayoni va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning barcha ishtirokchilari boʻyicha zaxiralar oʻsishi boʻyicha maʼlumotlar;
foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi va prognoz resurslar birligiga solishtirma xarajatlar hisoblari;
R2 va R1 toifasidagi prognoz resurslar geologik-geofizik materiallar va texnik-iqtisodiy hisoblar bilan S2 va S1 toifadagi sanoat zaxiralariga oʻtkazilganligi (dastlabki va batafsil baholash obyektlari boʻyicha) hamda S2 va S1 toifadagi zaxiralarni yuqoriroq boʻlgan toifaga oʻtkazilgandagi miqdori va sifati haqiqatda tasdiqlanganligi haqidagi maʼlumotlar;
izlash ishlari samaradorligining qoniqarsizligi sabablari, shuningdek, maqbul (ratsional) boʻlmagan xarajatlarni qisqartirish yoki oldini olish (ishlarni cheklash yoki toʻxtatish) boʻyicha choralar;
balans zaxiralar va resurslar holati, harakati haqida (qazish va qazishdagi yoʻqotishlar), kon-qazish va qayta ishlash korxonalarining zaxiralar bilan taʼminlanganligi haqidagi qisqacha maʼlumotlar;
uzoq muddatli va oʻrta muddatli dasturlar bilan belgilangan foydali qazilmalar turlari va foydali qazilmalar prognoz resurslari zaxiralari (davlat buyurtmasi loyihasi) prognoz oʻsishi;
gidrogeologik, muhandislik-geologik, ekologik-geologik, mintaqaviy geologik-tasvir va geofizik ishlar bajariladigan mintaqa va obyektlarni tanlashni asoslash;
burgʻilash, laxmlarni oʻtish, sinash ishlari, laboratoriya, texnologik va boshqa tadqiqotlar turlarining belgilangan hajmi, korxonalar infratuzilmasini yaratish (qurish) uchun zarur boʻlgan mablagʻlar, asosiy uskunalarni xarid qilish va kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar hisob-kitobi bilan ishlarni amalga oshirish qiymatini asoslash boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari oʻsishiga erishishni va resurslari mavjud boʻlgan yangi maydonlarni tayyorlashni taʼminlaydigan mintaqaviy tadqiqotlar, izlash, baholash va qidiruv ishlarini obyektlar boʻyicha jadval hamda grafik ilovalari;
yillik dasturlar loyihasiga takliflar, geologik topshiriq va prognozlar ushbu Nizomga 3 — 6-ilovalariga muvofiq belgilangan shakllar boʻyicha.
22. Davlat geologiya qoʻmitasi yillik dastur loyihasini koʻrib chiqish va kelishish uchun 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligiga kiritadi. Zarur hollarda qoʻshimcha ravishda asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblari taqdim etiladi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi zarur hollarda yillik dastur loyihasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida Davlat geologiya qoʻmitasiga takliflar kiritadi.
24. Respublika budjeti koʻrsatkichlari eʼlon qilingach, geologiya-qidiruv ishlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga asoslanib Davlat geologiya qoʻmitasi 10 kun muddatda yillik dastur loyihasiga zarur tuzatishlarni kiritadi va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligiga yuboradi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi bir hafta muddatda yillik dastur loyihasini koʻrib chiqadi va kelishadi, zarur hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida Davlat geologiya qoʻmitasiga taklif kiritadi.
26. Davlat geologiya qoʻmitasi yillik dastur vazirliklar tomonidan kelishilgandan soʻng ikki kun muddatda dasturni tasdiqlaydi.
27. Davlat geologiya qoʻmitasi yillik dasturni tasdiqlagandan soʻng oʻn kun muddatda:
foydali qazilmalarning prognoz resurslari va zaxiralari oʻsishini baholash yuzasidan ishlarni Davlat geologiya qoʻmitasi bilan shartnoma asosida amalga oshiradigan tashkilotlar, ilmiy-tekshirish institutlari va boshqalar bilan geologik topshiriqlarni mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaxiralar oʻsishini taʼminlashning choraklik jadvalini mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan geologik topshiriqlar va choraklik tarmoq jadvallari tegishli tashkilotlar va ilmiy-tekshirish institutlariga yuboriladi.
28. Davlat geologiya qoʻmitasi bilan shartnoma asosida ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar, ilmiy-tekshirish institutlari va boshqalar uch kun muddatda obyektlar boʻyicha geologik vazifalarni mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha shakllantiradilar va tasdiqlaydilar.
29. Geologik-qidiruv ishlarini bajaruvchi tashkilotlar geologik-qidiruv ishlari tegishli yoʻnalishlarini aniqlash uchun umumiy budjet ajratmalari doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishish uchun mablagʻlarni geologik-qidiruv ishlari natijalariga koʻra tashkilotlar va loyihalar oʻrtasida qayta taqsimlash boʻyicha quyidagi holatlarda:
geologik-tasvirlash, rekognossirovkalash, laxmlarini oʻtish, burgʻilash va boshqa ish turlarini qoʻshimcha hajmini amalga oshirishni talab etuvchi ishlar, izlash ishlarida obyekt istiqbolini sezilarli oshirish imkoniyati haqida obyektiv va ishonchli maʼlumotlar olinganda;
alohida istiqbolli hududlar boʻyicha yangi geologik axborot olinganda;
geologik-qidiruv ishlari tegishli yoʻnalishlariga kiritiladigan oʻzgartishlarni oʻz vaqtida kelishishni taʼminlash uchun;
dastlabki va mufassal baholash obyektida zaxiralar oʻsishiga erishish muddatlarini qisqartirish yoki uzaytirish zarur boʻlganda;
obyektdagi ishlar muddatidan oldin toʻxtatilgan holatlarda;
foydali qazilmalarning xom ashyo bazasini kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa alohida qarorlar qabul qilinganda asoslangan takliflarni kiritish huquqiga ega.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan dasturlarni shakllantirish, materiallarni umumlashtirish amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlarni muvofiqlashtirish, Vazirlar Mahkamasi tomonidan dasturlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni nazorat qilish bajariladi.
31. Davlat geologiya qoʻmitasi bilan shartnomalar boʻyicha ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar va boshqalarning rahbarlari va masʼul shaxslari dasturlarni oʻz vaqtida shakllantirish, shuningdek, geologik axborotlarning ishonchliligiga, dasturlarga kiritiladigan ishlarning turlari va obyektlarni tanlashning asosliligiga shaxsan masʼul hisoblanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqib uzoq va oʻrta muddatli istiqbolga loyihani tayyorlaydi, tizimidagi tashkilotlar va boshqa yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarga yetkazadi.
15-fevralgacha
2-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlar va boshqa yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar
Oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli loyihalarni shakllantiradi va koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasining ilmiy-texnik kengashiga (keyingi oʻrinlarda — ITK) kiritadi.
15-martgacha
3-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
ITK yigʻilishida koʻrib chiqadi va natijalar asosiy xulosa va qarorlar aks ettirilgan holda bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
20-martgacha
4-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha oʻzoq va oʻrta muddatli dasturlarning jamlanma loyihasini shakllantiradi va kelishish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga, Moliya vazirligi va Energetika vazirligiga kiritadi.
1 maygacha
5-bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Energetika vazirligi
Davlat geologiya qoʻmitasi, uning tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda uzoq va oʻrta muddatli dasturlar loyihalarini koʻrib chiqadi, mukammallashtiradi va kelishadi.
20-iyungacha
6-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Uzoq va oʻrta muddatli dasturlar loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
1-iyulgacha
7-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha uzoq va oʻrta muddatli dasturlar loyihasini tasdiqlaydi.
1-sentabrgacha
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashning yillik davlat dasturini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar va geologik qidiruvning barcha ishtirokchilari boʻyicha foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari oʻsishini hisobga olgan holda keyingi yilga davlat buyurtmasi sifatida dasturning asosiy prognoz koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Har yili 20-maygacha
Davlat geologiya qoʻmitasi
Kelgusi yil dasturni moliyalashtirish uchun budjet soʻrovini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Har yili 1-iyungacha
2-bosqich
Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar va boshqalar
Dastur loyihasining asosiy parametrlari prognoz koʻrsatkichlari asosida oʻz faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha yillik dastur loyihasini shakllantiradilar. Ishlangan yillik dastur loyihasi Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
15-oktabrgacha
3-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Tashkilotlar, ilmiy-tekshirish institutlari va boshqalar tomonidan taqdim etilgan materiallarni umumlashtiradi va tizimlashtiradi, ular asosida yillik davlat Dasturi loyihasini shakllantiradi.
15-noyabrgacha
4-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Davlat geologiya qoʻmitasining ITK yigʻilishida yillik dastur loyihasini koʻrib chiqadi.
20-noyabrgacha
Davlat geologiya qoʻmitasining ITK qabul qilgan qarorlarini hisobga olib kelgusi yil uchun dastur loyihasini shakllantiradi.
25-noyabrgacha
5-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Yillik dastur loyihasini koʻrib chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Energetika vazirligiga kiritadi.
1-dekabrgacha
6-bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda
Davlat geologiya qoʻmitasining mutaxassislarini jalb qilib taqdim etilgan yillik dastur loyihasini koʻrib chiqadi.
20-dekabrgacha
7-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Budjet ajratmalari asosida yillik dastur loyihasiga zarur tuzatishlar kiritadi.
Uni kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Energetika vazirligiga taqdim etadi.
10 kun muddatda
8-bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi
Yillik dastur loyihasini kelishadilar.
7 kun muddatda
9-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Kelishuvdan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha dastur tasdiqlanadi.
2 kun muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashning yillik davlat dasturi loyihasiga takliflar
_______________________________ (tashkilot nomi)
20__ yilga
Soha, foydali qazilma, bosqich, ishlar obyekti
Loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash sanasi, muddati (yil, chorak) va tasdiqlovchi tashkilot
Ishlarni bajarish muddati, yil, chorak
Obyekt ishlari smeta qiymati, ming soʻm
Joriy yil boshiga smeta qiymati qoldigʻi, ming soʻm
Topshiriq qiymati, joriy yilga joriy narxlarda
Obyektlar boʻyicha dasturga kiritilgan
geologik topshiriqlar
boshlanishi
tugashi
1
2
3
4
5
6
7
8
Geologik-qidiruv ishlariga ajratmalar.
Geologik-qidiruv ishlari 1. QORA METALLAR.
1.1. TEMIR (bunda va keyingi oʻrinlarda yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning belgilangan bosqichlariga muvofiq).
1.1.1. Konlarni qayta qidirish (oldingi ishlar (obyektlar) boʻyicha).
1.1.2. Konlarni qidirish (obyektlar boʻyicha).
1.1.3. Baholash (obyekt boʻyicha).
1.1.3.1. Dastlabki baholash.
1.1.3.2. Mufassal baholash.
1.1.4. Izlash ishlari (mintaqalar va maydonlar roʻyxati, umumlashtirish).
1.1.5. Mavzuli va tajriba-uslubiy ishlar.
1
2
3
4
5
6
7
8
2. RANGLI VA NODIR METALLAR.
3. QIMMATBAHO METALLAR.
4. UGLEVODORODLAR.
5. KOʻMIR VA YONUVCHI SLANESLAR.
6. NOMETALL FOYDALI QAZILMALAR.
7. MINTAQAVIYGEOLOGIK-TASVIRLASH VA GEOFIZIK ISHLAR (MGQOʻ, CHGX va boshq.) (mintaqa va maydonlar roʻyxati, umumlashtish).
A. Geologik-tasvir ishlari.
B. Geofizik ishlar.
V. Tajriba-uslubiy va mavzuli ishlar.
8. GIDROGEOLOGIK, MUHANDISLIK-GEOLOGIK ISHLAR (mufassallik darajasi talablari 1 va 7-bandlarda keltirilganlarga oʻxshash).
9. GEOEKOLOGIK ISHLAR (TADQIQOTLAR).
10. ILMIY-TEKSHIRISH ISHLARI (mavzularning asosiy yoʻnalishlari roʻyxati, umumlashtish).
11. NASHR ETISH ISHLARI.
12. YER OSTI BOYLIKLARINI GEOLOGIK OʻRGANISH BOʻYICHA ISHLARNI AXBOROT, YOʻRIQNOMAVIY-USLUBIY, MEʼYORIY-TADQIQOT VA MAʼLUMOTLAR BILAN TAʼMINLASH.
13. TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLARI (mavzularning asosiy yoʻnalishlari, umumlashtirish).
14. KOʻZDA TUTILMAGAN ISHLAR.
15. KORXONALAR VA DALA BAZALARI INFRATUZILMASINI QURISH, REKONSTRUKSIYA QILISH VA TARTIBGA SOLISH.
Tashkilot rahbari
_______________________
(F.I.O.)
Geologik xizmat
rahbari
____________________________
(F.I.O.)
Iqtisodiyot xizmati
rahbari
____________________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Rahbar yoki oʻrinbosar
_______________________
(F.I.O.)
20___ y. “___” _______________
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta tiklashning yillik davlat dasturi doirasida ishlarni bajarishga
GEOLOGIK TOPSHIRIQ
_____________________________________
(Tashkilot nomi)
20 ___ yilga
Soha, foydali qazilma, bosqich, ishlar obyekti
Loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash sanasi, muddati (yil, chorak) va tasdiqlovchi tashkilot
Ishlarni bajarish muddati, yil, chorak
Obyekt ishlari smeta qiymati, ming soʻm
Joriy yil boshiga smeta qiymati qoldigʻi, ming soʻm
Topshiriq qiymati, joriy yilga joriy narxlarda
Obyektlar boʻyicha dasturga kiritilgan
geologik topshiriqlar
boshlanishi
tugashi
1
2
3
4
5
6
7
8
Geologik-qidiruv ishlariga ajratmalar.
Geologik-qidiruv ishlari
1. QORA METALLAR.
1.1. TEMIR (bunda va keyingi oʻrinlarda yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning belgilangan bosqichlariga muvofiq).
1
2
3
4
5
6
7
8
1.1.1. Konlarni qayta qidirish (oldingi ishlar (obyektlar) boʻyicha).
1.1.2. Konlarni qidirish (obyektlar boʻyicha).
1.1.3. Baholash (obyekt boʻyicha).
1.1.3.1. Dastlabki baholash.
1.1.3.2. Mufassal baholash.
1.1.4. Izlash ishlari(mintaqalar va maydonlar roʻyxati, umumlashtirish).
1.1.5. Mavzuli va tajriba-uslubiy ishlar.
2. RANGLI VA NODIRMETALLAR.
3. QIMMATBAHOMETALLAR.
4. UGLEVODORODLAR.
5. KOʻMIR VA YONUVCHI SLANESLAR.
6. NOMETALL FOYDALI QAZILMALAR.
7. MINTAQAVIY GEOLOGIK-TASVIRLASH VA GEOFIZIK ISHLAR (MGQOʻ, CHGX va boshq.) (mintaqa va maydonlar roʻyxati, umumlashtish).
A. Geologik-tasvir ishlari.
B. Geofizik ishlar.
V. Tajriba-uslubiy va mavzuli ishlar.
8. GIDROGEOLOGIK, MUHANDISLIK-GEOLOGIK ISHLAR (mufassallik darajasi talablari 1 va 7-bandlarda keltirilganlarga oʻxshash).
9. GEOEKOLOGIK ISHLAR (TADQIQOTLAR).
10. ILMIY-TEKSHIRISH ISHLARI (mavzularning asosiy yoʻnalishlari roʻyxati, umumlashtish).
1
2
3
4
5
6
7
8
11. NASHR ETISH ISHLARI.
12. YER OSTI BOYLIKLARINI GEOLOGIK OʻRGANISH BOʻYICHA ISHLARNI AXBOROT, YOʻRIQNOMAVIY-USLUBIY, MEʼYORIY-TADQIQOT VA MAʼLUMOTLAR BILAN TAʼMINLASH.
13. TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLARI (mavzularning asosiy yoʻnalishlari, umumlashtirish).
14. KOʻZDA TUTILMAGAN ISHLAR.
15. KORXONALAR VA DALA BAZALARI INFRATUZILMASINI QURISH, REKONSTRUKSIYA QILISH VA TARTIBGA SOLISH.
Tashkilot rahbari
_______________________
(F.I.O.)
Geologik xizmat
rahbari
____________________________
(F.I.O.)
Iqtisodiyot xizmati
rahbari
____________________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaxiralari oʻsishi
PROGNOZI
____________________________________
(Tashkilot nomi)
20___ yilga
Foydali qazilma
Oʻlchov birligi va zaxiralar toifasi
Zaxiralarning oʻsishi
jami
shu jumladan, choraklar boʻyicha
1
2
3
4
Tashkilot rahbari
______________________________________________
(F.I.O.)
Foydali qazilma
Oʻlchov birligi va prognoz resurslar toifasi
Prognoz resurslarning oʻsishi
jami
shu jumladan, choraklar boʻyicha
1
2
3
4
Tashkilot rahbari
______________________________________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Rahbar yoki oʻrinbosar
___________________________
(F.I.O.)
20___ y.“___” _______________
Obyekt boʻyicha gyeologik topshiriq
_________________________________
(tashkilot rahbari)
20___ yilga
Soha, foydali qazilma, bosqich, ishlar obyekti
Loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash sanasi, muddati (yil, chorak) va tasdiqlovchi tashkilot
Ishlarni bajarish muddati, yil, chorak
Obyekt ishlari smeta qiymati, ming soʻm
Joriy yil boshiga smeta qiymati qoldigʻi, ming soʻm
Topshiriq qiymati, joriy yilga joriy narxlarda
Obyektlar boʻyicha dasturga kiritilgan
geologik topshiriqlar
boshlanishi
tugashi
1
2
3
4
5
6
7
8
Geologik-qidiruv ishlariga ajratmalar.
Geologik-qidiruv ishlari
1. QORA METALLAR.
1.1. TEMIR (bunda va keyingi oʻrinlarda yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning belgilangan bosqichlariga muvofiq).
1.1.1. Konlarni qayta qidirish (oldingi ishlar (obyektlar) boʻyicha).
1.1.2. Konlarni qidirish (obyektlar boʻyicha).
1.1.3. Baholash (obyekt boʻyicha).
1.1.3.1. Dastlabki baholash.
1.1.3.2. Mufassal baholash.
1
2
3
4
5
6
7
8
1.1.4. Izlash ishlari (mintaqalar va maydonlar roʻyxati, umumlashtirish).
1.1.5. Mavzuli va tajriba-uslubiy ishlar.
2. RANGLI VA NODIR METALLAR.
3. QIMMATBAHO METALLAR.
4. UGLEVODORODLAR.
5. KOʻMIR VA YONUVCHI SLANESLAR.
6. NOMETALL FOYDALI QAZILMALAR.
7. MINTAQAVIY GEOLOGIK-TASVIRLASH VA GEOFIZIK ISHLAR (MGQOʻ, CHGX va boshq.) (mintaqa va maydonlar roʻyxati, umumlashtish).
A. Geologik-tasvir ishlari.
B. Geofizik ishlar.
V. Tajriba-uslubiy va mavzuli ishlar.
8. GIDROGEOLOGIK, MUHANDISLIK-GEOLOGIK ISHLAR (mufassallik darajasi talablari 1 va 7-bandlarda keltirilganlarga oʻxshash).
9. GEOEKOLOGIK ISHLAR (TADQIQOTLAR).
10. ILMIY-TEKSHIRISH ISHLARI (mavzularning asosiy yoʻnalishlari roʻyxati, umumlashtish).
11. NASHR ETISH ISHLARI.
12. YER OSTI BOYLIKLARINI GEOLOGIK OʻRGANISH BOʻYICHA ISHLARNI AXBOROT, YOʻRIQNOMAVIY-USLUBIY, MEʼYORIY-TADQIQOT VA MAʼLUMOTLAR BILAN TAʼMINLASH.
13. TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLARI (mavzularning asosiy yoʻnalishlari, umumlashtirish).
14. KOʻZDA TUTILMAGAN ISHLAR.
15. KORXONALAR VA DALA BAZALARI INFRATUZILMASINI QURISH, REKONSTRUKSIYA QILISH VA TARTIBGA SOLISH.
Tashkilot rahbari
_______________________
(F.I.O.)
Geologik xizmat rahbari ____________________________
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 297-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” MXK boʻyicha mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 14-avgustdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 33-son, 421-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasi)” 2016-yil 9-noyabrdagi 383-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 45-son, 525-modda) ilovaning 4-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimi boʻyicha mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-avgustdagi 675-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarori)” 2019-yil 11-fevraldagi 111-son qarorining 7-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/297/0616-son)