toggle_night_mode
Hujjat 19.05.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Limonchilik tarmogʻiii yanada rivojlantirishga doir koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-may,
289-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-maydagi 289-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatida tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-amaliy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 846-son qarori 9-bandidagi “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” soʻzlari “Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomning 6-bandida:
a) “a” kichik bandiga “shu jumladan, yangi limonzorlarni barpo etish va limon koʻchatlarining xarid qilishga” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“yangi limonzorlar barpo etish va limon koʻchatlarini xarid qilish uchun har bir gektariga 30 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 569-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasiga “Ilmiy-tajriba stansiyalari, eksperimental korxonalar va “Respublika Bogʻbonlar maktabi”” blokidan soʻng ““Sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar ilmiy-amaliy markazi” MCHJ” bloki qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2020-y., 09/20/289/0601-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)