Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Savdo-sanoat palatasining vazifalari yuklatilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-martdagi 147-son
qaroriga muvofiq oʻz faoliyatini tugatgan Savdo-sanoat palatasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining moddiy negizini mustahkamlash maqsadida Sharof Rashidov shoh koʻchasi, 16-uydagi sobiq Savdo-sanoat palatasi joylashgan, ish maydoni 1316 kv. m., foydali maydoni 2613,5 kv. m. va umumiy hajmi 17156 kub, m. boʻlgan 4 qavatli bino K-T-60-1 markali doimiy konditsioner qurilmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga bepul berilsin.
Berish-qabul qilib olish ishlari 1992-yil 1-yanvardagi qoldiq balans qiymati boʻyicha amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1959-yil 11-dekabrdagi 920-son, 1985-yil 16-yanvardagi 18-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.