Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Mamlakatimiz transport tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, sohada ilgʻor va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.