toggle_night_mode
Hujjat 09.10.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
“Texnik vositalarni oʻlchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2829-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 15-sentabrdagi 550-son “Texnik vositalarni oʻlchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2829, 2016-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 471-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2020-yil 9-oktabrdan kuchga kiradi.
Bosh direktor D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-aprel,
43-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 10/20/2829-1/0546-son)