1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.07.00 Boshqa toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.07.00 Boshqa toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
YOʻLOVChILAR TAShISh TRANSPORTI KORXONALARI MAʼMURIY-BOShQARUV XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-oktabrdagi 346-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoʻlovchilar tashish transporti korxonalari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqining koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tushumi toʻliqligiga bogʻliqligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari apparati xodimlari, yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondi koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablagʻlar birligiga nisbatan normativlar boʻyicha belgilanadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
amaldagi xoʻjalik hisobi daromadi koʻrsatib oʻtilgan xodimlar ish haqi fondini shakllantirish manbai hisoblanadi.
Mehnatga haq toʻlashning Yangi shartlari 1995-yil 1-iyuldan boshlab joriy qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur tartib ishchilar, operatorlar, haydovchilar, dispetchyerlar va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari hisoblanmaydigan boshqa toifadagi xodimlarga tatbiq qilinmaydi.
2. Kommunal xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari rahbarlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushum prognozi ortigʻi bilan bajarilishi summasining 50 foizini unga yoʻllagan holda maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini mukofotlash maxsus jamgʻarmasi tashkil etish huquqi berilsin.
3. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi 1995-yil 20-iyungacha:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari apparati xodimlari, korxonalar va tashkilotlar maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondining koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushgan mablagʻlar birligiga nisbatan normativlarini;
koʻrsatib oʻtilgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shartlari boʻyicha ish haqining koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushadigan toʻlovlarning darajasiga bogʻliqligini belgilashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqsinlar hamda Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi bilan birgalikda 1995-yil 25-iyungacha 1995-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun pul tushumlari prognozini hamda vazirliklar va xoʻjaliklar birlashmalari apparati xodimlari, kommunal xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondi hisob-kitobini aniqlasin.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bunda ish haqi fondini hisoblab chiqishning tasdiqlangan normativlaridan, shuningdek, bazaviy koʻrsatkichlarning izchil oʻsishini hisobga olgan holda ular asosida belgilangan tushum tushishining amaldagi prognozlaridan kelib chiqsin.
5. Tijorat banklari vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari apparati xodimlari, yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalarining maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqiga mablagʻlar berishni mehnatga haq toʻlash fondining koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushgan mablagʻlar birligiga nisbatan belgilangan normativlaridan kelib chiqib amalga oshirsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
6. Respublikaning xoʻjalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlariga mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklidan xodimlar ish haqining xoʻjalik faoliyati natijalariga bevosita bogʻliqligini belgilovchi ishbay va mehnatga haq toʻlashning boshqa ilgʻor shakllariga oʻtishni taʼminlash tavsiya etilsin.
Jamoa shartnomalari (bitimlar) va kontraktlar tuzish chogʻida xodimlar mehnatiga haq toʻlash miqdorining xoʻjalik faoliyati natijalariga bogʻliqligi hisobga olinsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 15-iyun,
222-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 22-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)