Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019-yil 23-avgustdagi 217-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179, 2019-yil 30-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/3179/3675-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
1-bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.