Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 24-avgustdagi 131-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (OʻzR AQ-198)ning 13-bandi
uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.