1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.02 (Кучини йукотган) Oʻrta taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3392-son qaroriga muvofiq, oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat va uning mustaqilligini himoya qilish boʻyicha burch tuygʻusini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuygʻularini singdirish, shuningdek, respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yetarli bilimga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarni tizimli ravishda tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3392-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan, 1-ilovada koʻrsatilgan umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda (keyingi oʻrinlarda — maktablar) harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan sinflar) faoliyat yuritayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
ixtisoslashtirilgan sinflar uchun zarur boʻladigan maxsus sport jihozlari, oʻquv maqsadlariga moʻljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari va parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ishlab chiqiladi;
ixtisoslashtirilgan sinflarda oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish hamda maxsus harbiy-texnik va qurol-aslahalardan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
b) oʻquvchilar, ularning ota-onalari yoki oʻrnini bosuvchi shaxslar, jamoatchilik oʻrtasida ixtisoslashtirilgan sinflarga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi, ulardagi taʼlim-tarbiya jarayoni haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
v) ixtisoslashtirilgan sinflarga oʻquvchilar qabuli yuzasidan maktablarda qabul komissiyasi tashkil etilishini va ularning belgilangan tartibda faoliyat yuritishini taʼminlash;
g) har yili 1-avgustga qadar qabul jarayonlari uchun jismoniy tayyorgarlik topshiriqlarini tayyorlash va test sinovlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
d) ixtisoslashtirilgan sinflar uchun oʻquv reja va dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ayrim fanlarning chuqur oʻqitilishini joriy etish bilan birga oʻquvchilarning qoʻshimcha ravishda mustaqil bilim olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratish;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan sinflar oʻquvchilarining hududlardagi tarixiy obidalar, muzeylar, ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylarga muntazam tashriflarini uyushtirish;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
ixtisoslashtirilgan sinflar oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor uslub va shakllarini, yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalarini optimallashtirishni hisobga olgan holda taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan sinflarni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga toʻliq ulash va oʻquvchilarning undan doimiy ravishda foydalanishlarini taʼminlash;
z) ixtisoslashtirilgan sinflar oʻquvchilarining intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan turli toʻgaraklar, qiziqishlari boʻyicha klublar, seksiyalar, shu jumladan, sport seksiyalarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan talab etiladigan mablagʻlarni 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari doirasida ajratilishini taʼminlasin.
6. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-aprel,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-son qaroriga 1-ILOVA
Harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarning
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi oʻrinlarda — maktablar) harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan sinflar) maqsadi va asosiy vazifalarini, ixtisoslashtirilgan sinflarga oʻquvchilarni qabul qilish va ularni oʻqishdan chetlatish, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan sinflarda taʼlim jarayoni umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Xalq taʼlimi vazirligi) tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya) bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.
3. Umumiy oʻrta taʼlim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilarning chuqur taʼlim olishini taʼminlash ixtisoslashtirilgan sinflarning maqsadi hisoblanadi.
yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga va vatanparvarlik tuygʻusiga ega intellektual rivojlangan yoshlarni tarbiyalash;
ona Vatan kelajagi uchun oʻziga masʼuliyatni oladigan, Vatan shaʼnini himoya qilishga tayyor, mustahkam qarash va qatʼiy fuqarolik pozitsiyasiga ega oʻquvchi-yoshlarni tayyorlash;
oʻquvchilarda harbiy burch va harbiy xizmatni ado etishda zarur boʻladigan professional harbiy va ijodiy koʻnikmalarni shakllantirish;
taʼlim oluvchilarni “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti hamda boshqa oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun maqsadli va chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.
5. Ixtisoslashtirilgan sinflarga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib oʻqitish belgilangan oʻquv fanlaridan muayyan qobiliyatini koʻrsata olgan oʻgʻil va qiz bolalar (keyingi oʻrinlarda — nomzod) tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan sinflarga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
6. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarning rahbariyati har yili 1-iyunga qadar tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.
7. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarda hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlar oʻtkazish, test sinovini oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Qabul komissiyasi tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, uning tarkibiga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari vakillari, maktab oʻqituvchilari hamda Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalarining masʼul vakili kiritiladi.
9. Ixtisoslashtirilgan sinflarga nomzodlar qabuli boʻyicha maʼlumotlar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 21-iyulga qadar umumlashtirilib, Milliy gvardiyaga maʼlumot uchun taqdim etiladi.
psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) boʻyicha tibbiy maʼlumotnomalar;
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
fanlarni oʻzlashtirishi toʻgʻrisida oʻqish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
oʻqish joyidan tavsifnoma;
jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatidan (faxriy yorliq, sertifikat, diplom kabi, agar ular mavjud boʻlsa) koʻchirma.
11. Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari 21-iyul — 5-avgust, tegishli fanlar yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari 15 — 25-avgust kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.
12. Qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.
13. Ixtisoslashtirilgan sinflarga tegishli fanlar boʻyicha test sinovlari hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlari qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
14. Test sinovi hamda jismoniy tayyorgarlik sinovi materiallari va metodikasi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
16. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovda umumiy oʻrta taʼlimning 6-sinflar oʻquv dasturi doirasida har bir nomzodga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov 100 ballik tizimda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholanadi.
Yakunlari boʻyicha 70 va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar test sinovlariga qoʻyiladi.
17. Jismoniy tayyorgarlik sinovlariga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.
18. Nomzodlar uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaxsan tanlagan holda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari doirasida test sinovlari topshiradilar.
19. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
20. Test sinovlarini oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
21. Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim fanlariga qoʻyilgan (5-6-sinflar kesimida) davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
Test topshiriqlari kitobida har bir fan (tarix, matematika, ona tili) uchun 10 ta topshiriq belgilanadi. Umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Tarix fanidan bitta toʻgʻri javobga 4 ball, matematika va ona tili fanlaridan bitta toʻgʻri javobga 3 ball qoʻyiladi.
Nomzodga test topshiriqlarini bajarish boʻyicha har bir savol uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
Javoblar varaqasini toʻldirish uchun nomzodga belgilangan vaqt meʼyoridan tashqari qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
22. Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishida respublika va xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik natijalariga maksimal ballning 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ball qoʻshiladi.
23. Nomzodlarning tanlovdagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
sport yoʻnalishida viloyat, respublika va xalqaro miqyosda yutuqlarga erishgan oʻquvchilar;
kam taʼminlangan oilalarning farzandlari.
Mazkur band boʻyicha koʻrsatkichlar teng boʻlib qolganda jismoniy tayyorgarlikdan qoʻshimcha sinov oʻtkazilishi mumkin.
24. Jismoniy tayyorgarlik va test sinovlarini topshirgan nomzodlar orasidan ballar yigʻindisi boʻyicha ketma-ketlikda kamayish tartibida 30 nafari qabul qilinadi.
25. Tanlovning yakuniy natijalari 25-avgust kuni qabul komissiyasi tomonidan ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarning eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
26. Tanlovdan oʻtmagan nomzodlarning hujjatlari ota-onalariga qaytarib berilmaydi.
27. Tanlovni oʻtkazish jarayonidan norozi boʻlgan nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat etishlari mumkin.
28. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar 30-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktab direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi.
29. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktabning ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan hamda qoniqarsiz oʻzlashtirishga ega oʻquvchilar tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan sinfi yoki maktabiga (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda hududdagi boshqa maktabga) qaytarib yuboriladi.
30. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktabda boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, lekin qabul qilinmay qolgan oʻquvchilar ballar reytingi boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.
Agar oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, ballar reytingi boʻyicha navbatdagi yuqori ball toʻplagan oʻquvchi chaqirib olinadi.
Mazkur bandda belgilangan talablar faqatgina ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarning 7-sinfi oʻquv yilining birinchi yarim yilligi boʻyicha qoʻllaniladi.
31. Ixtisoslashtirilgan sinflarning 10-sinfiga oʻtish davrida oʻquvchilar soni 30 nafardan kamayganida (“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qabul qilinish hisobiga) qolgan boʻsh oʻrinlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilishi mumkin.
32. Ixtisoslashtirilgan sinflarning 10-sinfi uchun boʻsh oʻrinlarga tanlov oʻtkazish, 7-sinflar uchun tanlov oʻtkazish tartibi va muddatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
33. Ixtisoslashtirilgan sinflarda taʼlim 7 — 11-sinflarda kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi. Taʼlim oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.
35. Ixtisoslashtirilgan sinflarda oʻquvchilar bilan dars va darsdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishda turli zamonaviy shakllar va usullardan, jumladan oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha fakultativ va toʻgarak mashgʻulotlari hamda oʻquvchilarni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash tadbirlaridan foydalaniladi.
37. Oʻquv yili yakuni boʻyicha tarix, matematika, ona tili fanlaridan qoniqarsiz natija koʻrsatgan ixtisoslashtirilgan sinflarning oʻquvchilari maktab pedagogik kengashi qarori bilan maktabning umumiy sinflariga oʻqishni davom ettirish uchun oʻtkaziladi.
38. Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan sinflarning oʻquvchilarini darsdan tashqari mashgʻulotlarga toʻliq jalb etilishiga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida shartnoma asosida kuzatuv kengashlari tomonidan oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin.
40. Ixtisoslashtirilgan sinflarning 9-sinfini yakunlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida attestat beriladi.
43. Oliy maʼlumotli, taʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻyiladigan malaka talablariga javob beruvchi, yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar ixtisoslashtirilgan sinflarda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
Sud hukmi asosida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish man etilgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan sinflarda ushbu faoliyatni yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
45. Ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Maktab rahbariyati ixtisoslashtirilgan sinflar oʻquvchilarining qonun hujjatlarida belgilangan oʻqish va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.
46. Maktab direktori ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini nazorat qiladi, oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarining bajarilishi, ixtisoslashtirilgan sinfning oʻquv-metodik va moliya-xoʻjalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi.
47. Quyidagilar Xalq taʼlimi vazirligining vazifalari hisoblanadi:
Milliy gvardiya bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan sinflarga oʻquvchilar qabulini tashkil etish;
Milliy gvardiya bilan kelishilgan holda, davlat taʼlim standartlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan sinflar uchun oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlari hamda oʻquv-tarbiya jarayoniga samarali joriy etish boʻyicha amaliy ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr etish hamda ixtisoslashtirilgan sinflarni ular bilan taʼminlashni tashkil etish;
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan kompleks maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Milliy gvardiya bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan sinflar oʻquvchilarini aniq maqsadni koʻzlagan holda kasbga yoʻnaltirish;
Milliy gvardiya taʼlim muassasalari bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish;
ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarni oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari, kompyuter texnikasi va tegishli oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;
ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarning maʼmuriy, moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini, shuningdek moddiy-texnik taʼminotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Milliy gvardiya va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh gvardiyachilar” tanlovi (harbiy sport musobaqalari), aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar va chet tili fanlari boʻyicha viktorinalar oʻtkazish;
yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va ixtisoslashtirilgan sinflar bitiruvchilariga shahodatnoma (attestat)lar berish.
48. Quyidagilar Milliy gvardiyaning vazifalari hisoblanadi:
oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga va oʻquv jarayoniga joriy etishda amaliy metodik yordam koʻrsatish;
chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani dasturiga muvofiq ixtisoslashtirilgan sinflarni harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
ixtisoslashtirilgan sinflar oʻquvchilari bilan Milliy gvardiya taʼlim muassasalari va harbiy boʻlinmalari bazalarida oʻq otish, maxsus tayyorgarlik boʻyicha (shu jumladan, dala sharoitlarida ham) amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
ixtisoslashtirilgan sinflar oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarni Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalariga biriktirish;