Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Respublikaning ilmiy salohiyatini saqlash va mustahkamlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, aspirantlar va doktorantlarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda doktoranturada va aspiranturada oʻqiyotgan shaxslarga, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik kompensatsiya toʻlovlarini qoʻshgan holda, 1992-yil 1-sentabrdan boshlab stipendiyalar:
doktorantlarga — oliy oʻquv yurtining ilmiy darajasi bor oʻqituvchisining lavozim maoshi miqdorida;
aspirantlarga — oliy oʻquv yurtining ilmiy darajasi boʻlmagan oʻqituvchisining lavozim maoshi miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.