Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-son
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4146-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iktisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
1.
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur qoidalar sud boshqaruvchisi tomonidan qarzdorning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash yuzasidan tahlil qilish (keyingi oʻrinlarda — tahlil qilish) tartibini belgilaydi”.
2. 2-bandning
ikkinchi xatboshisiga “yakka tartibdagi tadbirkor” soʻzlaridan keyin “, yoxud yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 5-bandning “
d”, “
e”, “
j”,
“z” kichik bandlaridagi “qarzdorni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisida” soʻzlari “qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4.
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Bankrotlikni yashirish alomatlari bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek, bankrotlik taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi”.
5. 35-bandning
ikkinchi xatboshisiga “yakka tartibdagi tadbirkor,” soʻzlaridan keyin “yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs” soʻzlari qoʻshilsin.
6. 37-bandning
“v” kichik bandidagi “bankrotlikning tegishli tartibotini” soʻzlari “bankrotlik taomillarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.