Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishtirokini oshirish hamda ularning davlat boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. 7-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi boshqa organlari” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” soʻzlari qoʻshilsin.
a)
birinchi xatboshidagi “manfaatdor vazirliklar va idoralar” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar”;