toggle_night_mode
Hujjat 10.04.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) chaqiruv komissiyalari” soʻzlari “tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “tibbiy (chaqiruv)” soʻzlari “Rahbariyat kengashi va harbiy-tibbiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma toʻrtinchi xatboshidagi “viloyat chaqiruv komissiyasi” soʻzlari “Rahbariyat kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasi” soʻzlari “Rahbariyat kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “chaqiruv komissiyalarining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qoʻyish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida oʻtkaziladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qarori bilan tasdiqlangan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “kasbiy tanlov” va “ular bilan kasbiy tanlov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “kasbiy tanlov oʻtkazish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 4-banddagi “kasbiy tanlov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “va kasbiy tanlov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi Tanlov kengashi tomonidan berilgan tavsiya asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi”;
e) 13-banddagi “kasbiy tanlovga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 24-banddagi “kasbiy tanlov” soʻzlari “yakka tartibda suhbat oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 2-bobning 3-paragrafi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
i) 42 va 44-bandlardagi “va kasbiy tanlov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi ““Nuroniy” Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ular bilan oʻtkaziladigan kasbiy tanlov” va “kasbiy tanlov oʻtkaziladigan kompyuter xonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
l) 49-bandning ikkinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxati, kasbiy tanlov oʻtkaziladigan kompyuter xonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni” soʻzlari “va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxatini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 50-bandning oltinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxati, kasbiy tanlov oʻtkaziladigan kompyuter xonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni” soʻzlari “va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxatini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov” soʻzlari “yakka tartibdagi suhbat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o) 52-banddagi ““Nuroniy” Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, ular bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashining
TARKIBI
Tanlov kengashi raisi — tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
Tanlov kengashi aʼzolari:
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining oʻrinbosari;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashi vakili;
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari;
chaqiriluvchilarning ota-onalari orasidan vakillar”.
r) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarining
SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼullar

Muddatlar


1-bosqich

Chaqiruv resurslari va chaqiriluvchilarning hujjatlarini oʻrganish

mudofaa ishlari boʻlimi

1-iyuldan 30-iyulgacha


2-bosqich

Tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarorini qabul qilish

mudofaa ishlari boʻlimi, tuman (shahar) hokimligi

Har yili 1-avgustgacha


3-bosqich

Harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxatini tuzish

mudofaa ishlari boʻlimi

10-avgustdan 10-fevralgacha alohida grafik asosida


4-bosqich

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

Tanlov kengashi aʼzolari

10-avgustdan 10-fevralgacha alohida grafik asosida


5-bosqich

Yakka tartibda suhbat oʻtkazish

Tanlov kengashi aʼzolari

10-avgustdan 10-fevralgacha alohida grafik asosida


6-bosqich

1.Yakka tartibda suhbat natijalari boʻyicha chaqiriluvchilarni:

harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etishga tavsiya etish;

muddatli harbiy xizmatga chaqirishga tavsiya etish.

2. Natijalarni chaqiruv komissiyasiga yuborish

Tanlov kengashi

1.Yakka tartibda suhbat oʻtkazilgan kuni

2.Tanlov tadbirlari yakunlangandan soʻng 3 kun ichida


7-bosqich

Chaqiruv komissiyasi tomonidan Tanlov kengashi tavsiyasiga asosan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qarorlar qabul qilish

Chaqiruv komissiyasi

1-martdan 30-aprelgacha




”.

s) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha
‎TAVSIYA ‎‎

Chaqiriluvchi‎‎ __________________________________________________‎

‎‎(F.I.O.)

Tugʻilgan yili:‎‎ ‎________________________________________
Topshirish sanasi: 20__ yil “___” ___________‎‎‎

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha qoʻyilgan baho‎‎

Turnikda tortilish‎‎

100 metrga yugurish‎‎

3000 metrga yugurish‎‎

Umumiy baho‎‎

marotaba‎‎

baho‎‎

soniya‎‎

baho‎‎‎‎

daqiqa ‎‎

baho‎‎‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

Tanlov kengashining yakuniy qarori:‎‎
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish (yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish) uchun tavsiya etiladi (yoki tavsiya etilmaydi).‎‎
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎_________________________
‎‎Tanlov kengashi raisi ‎_______________ _________________________________________‎

(imzo)

(F.I.O.) ‎

‎‎Tanlov kengashi aʼzolari: _________________‎ _________________________________________‎‎‎

‎‎(imzo)

(F.I.O.)

_______________‎‎ ‎‎_________________________________________‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎

Tanlov kengashi qarori bilan tanishdim:

___________ _______________________‎‎ 20____ yil “_____” _____”.‎‎

‎‎(imzo)‎‎ ‎‎

‎‎(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 09/25/413/0570-son)