1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Konchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
209-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 10-bandning uchinchi xatboshidagi “uranning” soʻzidan keyin “shuningdek, uglevodorod xom ashyosining” soʻzlari qoʻshilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq davrga) va oʻrtacha muddatli (5 yilgacha davrga) davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish yillik davlat dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
ikkinchi xatboshidagi “va uran” soʻzlari “uran va uglevodorod xom ashyo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qaʼri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-xom ashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni taʼminlashni hisobga olgan holda, uglevodorod xom ashyo zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalarni belgilaydi”;
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari salohiyatli xorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik oʻrganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi”;
“yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etadi, qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni tashkil etish va qoʻriqlanadigan geologik obyektlarni barpo qilish va yarqiramatosh xom ashyolari, paleontologik qoldiqlar va boshqa kolleksion geologik namunalarni toʻplash uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar beradi (foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar bundan mustasno)”;