1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga muvofiq, shuningdek, bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori]
bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida soʻrovnoma taqdim etish, soʻrovnomani koʻrib chiqish hamda uning yakunlari yuzasidan qaror qabul qilish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish, litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini, shuningdek, litsenziya shartlari va talablariga rioya etmaganlik uchun litsenziatning javobgarligini nazarda tutuvchi Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.10 Erkin ombor]
erkin ombor faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida soʻrovnoma taqdim etish, soʻrovnomani koʻrib chiqish hamda uning yakunlari yuzasidan qaror qabul qilish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish, litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini, shuningdek, litsenziya shartlari va talablariga rioya etmaganlik uchun litsenziatning javobgarligini nazarda tutuvchi Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.11 Bojsiz savdoni amalga oshiruvchi doʻkon]
boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida soʻrovnoma taqdim etish, soʻrovnomani koʻrib chiqish hamda uning yakunlari yuzasidan qaror qabul qilish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish, litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini, shuningdek, litsenziya shartlari va talablariga rioya etmaganlik uchun litsenziatning javobgarligini nazarda tutuvchi Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq yuridik shaxslar koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi tuzilmalarning YIDXPga ulanishini taʼminlasin;
davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida yuridik shaxslar murojaatlari koʻrib chiqilishini YIDXPda kuzatib borish tartibini joriy etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi YIDXPda davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKka kiritsin.
5. Belgilansinki, davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati boʻyicha, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
210-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga 1-ILOVA
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga moʻljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda boʻlishi mumkin;
ochiq turdagi bojxona ombori — har qanday shaxslar foydalanishi mumkin boʻlgan bojxona ombori;
yopiq turdagi bojxona ombori — litsenziat tovarlarini saqlashga moʻljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin;
litsenziya daʼvogari — litsenziyalovchi organga bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma bilan murojaat etgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga soʻzsiz rioya etgan holda bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyalovchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
litsenziat — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
bojxona omboriga bevosita tutash hudud — bojxona ombori atrofida joylashgan va (yoki) bojxona omboriga tutashib ketadigan joydagi tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan (tushiriladigan) hudud;
ombor oʻrni — bitta bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (bojxona omboridan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun bojxona ombori maydonining bir qismi;
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi, bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan va bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi.
4. Bojxona omborining normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va boshqalar) bojxona ombori va vaqtincha saqlash bojxona rejimlari ostida joylashtirilmaydi.
5. Tez buziladigan tovarlar bojxona omborida bunday tovarlardan oʻz maqsadiga koʻra foydalanish imkonini beruvchi va ularning sifati saqlanib qolishi muddati doirasida, biroq tanlangan bojxona rejimiga muvofiq belgilangan muddatdan ortiq boʻlmagan muddatda saqlanishi mumkin.
6. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlashni talab etadigan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda, bojxona omborining bir qismi hisoblangan va bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerak.
7. Bojxona omborida va unga tutash hududda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari hamda boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, tegishli bojxona rejimida nazarda tutilgan operatsiyalar bundan mustasno.
8. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 14-bobi.
Bojxona omborida saqlashni nazarda tutmaydigan oʻzgacha bojxona rejimi ostida saqlashga ariza berilgan tovarlar bojxona omboridan tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab, uch ish kunidan kechikmay olib chiqilishi kerak.
9. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, ombor hududiga (bojxona ombori sifatida foydalanish moʻljallanayotgan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, shuningdek, bojxona nazorati zonasi) ega boʻlgan litsenziya daʼvogariga litsenziya daʼvogari, bojxona ombori hududi, binolar hamda bojxona nazorati zonasi ushbu Reglament talablari va shartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan beriladi.
Litsenziya daʼvogariga tegishli boʻlgan, bir yuridik manzilda va (yoki) bir bojxona nazorati zonasida joylashgan bir nechta bino va (yoki) ochiq maydonlar uchun bitta litsenziya beriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan taʼsis etiladigan bojxona omborlari ochiq turdagi bojxona omborlari hisoblanadi.
Agar bojxona ombori bojxona organi tomonidan taʼsis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. Bunday bojxona omborini taʼsis etish va unda tovarlarni saqlash tartibi mazkur Reglamentda belgilangan talablar va shartlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
11. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziya rasmiylashtiriladi.
12. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab, hisoblanadi.
Yuklarni litsenziya bilan taʼminlanmagan omborlardan foydalangan holda tijorat asosida saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunday holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
13. Quyidagilar:
litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga koʻra — faoliyat turi uchun litsenziya;
mazkur Reglamentning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasiga koʻra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya beriladi.
Ushbu bandda belgilangan har bir holatda litsenziya daʼvogari (yoki litsenziat) bojxona ombori bino va (yoki) ochiq maydonlarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrovnomada koʻrsatadi.
14. Litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
15. Bojxona ombori hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
Bojxona ombori hududiga qoʻriqlanadigan va mazkur Reglamentning 20-bandida qayd etilgan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni yakunlash uchun zarur boʻlgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari toʻxtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
Temir yoʻl va avtomobil transport uzellari hamda transport magistrallaridan olib boruvchi, transport vositalari harakati uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan yoʻl boʻylab bojxona omborigacha boʻlgan masofa 3 km.dan oshmasligi kerak.
16. Bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi taʼminlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
bojxona ombori hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlmagan) yaqinlashishini;
tovarlarning bojxona nazoratini chetlab olib kirilishini va olib chiqilishini.
Agar binoning yoki inshootning bir qismi bojxona ombori hisoblansa, unga borish yoʻllari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan qilib jihozlanishi kerak.
qoʻriqlash va yongʻin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlgan yongʻinni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.
19. Ombor oʻrni litsenziat tomonidan maxsus ajratiladi va belgilanadi.
Har bir ombor oʻrnida unda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan maʼlumotnoma mavjud boʻlishi lozim:
bojxona yuk deklaratsiyasining roʻyxat raqami;
bojxona rejimi;
yuk qabul qiluvchining nomi;
tovarlarning nomi va miqdori;
tovarlar qiymati;
tovarlarni saqlash muddati.
20. Bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq:
bojxona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 mdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan;
21. Bojxona ombori va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud:
umumiy perimetr boʻyicha bir-biridan ajralmagan;
balandligi 2 mdan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan va barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi qoʻyilgan holda nazorat-oʻtkazish punktlariga ega boʻlishi kerak.
22. Bojxona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan yopiq koʻrik maydonchasiga ega boʻlishi kerak:
sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan maʼlum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi.
Bojxona omborida tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqat koʻrik maydonchasida amalga oshiriladi.
Bunda havo sharoiti keskin yomonlashgan holatlarda amalga oshiriladigan harakatlarni har tomondan uzluksiz videokuzatuvga olish imkonini yaratgan holda, tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishini bojxona ombori binosida amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Bojxona ombori doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat koʻrsatishi uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:
ortish-tushirish va transport vositalari;
ombor asbob-uskunalari;
oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari bojxona omborida saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning ogʻirligini oʻlchash vositalari;
bojxona organlarining dasturiy taʼminotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
bojxona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga video maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
koʻrik oʻtkazish uchun stol;
aptechka (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi);
termometr (dori vositalarini saqlashga moʻljallangan binolar uchun);
aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);
tashkiliy texnika;
mebel.
24. Korxonalar hududidagi va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar egasi boʻlgan yopiq turdagi bojxona omborlariga nisbatan transport uzellari va transport magistrallaridan boʻlgan masofa boʻyicha talab qoʻllanilmaydi.
25. Bojxona omborida va bojxona nazorati zonalari hisoblangan bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat toʻplanishi mumkin emas.
26. Bojxona organi xodimlari uchun bojxona omborida yoki bojxona nazorati zonasida bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:
6 m²dan kam boʻlmagan maydonga va 20 m³dan kam boʻlmagan hajmga ega;
mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega;
doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, faks, Internet) bilan jihozlangan;
27. Bojxona omborining taʼsis etilishi va uning faoliyat koʻrsatishi Oʻzbekiston Respublikasining atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
28. Bojxona omborini qoʻshimcha ravishda asbob-uskunalar bilan taʼminlash (qoʻshimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qoʻriqlash hamda oʻtkazish rejimini taʼminlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi.
29. Mazkur Reglamentning 20 — 26-bandlarida belgilangan talablar bojxona omborini taʼsis etish uchun berilgan soʻrovnomani koʻrib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak.
30. Litsenziat quyidagilarga majbur:
vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona ombori bojxona rejimi shartlariga muvofiq tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
bojxona organlarining ruxsatisiz bojxona omboriga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik;
berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan bojxona omborini jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan taʼminlash talablariga oid qismiga rioya qilish;
litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimlari yordamida olingan vaqt boʻyicha uzluksiz videoyozuvlar uch oy davomida saqlanishini taʼminlash;
bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash;
mazkur Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini taʼminlash;
bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni faqat bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan ochiq maydonchalarda va (yoki) binolarda saqlash;
bojxona omboriga joylashtiriladigan tovarlardan ularni saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish va koʻrsatib oʻtilgan tovarlar bilan ariza berilgan bojxona rejimiga muvofiq operatsiyalar sodir etilishini taʼminlash;
bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish;
bojxona omboriga kelib tushayotgan va bojxona omboridan olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, avtomatlashtirilgan hisobni yuritish;
bojxona organining talabiga muvofiq bojxona omboridagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan oʻtkazish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona ombori bojxona rejimi amal qilishi tugagandan keyin ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda maʼlum qilish;
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar toʻgʻrisida bojxona organini barvaqt xabardor qilish;
bojxona omborida saqlanayotgan isteʼmol tovarlariga maxsus marka yopishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ushbu tovarlarni ombordan faqat markalari yopishtirilgan taqdirdagina chiqarish;
mazkur Reglamentning 84-bandida belgilangan holatlarda bojxona toʻlovlari toʻlash;
taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shu jumladan qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish;
bojxona omboriga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.Sh. va lavozimini koʻrsatgan holda) roʻyxatining mavjudligini taʼminlash;
bojxona ombori tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan muddatda ularni boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi boʻyicha choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini taʼminlash;
bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona omboridagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish;
31. Litsenziatning tovarlarni saqlash uchun joylashtiradigan shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
32. Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya daʼvogari ega boʻlgan boʻlgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan taʼminlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, bojxona ombori uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) va binolarning sifatli tarhi va chizmasi (qoʻriqlanadigan hudud, bojxona nazorati zonasi, aniq oʻlchamlari koʻrsatilgan);
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
33. Notoʻgʻri yoki ishonchli boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
34. Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni ushbu Reglamentga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
35. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
36. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya daʼvogari nomidan mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 1-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, litsenziya daʼvogari mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan shaklda soʻrovnomani shaxsan oʻzi toʻldiradi.
37. Litsenziya daʼvogari hujjatlarni rasmiylashtirib, soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda, hujjatlar kiritilgan soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida litsenziyalovchi organga yuboriladi.
39. Reglament talablari asosida tegishli davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogari tomonidan (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali hujjatlar toʻliq kiritilmasa, soʻrovnomani tasdiqlash va litsenziyalovchi organga yuborish avtomatik tarzda rad etiladi.
Litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi tegishli davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziyalovchi organ (YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Litsenziya daʼvogarining hujjatlar toʻliq boʻlmagan murojaati davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziyalovchi organ (YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) tomonidan davlat xizmati koʻrsatilmasdan rad etiladi.
40. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani toʻldirish jarayonida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali litsenziya daʼvogarida majburiy toʻlovlar, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi avtomatik tarzda tekshiriladi.
Litsenziya daʼvogarida majburiy toʻlovlar, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi aniqlanganda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
41. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab, yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
42. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
43. Litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular kelib tushgan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
44. Litsenziyalovchi organda tashkil etilgan ekspert komissiyasi xulosa tayyorlash jarayonida obyekt (bino, inshootlar va (yoki) hudud) boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni elektron hamkorlik yoʻli bilan yoxud elektron soʻrov orqali oladi va uning natijalarini xulosaga qoʻshadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan — sanitariya boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan — yongʻin qoidalari boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida.
45. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir kun muddatda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali:
litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bank hisobvaragʻi rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlash muddati hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasini imzolash toʻgʻrisida;
litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan va litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlangan xabarnomani yuboradi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
46. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Litsenziya daʼvogari litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxslarining hatti-harakati (harakatsizligi) boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
48. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xabarnoma yubormasa, u holda ushbu Reglamentning 41-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya daʼvogari oʻzi soʻrovnoma bergan faoliyatni, bu haqda litsenziyalovchi organni elektron yoki yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
49. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar litsenziya daʼvogarining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar kiritilgan soʻrovnoma davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali kelib tushgandan soʻng ushbu Reglamentning 34 — 46-bandlarida koʻrsatilgan tartibda, biroq oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
litsenziya daʼvogarining takroriy soʻrovnomasiga asosan ekspert komissiyasi olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya berishni rad etish sabablari bartaraf etilganligini oʻrganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi;
tayyorlangan xulosa asosida ushbu Reglamentning 45-bandida koʻrsatilgan tadbirlar bajarilishi taʼminlanadi.
50. Litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasini takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya daʼvogariga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi.
51. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya daʼvogarining (litsenziatning) litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan munosabatlari ular oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi asosida tartibga solinadi hamda ommaviy oferta shaklida YIDXPga joylashtiriladi.
Ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
52. Litsenziyalovchi organ davlat boji toʻlanib, ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolangandan soʻng uch kun muddatda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron litsenziyani rasmiylashtiradi hamda litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya kelib tushgandan soʻng bir soat ichida uni litsenziya daʼvogarining elektron manziliga yuboradi va litsenziya daʼvogarini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi litsenziya daʼvogari oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, litsenziya daʼvogarining soʻroviga koʻra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziyani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib berish yoʻli bilan taqdim etishi mumkin.
litsenziatning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli va STIR raqami;
binolar va (yoki) ochiq maydonchalar hajmi va maydoni hamda egalik shakli va amal qilish muddati;
bojxona toʻlovlarini taʼminlash miqdorlari, ularni toʻlashni taʼminlash shakli va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
bojxona omborining turi;
bojxona ombori joylashgan joy;
litsenziya berilgan sana.
54. Agar litsenziya daʼvogari tomonidan unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida davlat xizmatlari markazlari (oʻzi shaxsan kelib murojaat qilganda) yoki YIDXP orqali litsenziyani berish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlari yordamida davlat boji toʻlanganligi hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
55. Litsenziyani berish uchun davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmagan hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanmagan taqdirda, litsenziya daʼvogari litsenziyani berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.
56. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatidan undan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.
Litsenziya daʼvogari davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi va davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlangan yigʻimlar miqdori qaytarilmaydi.
57. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 35 — 37-bandlarida koʻrsatilgan tartibda soʻrovnoma orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya daʼvogari nomidan mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 2-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, litsenziya daʼvogari mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan shaklda soʻrovnomani shaxsan oʻzi toʻldiradi.
58. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
59. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
61. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
62. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish davomida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatda qoladi.
63. Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yongʻin nazorati olib borilganda, bojxona omborida yongʻin xavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
64. Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, bojxona ombori hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarining nomuvofiqligi holati aniqlanganda, aniqlangan holatlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish
65. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
66. Litsenziyaning amal qilish muddati toʻxtatib turilishi yoki bojxona omborining tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, bojxona omboriga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
67. Bojxona omborini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sanadan boshlab, bojxona ombori bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.
Tugatilayotgan bojxona omborida tovarlar va transport vositalarining vaqtincha saqlash rejimida boʻlishining umumiy muddati uni tugatish sanasidan eʼtiboran oltmish kalendar kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.
68. Litsenziat litsenziyalovchi organning yoki sudning litsenziya amal qilishi tugatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi qarorini olgan sanadan boshlab, uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziya bekor qilinadigan yoki amal qilishi tugatiladigan kunda, tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda toʻliq hisobot taqdim etadi.
69. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, yetti kun muddatdan kechikmay, tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan oʻtkazadi.
70. Bojxona ombori tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoki tovarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan:
litsenziya bekor qilinganda — tovarlar bojxona omboriga joylashtirilgan sanadan boshlab;
boshqa holatlarda — tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
71. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojxona ombori tugatilgan taqdirda, litsenziatdan tugatish sanasidan eʼtiboran bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan va tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori tugatilgan taqdirda litsenziat tomonidan olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan va tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashi shart.
72. Litsenziyalovchi organning litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Bojxona organlari egasi hisoblangan bojxona omborlari litsenziyalar reyestriga kiritilmaydi.
74. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har yarim yilda kamida bir marta oʻz rasmiy veb-saytida litsenziyalar yigʻma reyestri hamda bojxona organlari egasi hisoblangan bojxona omborlarining roʻyxati eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
75. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
9-bob. Davlat bojini va davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻimni toʻlash tartibi
76. Faoliyat turiga litsenziya berilganligi uchun, shuningdek, bojxona ombori binolari hajmi va (yoki) ochiq maydonlari kengayishi, qisqarishi, uning turi, tashkil etilgan hududdagi (manzildagi) joylashgan joyi oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya rasmiylashtirilganda, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari” 22-bandiga muvofiq davlat boji undiriladi.
77. Litsenziat oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi munosabati bilan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.
78. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
79. Davlat bojlari va yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisobraqamiga;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
80. Litsenziya berilgani uchun davlat boji va davlati xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Litsenziya berish uchun davlat bojini va davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
81. Litsenziat bojxona omborida tovarlarni saqlash talablari va shartlariga rioya etilishi boʻyicha tovar bojxona omborida saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu omborxona hujjatini (ombor guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va boshqalarni) rasmiylashtirish hamda tovarning bojxona omboriga qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimiga kiritish orqali tasdiqlanadi.
82. Bojxona omborida yongʻin xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
83. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlarining toʻlanishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
84. Litsenziat tomonidan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi va quyidagi holatlarda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanishini nazarda tutishi kerak:
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilishi yoki yoʻqolishi;
litsenziatning xohishiga koʻra yoxud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi tugatilgan bojxona omborining tugatilishi;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun litsenziat javobgar boʻladigan, bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa holatlar.
85. Bojxona ombori sifatida ochiq maydoncha yoki binoning foydali hajmi uchun soʻrovnoma berilsa, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi maydonchadan kelib chiqib, 1 m² maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yoki 1 m³ bino hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqiladi.
Bunda binoning foydali hajmi litsenziya daʼvogari yoki litsenziat tomonidan yaxlit toʻsiq bilan ajratiladi va litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalash vaqtida belgilanadi.
Litsenziat bojxona ombori boʻyicha taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu miqdor oshgan kundan eʼtiboran bir oy muddatda mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 3-shaklga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani toʻldirish orqali davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib yoki YIDXP orqali bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.
86. Litsenziat, agar tovarlar faqat yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoxud qaytarib boʻlmaydigan tarzda tabiiy ravishda yoʻqolgan taqdirdagina, bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun javob bermaydi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
87. Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
88. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
89. Litsenziya daʼvogari davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
90. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
____________________________________________________________________________________________ Bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan va Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa maʼlumotlar
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Litsenziya daʼvogari
1. Litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.
2. Maʼmuriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqadi.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga (Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga) yuboradi.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Litsenziyalovchi organ
Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritadi.
Hujjatlar qabul qilingan kunda
4-bosqich
Ekspert komissiyasi
Hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi, litsenziya daʼvogarining litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
1. Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda
2. Hujjat takroran taqdim etilganda, 6 kun ichida
5-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali:
litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish va ommaviy oferta shartnomasini akseptlash toʻgʻrisida;
litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.
1. 3 kun ichida
2. Qaror qabul qilingandan soʻng
1 kun ichida
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Litsenziya daʼvogarini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlash va ommaviy oferta shartnomasini akseptlash toʻgʻrisida xabardor qiladi.
1 soat mobaynida
7-bosqich
Litsenziya daʼvogari
Litsenziya berish haqidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng litsenziya uchun davlat bojini toʻlaydi hamda ommaviy oferta shartnomasini akseptlaydi.
1. 3 oy mobaynida
8-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Davlat boji toʻlanmagan hamda ommaviy oferta shartnomasi akseptlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. 2. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanib, ommaviy oferta shartnomasi akseptlangandan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
1. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 oy oʻtgach
2. 3 kun ichida
9-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Litsenziyani oʻz muhrini qoʻygan holda, litsenziya daʼvogariga oʻzi shaxsan kelganda beradi.
Bojxona ombori faoliyatiga berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
I. Litsenziya daʼvogari toʻgʻrisida maʼlumot
1.
Litsenziyalanadigan faoliyat turi
2.
Tashkilotning toʻliq nomi
3.
Tashkilotning avvalgi toʻliq nomi
4.
STIR
5.
Tashkilotning pochta manzili
6.
Telefon raqami
7.
Elektron pochta manzili
II. Ilova qilinadigan hujjatlar
1.
Qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar
3-SHAKL
_________________
_________________
(sana)
(raqam)
Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni yangilash yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.10 Erkin ombor]
Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
erkin ombor — maxsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga oladi hamda tovarlarni erkin ombor rejimida bojxona nazorati ostida saqlashga moʻljallangan;
litsenziya daʼvogari — litsenziyalovchi organga erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma bilan murojaat etgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga soʻzsiz rioya etgan holda erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyalovchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
litsenziat — erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud — erkin ombor atrofida joylashgan va (yoki) erkin omborga tutashib ketadigan joydagi tovarlarni tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan (tushiriladigan) hudud;
ombor oʻrni — bitta bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (erkin ombordan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun erkin ombor maydonining bir qismi;
3. Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlangan tovarlarni erkin omborda saqlashga ruxsat berilmaydi.
4. Erkin omborning normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va boshqalar) bojxona rejimi ostida joylashtirilmaydi.
5. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlashni talab etadigan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda, erkin omborning bir qismi hisoblangan va bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerak.
6. Erkin omborlarda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno.
7. Erkin omborda saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 15-bobi.
Bojxona omborida saqlashni nazarda tutmaydigan oʻzgacha bojxona rejimi ostida saqlashga ariza berilgan tovarlar bojxona omboridan tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab, uch ish kunidan kechikmay olib chiqilishi kerak.
8. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, ombor hududiga (bojxona ombori sifatida foydalanish moʻljallanayotgan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, shuningdek, bojxona nazorati zonasi) ega boʻlgan litsenziya daʼvogariga litsenziya daʼvogari, bojxona ombori hududi, binolar hamda bojxona nazorati zonasi ushbu Reglament talablari va shartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan beriladi.
Litsenziya daʼvogariga tegishli boʻlgan, bir yuridik manzilda va (yoki) bir bojxona nazorati zonasida joylashgan bir nechta bino va (yoki) ochiq maydonlar uchun bitta litsenziya beriladi.
9. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziya rasmiylashtiriladi.
10. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Litsenziya bilan taʼminlanmagan omborlardan foydalangan holda tijorat asosida yuklarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
11. Quyidagilar:
litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan — faoliyat turi uchun litsenziya;
mazkur Reglamentning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasiga koʻra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya beriladi.
Ushbu bandda belgilangan har bir holatda litsenziya daʼvogari (yoki litsenziat) erkin ombor bino va (yoki) ochiq maydonlarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrovnomada koʻrsatadi.
12. Litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
13. Erkin ombor hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
Erkin ombor hududiga qoʻriqlanadigan va mazkur Reglamentning 19-bandida belgilangan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur boʻlgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari toʻxtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
Temir yoʻl va avtomobil transport uzellari va transport magistrallaridan olib boruvchi, transport vositalari harakati uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan yoʻl boʻylab bojxona omborigacha boʻlgan masofa 3 km.dan oshmasligi kerak.
14. Erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi taʼminlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
erkin ombor hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlmagan) yaqinlashishini;
tovarlarning bojxona nazoratini chetlab olib kirilishini va olib chiqilishini.
Agar binoning yoki inshootning bir qismi erkin ombor hisoblansa, unga borish yoʻllari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan tarzda jihozlanishi kerak.
15. Erkin ombor hududi va binolar maydoni mazkur Reglamentda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda, erkin omborning normal faoliyat koʻrsatishi uchun yetarli boʻlishi kerak.
qoʻriqlash va yongʻin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlgan yongʻinni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.
18. Ombor oʻrni litsenziat tomonidan maxsus ajratiladi va belgilanadi.
Har bir ombor oʻrnida unda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan maʼlumotnoma mavjud boʻlishi lozim:
bojxona yuk deklaratsiyasining roʻyxat raqami;
bojxona rejimi;
yuk qabul qiluvchining nomi;
tovarlar nomi va miqdori;
tovarlar qiymati.
19. Erkin omborga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
erkin omborga tutashib ketgan butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 m dan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan;
20. Erkin ombor va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud:
umumiy perimetr boʻyicha bir-biridan ajralmagan;
balandligi 2 m dan kam boʻlmagan qatʼiy oʻrnatilgan yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan va barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “erkin ombor” belgisi qoʻyilgan holda nazorat-oʻtkazish punktlariga ega boʻlishi kerak.
21. Erkin ombor sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan yopiq koʻrik maydonchasiga ega boʻlishi kerak:
sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan maʼlum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi.
Erkin omborda tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqat koʻrik maydonchasida amalga oshiriladi.
Bunda havo sharoiti keskin yomonlashgan holatlarda amalga oshiriladigan harakatlarni har tomondan uzluksiz videokuzatish imkonini yaratgan holda, tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi erkin omborning binosida amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
22. Erkin ombor doimiy ravishda soz, ishchi holatdagi va uning normal faoliyat koʻrsatish uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:
ortish-tushirish va transport vositalari;
ombor asbob-uskunalari;
oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari erkin omborda saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning ogʻirligini oʻlchash vositalari;
bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
erkin ombor sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, erkin omborga bevosita tutashib ketgan butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga video maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
koʻrik oʻtkazish uchun stol;
aptechka (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi);
aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);
tashkiliy texnika;
mebel.
23. Erkin omborda va bojxona nazorati zonalari hisoblangan erkin omborga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat toʻplanishi mumkin emas.
24. Bojxona organi xodimlari uchun erkin omborda yoki bojxona nazorati zonasida bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:
6 m2 dan kam boʻlmagan maydonga va 20 m3 dan kam boʻlmagan hajmga ega boʻlishi;
mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega;
doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, faks, Internet) bilan jihozlangan;
25. Erkin omborning taʼsis etilishi va uning faoliyat koʻrsatishi Oʻzbekiston Respublikasining atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
26. Erkin omborni qoʻshimcha ravishda asbob-uskunalar bilan taʼminlash (qoʻshimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qoʻriqlash hamda oʻtkazish rejimini taʼminlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi.
27. Mazkur Reglamentning 19 — 24-bandlarida belgilangan talablar erkin omborni taʼsis etish uchun berilgan soʻrovnomani koʻrib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va erkin ombordan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak.
28. Litsenziat quyidagilarga majbur:
erkin omborning bojxona rejimi shartlariga muvofiq tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
bojxona organlarining ruxsatisiz erkin omborga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik;
berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan erkin omborni jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan taʼminlash talablariga oid qismiga rioya qilish;
litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimlari yordamida olingan vaqt boʻyicha uzluksiz videoyozuvlar uch oy davomida saqlanishini taʼminlash;
erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash;
mazkur Reglament bilan belgilangan talablar va shartlarga rioya etilishini taʼminlash;
erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni faqat erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan ochiq maydonchalarda va (yoki) binolar hajmida saqlash;
erkin omborga joylashtiriladigan tovarlardan saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish va koʻrsatib oʻtilgan tovarlar bilan erkin omborning bojxona rejimiga muvofiq operatsiyalar amalga oshirilishini taʼminlash;
bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish;
erkin omborga kelib tushayotgan va erkin ombordan olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, avtomatlashtirilgan hisobni yuritish;
bojxona organining talabiga muvofiq erkin ombordagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan oʻtkazish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
erkin ombor bojxona rejimining amal qilishi tugagandan keyin ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda maʼlum qilish;
erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar toʻgʻrisida bojxona organini barvaqt xabardor qilish;
mazkur Reglamentning 82-bandida belgilangan holatlarda bojxona toʻlovlarini toʻlash;
taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shu jumladan qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish;
erkin omborga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.Sh. va lavozimini koʻrsatgan holda) roʻyxati mavjudligini taʼminlash;
erkin ombor tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini taʼminlash, ularning boshqa erkin omborga oʻtkazilishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi boʻyicha choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining erkin omborda saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini taʼminlash;
bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun erkin ombordagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish;
29. Litsenziatning tovarlarni saqlash uchun joylashtiradigan shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
30. Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya daʼvogari ega boʻlgan va erkin ombor sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan taʼminlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, erkin ombor uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) va binolarning sifatli tarhi va chizmasi (qoʻriqlanadigan hudud, bojxona nazorati zonasi, aniq oʻlchamlari koʻrsatilgan);
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda, oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
31. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javob beradi.
32. Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni ushbu Reglamentga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
34. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilganda davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya daʼvogari nomidan mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 1-shaklga muvofiq erkin ombor faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, litsenziya daʼvogari mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan shaklda soʻrovnomani shaxsan oʻzi toʻldiradi.
35. Litsenziya daʼvogari hujjatlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda, hujjatlar kiritilgan soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida litsenziyalovchi organga yuboriladi.
37. Reglament talablari asosida tegishli davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogari tomonidan (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali hujjatlar toʻliq kiritilmasa, soʻrovnomani tasdiqlash va uni litsenziyalovchi organga yuborish avtomatik tarzda rad etiladi.
Litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi tegishli davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziyalovchi organ (YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Litsenziya daʼvogarining hujjatlar toʻliq boʻlmagan murojaati davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziyalovchi organ (YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) tomonidan davlat xizmati koʻrsatilmasdan rad etiladi.
38. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani toʻldirish jarayonida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali litsenziya daʼvogarida majburiy toʻlovlar, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi avtomatik tarzda tekshiriladi.
Litsenziya daʼvogarida majburiy toʻlovlar, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi aniqlanganda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
39. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
40. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
41. Litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular kelib tushgan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita erkin omborni tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
42. Litsenziyalovchi organda tashkil etilgan ekspert komissiyasi xulosa tayyorlash jarayonida obyekt (bino, inshootlar va (yoki) hudud) boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni elektron hamkorlik yoʻli bilan yoxud elektron soʻrov orqali oladi va uning natijalarini xulosaga qoʻshadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan — sanitariya boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan — yongʻin qoidalari boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan — ijara shartnomasi toʻgʻrisida.
43. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir kun muddatda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali:
litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bank hisobvaragʻi rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlash muddati hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasini imzolash toʻgʻrisida;
litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan va litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlangan xabarnoma yuboradi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
44. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
45. Litsenziya daʼvogari litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxslarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
46. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xabarnoma yubormasa, u holda ushbu Reglamentning 39-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya daʼvogari oʻzi soʻrovnoma bergan faoliyatni, bu haqda litsenziyalovchi organni elektron yoki yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
47. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar litsenziya daʼvogarining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar kiritilgan soʻrovnoma davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali kelib tushgandan soʻng ushbu Reglamentning 32 — 44-bandlarida koʻrsatilgan tartibda, biroq oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
litsenziya daʼvogarining takroriy soʻrovnomasiga asosan ekspert komissiyasi olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya berishni rad etish sabablari bartaraf etilganligini oʻrganish uchun bevosita erkin omborni tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Tayyorlangan xulosa asosida ushbu Reglamentning 43-bandida koʻrsatilgan tadbirlar bajarilishi taʼminlanadi.
48. Litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasini takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya daʼvogariga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi.
49. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya daʼvogarining (litsenziatning) litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan munosabatlari ular oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi asosida tartibga solinadi hamda ommaviy oferta shaklida YIDXPga joylashtiriladi.
Ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
50. Litsenziyalovchi organ davlat boji tushgan va ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolangandan soʻng uch kun muddatda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron litsenziyani rasmiylashtiradi hamda litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya kelib tushgandan soʻng bir soat ichida uni litsenziya daʼvogarining elektron manziliga yuboradi va litsenziya daʼvogarini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi litsenziya daʼvogari oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, litsenziya daʼvogarining soʻroviga koʻra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziyani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib berish yoʻli bilan taqdim etishi mumkin.
litsenziatning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning tashkiliy-huquqiy shakli va STIR raqami;
binolar va (yoki) ochiq maydonchalar hajmi va maydoni hamda egalik shakli va amal qilish muddati;
bojxona toʻlovlarini taʼminlash miqdorlari, ularni toʻlashni taʼminlash shakli va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
erkin ombor joylashgan joy;
litsenziya berilgan sana.
52. Agar litsenziya daʼvogari tomonidan unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida davlat xizmatlari markazlari (oʻzi shaxsan kelib murojaat qilganda) yoki YIDXP orqali litsenziyani berish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlari yordamida davlat boji toʻlanganligi hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
53. Litsenziyani berish uchun davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmagan hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanmagan taqdirda, litsenziya daʼvogari litsenziyani berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.
54. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatidan undan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.
Litsenziya daʼvogari davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi va davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlangan yigʻimlar miqdori qaytarilmaydi.
55. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 33 — 35-bandlarida koʻrsatilgan tartibda soʻrovnoma orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilganda davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya daʼvogari nomidan mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 2-shaklga muvofiq erkin ombor faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, litsenziya daʼvogari mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan shaklda soʻrovnomani shaxsan oʻzi toʻldiradi.
56. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
57. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
59. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
60. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatda qoladi.
61. Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yongʻin nazorati olib borilganda, erkin omborda yongʻin xavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar boʻyicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
62. Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, erkin ombor hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarini nomuvofiqligi holati aniqlangan taqdirda, aniqlangan holatlar boʻyicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish
63. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
64. Litsenziyaning amal qilish muddatining toʻxtatib turilishi yoki erkin omborning tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, erkin omborga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
65. Erkin omborni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sanadan boshlab, erkin ombor bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlar vaqtincha saqlash bojxona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.
Tugatilayotgan erkin omborda tovarlar va transport vositalarining vaqtincha saqlash rejimida boʻlishining umumiy muddati u tugatilayotgan sanadan boshlab, bir yuz sakson kalendar kunidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
66. Litsenziat litsenziyalovchi organning yoki sudning litsenziya amal qilishi tugatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi qarorini olgan sanadan boshlab, uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziya bekor qilinadigan yoki amal qilishi tugatiladigan kunda, tugatilayotgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda toʻliq hisobot taqdim etadi.
67. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, yetti kun muddatdan kechikmay tugatilayotgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan oʻtkazadi.
68. Erkin ombor tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa erkin omborga oʻtkazilishi yoki tovarni erkin omborga joylashtirgan shaxs yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan:
litsenziya bekor qilinganda — tovarlar erkin omborga joylashtirilgan sanadan boshlab;
boshqa holatlarda — tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
69. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan erkin ombor tugatilgan taqdirda, litsenziatdan tugatish sanasidan eʼtiboran bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan erkin ombor tugatilgan taqdirda, litsenziat olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashi shart.
70. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
72. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har yarim yilda kamida bir marta rasmiy veb-saytda litsenziyalar yigʻma reyestri eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
73. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
9-bob. Davlat bojini va davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻimni toʻlash tartibi
74. Faoliyat turiga litsenziya berilganligi uchun, shuningdek, erkin ombor binolari hajmi va (yoki) ochiq maydonlari kengayishi, qisqarishi, uning tashkil etilgan hududdagi (manzildagi) joylashgan joyi oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya rasmiylashtirilganda, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari” 22-bandiga muvofiq davlat boji undiriladi.
75. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi munosabati bilan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.
76. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
77. Davlat bojlari va yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisobraqamiga;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
78. Litsenziya berilgani uchun davlat boji va davlati xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Litsenziya berish uchun davlat bojini va davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
79. Erkin omborda tovarlar saqlanishi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun litsenziat tovar erkin omborda saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu omborxona hujjatini (ombor guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va boshqalarni) rasmiylashtirish hamda tovarning erkin omborga qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimiga kiritish orqali tasdiqlanadi.
80. Erkin omborda yongʻin xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javob beradi.
81. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan va erkin omborda saqlanayotgan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlarining toʻlanishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
82. Litsenziat tomonidan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi va quyidagi holatlarda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanishini nazarda tutishi kerak:
erkin omborda saqlanayotgan tovarlarning bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilishi yoki yoʻqolishi;
litsenziatning xohishiga koʻra yoxud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi tugatilgan erkin omborning tugatilishi;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun litsenziat javobgar boʻladigan, bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa holatlar.
83. Erkin ombor sifatida ochiq maydoncha yoki binoning foydali hajmi uchun soʻrovnoma berilsa, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi maydonchadan kelib chiqib 1 m2 maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yoki 1m3 bino hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqiladi.
Bunda binoning foydali hajmi litsenziya daʼvogari yoki litsenziat tomonidan yaxlit toʻsiq bilan ajratiladi va litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalash vaqtida belgilanadi.
Litsenziat erkin ombor boʻyicha taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu miqdor oshgan kundan eʼtiboran bir oy muddatda mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 3-shaklga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani toʻldirish orqali davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib yoki YIDXP orqali bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.
84. Litsenziat, agar tovarlar faqat yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoki qaytarib boʻlmaydigan tarzda tabiiy ravishda yoʻqolgan taqdirdagina, bojxona bojlari toʻlanishi uchun javob bermaydi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
85. Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
86. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
87. Litsenziya daʼvogari davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
88. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
____________________________________________________________________________________________ Bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan va Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa maʼlumotlar
Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Erkin ombor faoliyatini litseziyalash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Litsenziya daʼvogari
1. Litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.
2. Maʼmuriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqadi.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga (Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga) yuboradi.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Litsenziyalovchi organ
Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritadi.
Hujjatlar qabul qilingan kunda
4-bosqich
Ekspert komissiyasi
Hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita erkin omborni tashkil etish joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi, litsenziya daʼvogarining litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
1. Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda
2. Hujjat takroran taqdim etilganda, 6 kun ichida
5-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali:
litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish va ommaviy oferta shartnomasini akseptlash toʻgʻrisida;
litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.
1. 3 kun ichida
2. Qaror qabul qilingandan soʻng
1 kun ichida
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Litsenziya daʼvogarini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlash va ommaviy oferta shartnomasini akseptlash toʻgʻrisida xabardor qiladi.
1 soat mobaynida
7-bosqich
Litsenziya daʼvogari
Litsenziya berish haqidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng litsenziya uchun davlat bojini toʻlaydi hamda ommaviy oferta shartnomasini akseptlaydi.
1. 3 oy mobaynida
8-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Davlat boji toʻlanmagan hamda ommaviy oferta shartnomasi akseptlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. 2. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanib, ommaviy oferta shartnomasi akseptlangandan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
1. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 oy oʻtgach
2. 3 kun ichida
9-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Litsenziyani oʻz muhrini qoʻygan holda, litsenziya daʼvogariga oʻzi shaxsan kelganda beradi.
Erkin ombor faoliyatiga berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
I. Litsenziya daʼvogari toʻgʻrisida maʼlumot
1.
Litsenziyalanadigan faoliyat turi
2.
Tashkilotning toʻliq nomi
3.
Tashkilotning avvalgi toʻliq nomi
4.
STIR
5.
Tashkilotning pochta manzili
6.
Telefon raqami
7.
Elektron pochta manzili
II. Ilova qilinadigan hujjatlar
1.
Qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar
3-SHAKL
_________________
_________________
(sana)
(raqam)
Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni yangilash yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.11 Bojsiz savdoni amalga oshiruvchi doʻkon]
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
boj olinmaydigan savdo doʻkoni — tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida sotish uchun moʻljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va doʻkon omborining hududlarini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida sotishga, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotishga moʻljallangan;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek, ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga moʻljallangan;
litsenziya daʼvogari — litsenziyalovchi organga boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma bilan murojaat etgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga soʻzsiz rioya etgan holda boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyalovchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
3. Respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalari jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidan olib kiriladigan va uning tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirishda boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan sotib olingan tovarlarning jamiga nisbatan qoʻllaniladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida aksiz ostidagi tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni xalqaro aloqa uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda va jismoniy shaxslar tomonidan chegarani kesib oʻtishga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali boshqa oʻtkazish punktlarida ochilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonini ochish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida rejim belgilanishi tartibiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Bunda kelishish litsenziya daʼvogari tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga murojaati orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari Toshkent shahrida va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi hamda faoliyat koʻrsatishi mumkin.
6. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shartlari va talablariga muvofiq bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi cheklangan tovarlar boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
kassa cheki raqami;
reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami (havoda tashishda);
xarid qilingan vaqt va sana;
sotiladigan tovarning nomi, narxi va miqdori;
sotuvchi tomonidan olingan milliy va (yoki) xorijiy valyuta summasi;
kassa apparati raqami;
boj olinmaydigan savdo doʻkonining nomi;
boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi (keyingi oʻrinlarda litsenziat deb ataladi) — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.
Bunda nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
kassa cheki raqami;
litsenziat — yuridik shaxsning nomi, uning yuridik manzili;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati;
xarid qilingan vaqt va sana;
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
kassa apparati raqami;
litsenziat — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
8. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada tuziladigan buyurtmanomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun tovarlarni sotib olishlari mumkin.
Buyurtmanomaning bir nusxasi boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanadi, ikkinchi nusxasi xaridorga qaytariladi.
Buyurtmanomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi;
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
buyurtmanoma tuzilgan sana;
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi;
tovarlarni sotib olish maqsadi.
9. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida quyidagilarning sotilishiga ruxsat etilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar, shu jumladan olib chiqilishiga litsenziya talab etiladigan tovarlar, rangli va qora metallardan tayyorlangan yuqori darajada qayta ishlangan tayyor buyumlar bundan mustasno;
chakana sotish uchun oʻralgan dori-darmon vositalari (shu jumladan provitaminlar, vitaminlar, gormonlar va antibiotiklar), agar ular vrachning retseptisiz (tayinlovisiz) sotilishi mumkin boʻlmasa;
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy tamgʻasiga ega boʻlmagan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlar;
boshqa davlat organlarining nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlar, ushbu organlarning ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda;
jismoniy shaxslarning shaxsiy foydalanish yoki isteʼmol qilishi uchun moʻljallanmagan tovarlar;
vazni ogʻir tovarlar (20 kg.dan ortiq ogʻirlikda) va oʻlchami katta tovarlar (uzunligi, kengligi va balandligi oʻlchamlari jami 200 sm.dan ortiq boʻlganda).
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlar sotishga (sotib olishga) ruxsat berilmaydi.
10. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, boj olinmaydigan savdo doʻkoni sifatida foydalanilishi moʻljallangan va mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlgan savdo zallari, yordamchi binolar va ombor (mulk huquqi bilan yoki boshqa ashyoviy huquq bilan) egaligida boʻlgan litsenziya daʼvogariga beriladi.
11. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziya rasmiylashtiriladi.
12. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Litsenziya bilan taʼminlanmagan savdo zallari, yordamchi binolari va omborlardan foydalangan holda tijorat asosida yuklarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
13. Quyidagilar:
litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan — faoliyat turiga litsenziya;
mazkur Reglamentning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasiga koʻra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya beriladi.
Ushbu bandda belgilangan har bir holatda litsenziya daʼvogari (yoki litsenziat) boj olinmaydigan savdo doʻkoni savdo zallari, yordamchi binolari va omborlarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrovnomada koʻrsatadi.
14. Litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
15. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni hududi savdo zallari hududini, yordamchi binolar va doʻkon omborini oʻz ichiga oladi hamda bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
16. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zali, yordamchi binosi va ombori:
a) mazkur Reglamentda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda boj olinmaydigan savdo doʻkonining normal faoliyat koʻrsatishi uchun yetarli boʻlgan maydonga ega boʻlishi;
b) bir-biriga bevosita yaqin joyga (bojxona nazorati zonasida) joylashtirilishi kerak;
v) quyidagilar bilan:
tovarlar faqat boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarida sotilishini hamda ularga nisbatan bojxona nazorati oʻtkazish imkoniyatini taʼminlaydigan tarzda jihozlanishi;
bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet);
savdo zallari hududini, yordamchi binolar va doʻkon omborini toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videomaʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi hamda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlanishi kerak.
17. Agar boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va ombori mazkur Reglamentning 16-bandi talablariga rioya qilinganda bir-biridan yiroqda (500 m.dan ortiq) joylashgan boʻlsa, tovarlarni ombordan savdo zallari va yordamchi binolarga olib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan holatlarda bojxona kuzatuvida amalga oshirilishi mumkin. Bojxona kuzatuvi uchun bojxona yigʻimlari belgilangan miqdorda undiriladi.
Tovarlarning bir boj olinmaydigan savdo doʻkonidan boshqa boj olinmaydigan savdo doʻkoniga koʻchirilishi faqat tovarlarning bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga koʻchirilishi uchun nazarda tutilgan tartibda davlat bojxona xizmati organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqarida joylashgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining ombori qonun hujjatlarida bojxona omborlari uchun nazarda tutilgan tartibga muvofiq jihozlanishi kerak.
19. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari shunday joylashishi va jihozlanishi kerakki, ular tovarlarni but holatda saqlanishini taʼminlashi hamda quyidagilarni:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olingan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida, shu jumladan ushbu hududda qolayotgan jismoniy shaxslarga berish yoʻli bilan qoldirilishini;
tovarlarning bojxona nazoratidan tashqari tushishi va olib qoʻyilishini;
tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan boʻlishi kerak.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari bojxona nazorati zonasida joylashtirilishi kerak (pasport nazorati chizigʻi tashqarisida bojxona nazorati chizigʻigacha alohida — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib keladigan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, pasport nazorati chizigʻi tashqarisida — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar uchun).
Koʻrsatib oʻtilgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarning ushbu zallarga kirishini istisno etadigan tarzda joylashtirilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan bojxona organi faoliyati zonasida boʻlishi kerak.
21. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zali binosi, yordamchi binosi va ombori Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya va yongʻinga qarshi talablarga javob berishi kerak.
mazkur Reglamentda belgilangan talablar va shartlarga rioya etilishini taʼminlash;
litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimlari yordamida olingan vaqt boʻyicha uzluksiz videoyozuvlarni uch oy davomida saqlanishini taʼminlash;
boj olinmaydigan savdo doʻkoniga sotish uchun tushuvchi tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish;
boj olinmaydigan savdo rejimiga joylashtirilgan tovarlarni faqat yordamchi binolarda va boj olinmaydigan savdo doʻkoni omborlarida saqlash;
boj olinmaydigan savdo doʻkoniga tushuvchi va boj olinmaydigan savdo doʻkonidan olib chiqiladigan tovarlar hisobini yuritish, shu jumladan avtomatlashtirilgan hisobini yuritish va ushbu tovarlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda bojxona organlariga hisobot taqdim etish;
bojxona organining talabi boʻyicha boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan oʻtkazish;
bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, mazkur Reglamentda belgilangan talablarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
naqd xorijiy (milliy) valyuta va xorijiy (milliy) valyutadagi bank plastik va kredit kartochkalari yoki xorijiy (milliy) valyutadagi bank oʻtkazmalari toʻlov hujjatlari bilan ishlashga muvofiq kassa operatsiyalari yuritishning amaldagi tartibi talablariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning boshqa qoidalariga rioya qilish;
faoliyatning tegishli turiga roʻyxatdan oʻtkazish yoki ruxsat berish hujjatlariga ega boʻlish, basharti ularni olish majburiyligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, joylardagi davlat hokimiyati organlarining normativ huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa;
boj olinmaydigan savdo doʻkoni omborida tovarlarni maxsus markalash va boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarida tovarlarni faqat ular tegishli tarzda markalangan taqdirda sotish;
mazkur Reglamentning 23-bandida belgilangan holatlarda bojxona toʻlovlarini toʻlash;
boj olinmaydigan savdo doʻkoni yopilgan taqdirda bu haqda litsenziyalovchi organni xabardor qilish;
taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shu jumladan, qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni oʻz vaqtida xabardor qilish;
boj olinmaydigan savdo doʻkoniga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.Sh. va lavozimini koʻrsatgan holda) roʻyxati mavjudligini taʼminlash;
boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini taʼminlash, ularni boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi boʻyicha choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining doʻkonining savdo zali binosi, yordamchi binosi va (yoki) omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini taʼminlash;
boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlar yoʻqolgan taqdirda yoxud ulardan boj olinmaydigan savdo doʻkonida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga chakana sotishdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda, bunday tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiq bojxona toʻlovlar toʻlanishi;
boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi ostida joylashtirilmagan tovarlar sotilishi;
boj olinmaydigan savdo doʻkonida yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda sanitariya meʼyorlari va talablariga rioya etilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
24. Litsenziat, agar tovarlar faqat yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoki qaytarib boʻlmaydigan tarzda tabiiy ravishda yoʻqolgan taqdirdagina bojxona toʻlovlarining toʻlanishi uchun javob bermaydi.
25. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun, zarurat boʻlganda, litsenziat tomonidan bojxona organining mansabdor shaxslariga boj olinmaydigan savdo doʻkoni omborida jihozlangan bino va aloqa vositalari beriladi.
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
26. Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya daʼvogarining egaligida boʻlgan va boj olinmaydigan savdo doʻkoni sifatida foydalanish uchun moʻljallangan savdo zallari, yordamchi binolari va omborlari, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan taʼminlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
bojxona nazorati zonasi, aniq oʻlchamlari koʻrsatilgan holda boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari hamda omborlarining (shuningdek, yondosh hududlarning) sifatli tarhi va chizmasi;
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
27. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javob beradi.
28. Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni ushbu Reglamentning 3-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
30. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilganda davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya daʼvogari nomidan mazkur Reglamentga 4-ilovadagi 1-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, litsenziya daʼvogari mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan shaklda soʻrovnomani shaxsan oʻzi toʻldiradi.
31. Litsenziya daʼvogari hujjatlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda hujjatlar kiritilgan soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida litsenziyalovchi organga yuboriladi.
33. Reglament talablari asosida tegishli davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogari tomonidan (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali hujjatlar toʻliq kiritilmasa soʻrovnomani tasdiqlash va uni litsenziyalovchi organga yuborish avtomatik tarzda rad etiladi.
Litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi tegishli davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziyalovchi organ (YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Litsenziya daʼvogarining hujjatlar toʻliq boʻlmagan murojaati davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziyalovchi organ (YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) tomonidan davlat xizmati koʻrsatilmasdan rad etiladi.
34. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani toʻldirish jarayonida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali litsenziya daʼvogarida majburiy toʻlovlar, shuningdek ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi avtomatik tarzda tekshiriladi.
Litsenziya daʼvogarida majburiy toʻlovlar, shuningdek ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi aniqlanganda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
35. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
36. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
37. Litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda, ular kelib tushgan kunda, koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita boj olinmaydigan savdo doʻkonini tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
38. Litsenziyalovchi organda tashkil etilgan ekspert komissiyasi xulosa tayyorlash jarayonida obyekt (bino, inshootlar va (yoki) hudud) boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni elektron hamkorlik yoʻli bilan yoxud elektron soʻrov orqali oladi va uning natijalarini xulosaga qoʻshadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan — sanitariya boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan — yongʻin qoidalari boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Jismoniy shaxslar tomonidan chegarani kesib oʻtishga moʻljallangan bevosita bojxona organlari tasarrufidagi obyektlar hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ochilishi va faoliyat koʻrsatishi moʻljallangan boj olinmaydigan savdo doʻkoni uchun mazkur banddagi qoidalar qoʻllanilmaydi.
Bunday joylarda ochilishi moʻljallangan boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyat koʻrsatishi tartibi ushbu Reglamentda belgilangan talablar va shartlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
39. Litsenziyalovchi organ uch kun muddat ichida ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir kunlik muddatda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali:
litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda bank hisob varagʻi rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlash muddati hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasini imzolash toʻgʻrisida;
litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlangan xabarnoma yuboradi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
40. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Litsenziya daʼvogari litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxslarining hatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
42. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xabarnoma yubormasa, u holda ushbu Reglamentning 35-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya daʼvogari oʻzi soʻrovnoma bergan faoliyatni, bu haqda litsenziyalovchi organni elektron yoki yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
43. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar litsenziya daʼvogarining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar kiritilgan soʻrovnoma davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali kelib tushgandan soʻng ushbu Reglamentning 28 — 40-bandlarida koʻrsatilgan tartibda, biroq oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
litsenziya daʼvogarining takroriy soʻrovnomasiga asosan ekspert komissiyasi olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya berishni rad etish sabablari bartaraf etilganligini oʻrganish uchun bevosita boj olinmaydigan savdo doʻkonini tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Tayyorlangan xulosa asosida ushbu Reglamentning 39-bandida koʻrsatilgan tadbirlar bajarilishi taʼminlanadi.
44. Litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasini takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya daʼvogariga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi.
45. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya daʼvogarining (litsenziatning) litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan munosabatlari ular oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi asosida tartibga solinadi hamda ommaviy oferta shaklida YIDXPga joylashtiriladi.
Ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
46. Litsenziyalovchi organ davlat boji tushgan va ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolangandan soʻng uch kun muddat ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya rasmiylashtiradi hamda uni litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya kelib tushgandan soʻng bir soat ichida uni litsenziya daʼvogarining elektron manziliga yuboradi va litsenziya daʼvogarini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi litsenziya daʼvogari oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda litsenziya daʼvogarining soʻroviga koʻra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziyani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib berish yoʻli bilan taqdim etishi mumkin.
litsenziatning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning tashkiliy-huquqiy shakli va STIR raqami;
boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zali, yordamchi binosi va ombori hajmi va maydoni hamda egalik shakli va amal qilish muddati;
bojxona toʻlovlarini taʼminlash miqdorlari, ularni toʻlashni taʼminlash shakli va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan joy;
litsenziyaning berilgan sanasi.
48. Agar litsenziya daʼvogari tomonidan unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida davlat xizmatlari markazlari (oʻzi shaxsan kelib murojaat qilganda) yoki YIDXP orqali litsenziyani berish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlari yordamida davlat boji toʻlanganligi hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmagan taqdirda litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
49. Litsenziyani berish uchun davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmagan hamda ommaviy oferta shaklidagi litsenziya shartnomasi imzolanmagan taqdirda, litsenziya daʼvogari litsenziyani berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.
50. Litsenziya daʼvogari davlat xizmatidan undan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.
Litsenziya daʼvogari davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi va davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlangan yigʻimlar miqdori qaytarilmaydi.
51. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda ushbu Reglamentning 29 — 31-bandlarida koʻrsatilgan tartibda soʻrovnoma orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilishi shart.
Bunda, litsenziya daʼvogari davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilganda davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya daʼvogari nomidan mazkur Reglamentga 4-ilovadagi 2-shaklga muvofiq bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, litsenziya daʼvogari mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan shaklda soʻrovnomani shaxsan oʻzi toʻldiradi.
52. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
53. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
55. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan ushbu Nizomda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
56. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
57. Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yongʻin nazorati olib borilganda, boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va omborlarida yongʻin xavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
58. Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va omborlarini ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarining nomuvofiqligi holati aniqlanganda, aniqlangan holatlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish
59. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
60. Litsenziya amal qilish muddatining toʻxtatib turilishi yoki boj olinmaydigan savdo doʻkonining tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, boj olinmaydigan savdo doʻkoniga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
61. Boj olinmaydigan savdo doʻkonini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.
Tugatilayotgan boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarning vaqtincha saqlash rejimida boʻlishining umumiy muddati doʻkon tugatilgan sanadan eʼtiboran oltmish kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.
62. Litsenziat litsenziyalovchi organning yoki sudning litsenziya amal qilishi tugatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi qarorini olgan sanadan boshlab, uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziya bekor qilinadigan yoki amal qilishi tugatiladigan kunda, tugatilayotgan boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda toʻliq hisobot taqdim etadi.
63. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay, tugatilayotgan boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan oʻtkazadi.
64. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa bojxona omboriga yoki boj olinmaydigan boshqa savdo doʻkoniga olib oʻtilishi yoki tovarni boj olinmaydigan savdo doʻkoniga joylashtirgan shaxs yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan:
litsenziya bekor qilinganda — tovarlar boj olinmaydigan savdo doʻkoniga joylashtirilgan sanadan boshlab;
boshqa holatlarda — tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
65. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan taqdirda litsenziatdan tugatish sanasidan eʼtiboran bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan taqdirda litsenziat tomonidan olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashi shart.
66. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
68. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har yarim yilda kamida bir marta rasmiy veb-saytda litsenziyalar yigʻma reyestri eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
69. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
9-bob. Davlat bojini va davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻimni toʻlash tartibi
70. Faoliyat turiga litsenziya berilganligi uchun, shuningdek, boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va ombori hajmi va (yoki) ochiq maydonlari kengayishi, qisqarishi, tashkil etilgan hududdagi (manzildagi) joylashgan joyi oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya rasmiylashtirilganda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari” 22-bandiga muvofiq davlat boji undiriladi.
71. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi munosabati bilan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.
72. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
73. Davlat bojlari va yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan davlat boji summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
qolgan yigʻimlar summasi — toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
74. Litsenziya berilgani uchun davlat boji va davlati xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Litsenziya berish uchun davlat bojini va davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
75. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlar saqlanishi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun litsenziat, tovar boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu boj olinmaydigan savdo doʻkoni hujjatini (doʻkon guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolarni) rasmiylashtirish hamda tovarning boj olinmaydigan savdo doʻkoniga qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimiga kiritish orqali tasdiqlanadi.
76. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida yongʻin xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
77. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanayotgan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlarining toʻlanishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
78. Litsenziat tomonidan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi va quyidagi holatlarda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanishini nazarda tutishi kerak:
boj olinmaydigan savdo doʻkonida va uning savdo zallarida saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimiga kiritilmasdan berib yuborilishi yoki yoʻqolishi;
litsenziatning xohishiga koʻra yoxud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi tugatilgan boj olinmaydigan savdo doʻkonining tugatilishi;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun litsenziat javobgar boʻladigan, bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa holatlar.
79. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravari miqdorida hisoblab chiqiladi.
Litsenziat bojxona ombori boʻyicha taqdim etilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu miqdor oshgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida mazkur Reglamentning 4-ilovasidagi 3-shaklga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani toʻldirish orqali davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib yoki YIDXP orqali bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.
80. Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
81. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
82. Litsenziya daʼvogari davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
83. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
____________________________________________________________________________________________ Bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan va Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa maʼlumotlar
(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasining, va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi)
_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ vakolat beraman
(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek, akkreditatsiya kartochkasi raqami)
Quyidagi tovarlarni __________________________________________________________ sotib olish uchun:
(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litseziyalash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Litsenziya daʼvogari
1. Litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.
2. Maʼmuriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqadi.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga (Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga) yuboradi.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Litsenziyalovchi organ
Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritadi.
Hujjatlar qabul qilingan kunda
4-bosqich
Ekspert komissiyasi
Hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita boj olinmaydigan savdo doʻkonini tashkil etish joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi, litsenziya daʼvogarining litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
1. Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda
2. Hujjat takroran taqdim etilganda, 6 kun ichida
5-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali:
litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish va ommaviy oferta shartnomasini akseptlash toʻgʻrisida;
litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.
1. 3 kun ichida
2. Qaror qabul qilingandan soʻng
1 kun ichida
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Litsenziya daʼvogarini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlash va ommaviy oferta shartnomasini akseptlash toʻgʻrisida xabardor qiladi.
1 soat mobaynida
7-bosqich
Litsenziya daʼvogari
Litsenziya berish haqidagi xabarnoma kelib tushgandan soʻng litsenziya uchun davlat bojini toʻlaydi hamda ommaviy oferta shartnomasini akseptlaydi.
1. 3 oy mobaynida
8-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Davlat boji toʻlanmagan hamda ommaviy oferta shartnomasi akseptlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. 2. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanib, ommaviy oferta shartnomasi akseptlangandan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki litsenziya daʼvogariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
1. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 oy oʻtgach
2. 3 kun ichida
9-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Litsenziyani oʻz muhrini qoʻygan holda, litsenziya daʼvogariga oʻzi shaxsan kelganda beradi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatiga berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
I. Litsenziya daʼvogari toʻgʻrisida maʼlumot
1.
Litsenziyalanadigan faoliyat turi
2.
Tashkilotning toʻliq nomi
3.
Tashkilotning avvalgi toʻliq nomi
4.
STIR
5.
Tashkilotning pochta manzili
6.
Telefon raqami
7.
Elektron pochta manzili
II. Ilova qilinadigan hujjatlar
1.
Qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar
3-SHAKL
_________________
_________________
(sana)
(raqam)
Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni yangilash yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 311-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 258-bandi.