1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.01 Umumiy va maxsus, birgalikdagi va tanho, birlamchi va ikkilamchi suvdan foydalanish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim hududlarda yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-oktabrdagi 855-son qaroriga asosan suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi B.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-mart,
184-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-martdagi 184-son qaroriga ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
1. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suv qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar;
yer usti suvlari — yer qobigʻining ustida joylashgan suvlar;
yer osti suvlari — yer sathidan pastda yer qobigʻining togʻ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;
suv isteʼmoli (suvni isteʼmol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan xolda foydalanish;
suv isteʼmolchisi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan xolda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ikki va undan ortiq suv olish inshoatlari bitta tizimga ulangan va bir obyektning suv taʼminoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ishlatilganda yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshoatlari bir tizimga ulanmagan xollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv taʼminoti uchun ishlatilganda alohida ruxsatnomalar olinadi”;
“Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga jismoniy shaxslar tomonidan sutkasiga 5 m3gacha suvdan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi”.
“b) suv xoʻjaligi organlari (tabiiy suv obyektlari suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida), sanitariya va epidemioligiya nazorati organlari (ichimlik suv taʼminoti maqsadlari uchun suv olinganda) (keyingi oʻrinlarda — kelishuvchi organlar) oʻzlarining idoraviy mansubligiga qarashli ruxsatnomani kelishadi”.
4. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “3z-ilovalarga” soʻzlari “3i-ilovalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5. 12-bandning birinchi xatboshisi “koʻrsatilishi” soʻzidan keyin “hujjatlarning toʻliq boʻlmagan holatlarda ilova qilinishi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Maʼmuriy reglamentga 2-ilovadagi “II. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish manbai haqida maʼlumot” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1. Suv manbai:
tabiiy yer usti suv obyektlari
”.
tabiiy yer osti suv obyektlari
sunʼiy suv obyektlari
2. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilishdan maqsad:
xoʻjalik-ichimlik va davolash-sogʻlomlashtirish
sanoat va ishlab chiqarish-texnik
qishloq xoʻjaligi
zax qochirish
balneologik
energetika (gidroenergetika va issiqlik energetikasi)
baliqchilik
qadoqlash, shaxtadan suv chiqarish va shu kabilar
a) 2-banddagi “sugʻurish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, ichimlik va texnik maqsadlarga moʻljallangan quduqlar va ulardagi inshoatlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddan “yer osti” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Maʼmuriy reglamentning “Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati” quyidagi mazmundagi 3i-ilova bilan toʻldirilsin.
“Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3I-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ROʻYXATI
1. Xoʻjalik faoliyati (ishlab chiqarishning maqsadi, quvvati, texnologik sikllar), ishchi-xodimlar soni, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni, suv olish manbalari (burgʻulash qudugʻi, quduq, galereya, buloq kabilar) va ularning soni, suvning ishlatilishi maqsadlariga qarab uning tasnifi, sugʻoriladigan yoki obodonlashtiriladigan yer maydonlari va boshqa suvdan foydalanish (isteʼmol qilish) obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2. Foydalaniladigan suv olish inshoatlarining quvvati va texnik jihozlanganligi (nasos agregatlari, suvni oʻlchash vositalari, suv minorasi, xloratoriya kabi yordamchi inshoatlar), suv taʼminotining ikkilamchi aylanma tizimi.
3. Suv olish inshoatidan foydalanish boʻyicha birinchi marta ruxsatnoma rasmiylashtirilganda inshoatlar texnik pasporti.
4. Guruhli suv olish inshoatlarida yer osti suv ishlab chiqarish monitoringi olib borilishining holati va natijalari,
5. Yakka tartibdagi inshoatlar boʻyicha soʻnggi yildagi suvdan foydalanganlik hisoboti, suvning sifat koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlar.
6. Suv isteʼmolining meʼyoriy hisob-kitobi.
7. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha moʻljallangan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
8. Suv taʼminoti hamda suvni chiqarib tashlash sxemasi.”