1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishini taʼminlash, sohaga bozor mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) lavozimining joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirishni tashkil etish va taʼminlash;
qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish, unga zamonaviy menejment mexanizmlarini joriy etish, sohani raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish;
sohaga aloqador vazirlik va idoralarni klasterlar, kooperatsiyalar va fermer xoʻjaliklariga yer holatini aniqlash, ekin turlari, urugʻ va navlarni toʻgʻri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, mahsulotni bozorini topish boʻyicha zamonaviy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga aylantirish;
qishloq xoʻjaligi sohasiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, paxta va gʻallachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga xususiy sektorni toʻliq olib kirish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining laboratoriya tekshiruvi va sertifikatlash tizimini rivojlantirish, eksportni ragʻbatlantirish, savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlarini tashkil qilish;
xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini va isteʼmol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni taʼminlash;
bogʻdorchilik, uzumchilik, issiqxona xoʻjaliklari, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish;
agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohani davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash;
budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi sohasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish;
qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishiga, yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga koʻmaklashish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish;
qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish, taʼlim va maslahat xizmatlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, urugʻchilik va naslchilik maktablarini yaratish, ilgʻor innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi transport prokurorining katta yordamchisi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
b) ekin maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xoʻjaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral oʻgʻitlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va gʻalla hosilini yigʻib olishda jamoat tartibi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
4. Belgilansinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlari deb qayta nomlanib, ularga qoʻshimcha 145 ta shtat birliklari ajratiladi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
b) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining boshqarma maqomiga ega boʻlgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosariga:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosarlari boʻysundiriladi;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining bir nafar oʻrinbosari va viloyatlar boshqarmalarining bir nafardan alohida masʼul xodimlari Bosh vazir oʻrinbosariga qishloq xoʻjaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan axborot tizimini yaratishda koʻmaklashadi;
d) yangi kiritilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori va viloyat prokurorlarining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi transport prokurorining katta yordamchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Bosh vazir oʻrinbosariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
e) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish Ichki ishlar vazirligi xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
j) prokuratura organlari tuzilmasiga yangi kiritilayotgan lavozimlar va ajratilayotgan qoʻshimcha shtat birliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi 160 ta shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari — Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi boshligʻi lavozimlari tugatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti etib qayta tashkil etilsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Bosh vazir oʻrinbosariga budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan qishloq va suv xoʻjaligi sohasiga ajratilib, ulardan foydalanishdan tejaladigan mablagʻlarni qayta taqsimlash huquqi beriladi;
tuman va shahar hokimlariga oʻz hududida joylashgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridagi haqiqiy ahvolni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalanish boʻyicha buyurtma berish vakolati beriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarining monitoringi samaradorligini oshirish, ularning oʻzboshimchalik bilan egallanishining oldini olish maqsadida kosmosuratlar bilan ishlash, ularni deshifrovka qilish va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻysin;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligiga oid maʼlumotlar bazasini Milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilsin hamda yer va suv resurslari boʻyicha uzluksiz maʼlumotlar almashinuvini taʼminlasin;
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqaruvchi sertifikatlangan pilotlarni 2020-yil yakuniga qadar 100 nafarga, 2021-yil yakuniga qadar 200 nafarga yetkazish choralarini koʻrsin;
uchuvchisiz uchish apparatlari har bir tuman va shaharda ishlatilishini inobatga olgan holda, ularning samaradorligini oshiruvchi dasturiy taʼminotlarni joriy etish, shuningdek, uchish xarajatlarini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
aerofotosurat olishga moʻljallangan resurstejamkor samolyotni hamda uni jihozlovchi lazerli multispektral kamerani, istisno tariqasida, tender savdolarisiz, ishlab chiqaruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilishga;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi maʼlumotlar bazasidagi sunʼiy yoʻldosh orqali yerni masofadan zondlash suratlaridan begʻaraz foydalanish va oʻzaro axborot almashuvini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirishga ruxsat berilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bir hafta muddatda tegishincha Bosh prokuror va ichki ishlar vazirining agrar va oziq-ovqat sohalariga biriktirilgan oʻrinbosarlariga kerakli tarkibiy tuzilmalarning ajratilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurstejovchi ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etishga oid “Mahalla”, “Oʻzbekiston 24”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallarda maxsus koʻrsatuvlar tashkil etish hamda muntazam namoyish etib borish yuklatilsin.
11. Bosh vazir oʻrinbosari (Barnoyev) oʻziga yuklatilgan vazifalarni muddatida va sifatli bajarilishiga, sohadagi islohotlarning natijadorligiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-mart,
PQ-4643-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 07/20/4643/0332-son)