Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yil 28-fevraldagi 1-p, 80-TK-son qarori (roʻyxat raqami 1670, 2007-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 159-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
vaqtinchalik yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-band toʻqqizinchi xatboshisining rus tilidagi
matnidagi “pechatyu” degan soʻz “podpisyu” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2.
1-ilovadan “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.