Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 21-noyabrdagi 136-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532, 2013-yil 3-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 637-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Yongʻin-profilaktika koʻrigi davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan obyektlarda joylashgan tadbirkorlik subyektlariga yongʻin kelib chiqishi va kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish maqsadida oʻtkaziladi.”.
birinchi xatboshidagi “qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilishi mumkin” degan soʻzlar “yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4.
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari oʻzlariga biriktirilgan hududda joylashgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarning yongʻin xavfliligiga koʻra guruhlarga boʻlingan roʻyxatini shakllantiradi.
Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektlarda bir yil davomida yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilmaydi.”.
“22. Oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻrigi natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq tavsiyalar maʼlumotnomasi ikki nusxada rasmiylashtirilib, bir nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshiriladi. Tavsiyalar maʼlumotnomasida zudlik bilan bartaraf etilishi lozim boʻlgan, yongʻin kelib chiqishi va kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan hamda obyektda maʼlum bir muddat mobaynida yongʻinga qarshi rejim oʻrnatilishini nazarda tutuvchi tavsiyalar yoziladi.
23. Tavsiyalar maʼlumotnomasi tegishli tadbirkorlik subyektiga qarashli obyektning nazorat-kuzatuv yigʻma jildiga tikiladi. Davlat yongʻin nazorati organlarining har bir boʻlinmasida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Yongʻin-profilaktika koʻriklarini hisobga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitob raqamlangan, tikilgan va davlat yongʻin nazorati organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.”.
6.
5-ilovadagi “tavsiyanoma” degan soʻz “tavsiyalar maʼlumotnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.