1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga asosan 2018/2019 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida, Fargʻona viloyatining Furqat tumani va Quvasoy shahrida hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi tajriba-sinov tariqasida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Tajriba-sinov doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati va Toshkent shahrida tashkil etilgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarining (keyingi oʻrinlarda — tayyorlov guruhlari) 494 ta guruhida 11 103 nafar bola tayyorlovdan oʻtdi.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash boʻyicha dastlabki loyihaning ijobiy tajribasini boshqa hududlarda ham tatbiq etish, maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sogʻlom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli oʻquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimini toʻliq joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni amalga oshirish borasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantirish;
tayyorlov guruhlarining oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.91.00 (Кучини йукотган) Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv qurollari]
tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqishni oshiradigan oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyinlar hamda oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
tayyorlov guruhlarini tashkil etishda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini keng joriy etish;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda maktabgacha taʼlim sohasida ham taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi boshqa davlat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
tayyorlov guruhlarida oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 09/22/66/0114-son)
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan kun (bir haftada kamida 15 soat taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) rejimida tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlangʻich taʼlimga tayyorgarlikdan oʻtgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi;
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalarga boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida tayyorlov guruhlari uchun xonalarni tayyorlash, zarur boʻlganda, yangi binolar, xonalar qurish yoki mavjudlarini kapital taʼmirlash, suv va elektr energiyasi hajmini oʻlchaydigan hamda hisobga oladigan alohida moslamalar oʻrnatish choralarini koʻrsin.
5. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va taʼlim-didaktik materiallar bilan jihozlash normativlari 3-ilovaga muvofiq;
Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi:
a) tayyorlov guruhlari xonalarini ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq mebel, anjomlar, oʻquv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlasin;
b) bir oy muddatda:
tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda tayyorlov guruhlaridagi taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan, shuningdek, boshqa tashkilotlarda tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari faoliyatining monitoringini olib borsin.
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
zaruratga qoʻra joriy etilayotgan shtat birliklaridan va tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda, “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmasiga muvofiq har yili boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat blankalarining belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 43-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“2027/2028 oʻquv yilidan boshlab — boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat”.
11. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qarorining 5-bandi va ushbu qarorga 2 — 4 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-mart,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
2020 — 2025-yillarda bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
T/r
Parametrlar
shu jumladan oʻquv yillar boʻyicha:
2019/2020
2020/2021
2021/2022
2022/2023
2023/2024
2024/2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
630 281
658 799
691 621
709 318
726 926
744 532
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
341 816
494 069
567 129
638 386
690 580
744 532
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
54,2
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
91 243
152 253
73 060
71 257
52 194
53 952
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
266
263
128
127
94
98
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
559
768
373
365
269
278
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
2 535
4 051
1 940
1 888
1 384
1 431
1. ANDIJON VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
58 405
61 695
64 504
65 925
67 333
68 746
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
32 350
46 271
52 893
59 333
63 966
68 746
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
55,4
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
4 597
13 921
6 622
6 440
4 633
4 780
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
18
24
12
11
8
8
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
31
70
34
33
24
24
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
132
371
175
171
123
128
2. BUXORO VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
33 853
36 032
37 280
38 192
39 142
40 086
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
21 480
27 024
30 570
34 373
37 185
40 086
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
63,5
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
4 327
5 544
3 546
3 803
2 812
2 901
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
14
10
6
7
5
5
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
30
28
18
20
15
15
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
121
147
95
100
74
77
3. JIZZAX VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
25 650
26 580
28 033
28 959
29 886
30 810
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
14 417
19 935
22 987
26 063
28 392
30 810
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
56,2
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
2 479
5 518
3 052
3 076
2 329
2 418
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
13
10
6
6
4
5
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
20
28
16
16
12
13
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
72
146
80
81
62
63
4. QASHQADARYO VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
68 592
70 303
72 170
73 991
75 805
77 626
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
27 323
52 727
59 179
66 592
72 015
77 626
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
39,8
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
9 789
25 404
6 452
7 413
5 423
5 611
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
26
43
11
13
10
10
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
57
128
33
38
28
29
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
270
676
172
197
143
149
5. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
38 426
37 643
38 778
39 461
40 143
40 826
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
24 659
28 232
31 798
35 515
38 136
40 826
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
64,2
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
6 619
3 573
3 566
3 717
2 621
2 690
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
20
6
6
7
5
5
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
43
18
18
19
14
14
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
183
96
95
98
69
71
6. NAVOIY VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
18 064
19 092
19 794
20 460
21 126
21 792
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
8 748
14 319
16 231
18 414
20 070
21 792
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
48,4
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
3 046
5 571
1 912
2 183
1 656
1 722
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
11
10
4
4
3
3
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
20
28
10
11
9
9
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
86
148
50
58
44
46
7. NAMANGAN VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
50 003
55 942
61 170
63 355
65 494
67 637
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
29 612
41 957
50 159
57 020
62 219
67 637
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
59,2
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
5 494
12 345
8 202
6 861
5 199
5 418
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
16
21
14
12
9
10
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
33
62
42
35
26
28
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
154
329
218
182
139
143
8. SAMARQAND VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
75 849
78 414
82 381
84 218
86 026
87 833
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
43 800
58 811
67 552
75 796
81 725
87 833
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
57,7
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
20 392
15 011
8 741
8 244
5 929
6 108
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
43
26
15
14
10
11
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
111
76
44
42
30
31
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
552
399
233
219
158
162
9. SIRDARYO VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
15 700
16 368
17 018
17 370
17 724
18 075
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
10 244
12 276
13 955
15 633
16 838
18 075
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
65,2
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
1 839
2 032
1 679
1 678
1 205
1 237
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
11
4
3
3
3
3
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
16
11
9
9
7
7
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
53
53
44
44
31
32
10. SURXONDARYO VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
53 795
54 071
58 070
59 806
61 541
63 275
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
23 619
40 553
45 191
53 825
58 464
63 275
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
43,9
75
78
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
8 992
16 934
4 638
8 634
4 639
4 811
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
21
29
8
15
8
9
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
52
85
24
44
24
25
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
247
451
123
229
123
127
11. FARGʻONA VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
66 537
72 095
74 904
76 719
78 536
80 347
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
34 816
54 071
60 421
69 047
74 609
80 347
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
52,3
75
81
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
6 086
19 255
6 350
8 626
5 562
5 738
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
20
33
11
15
10
10
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
40
97
32
44
28
29
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
174
512
169
229
148
153
12. XORAZM VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
34 299
37 192
39 462
40 706
41 949
43 193
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
12 526
27 894
32 359
36 635
39 852
43 193
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
36,5
75
82
90
95
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
3 923
15 368
4 465
4 276
3 217
3 341
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
13
26
8
8
6
6
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
25
77
23
22
17
17
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
109
410
118
113
85
89
13. TOSHKENT SHAHRI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
38 743
40 105
41 862
43 026
44 189
45 352
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
32 307
34 806
37 754
40 267
42 858
45 352
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
83
86,8
90,2
93,6
97
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
6 436
2 499
2 948
2 513
2 591
2 494
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
17
5
5
5
5
5
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
37
13
15
13
13
13
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
178
66
79
66
69
66
14. TOSHKENT VILOYATI
1.
Jami 6 yoshdagi bolalar soni
52 365
53 267
56 195
57 130
58 032
58 934
2.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (soni)
25 915
35 193
46 080
49 873
54 251
58 934
3.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichi (%)
49,5
66,1
82
87,3
93
100
4.
6 yoshdagi bolalarni qamrab olishning oʻsishi surʼati
7 224
9 278
10 887
3 793
4 378
4 683
shu jumladan quyidagilar hisobiga:
1.
Toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari
23
16
19
7
8
8
2.
Qisqa muddatli tayyorlov guruhlari
44
47
55
19
22
24
3.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga zarur hollarda mazkur ilovada belgilangan respublika maqsadli koʻrsatkichlari doirasida hududlar koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan izohi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 09/22/66/0114-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.62.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari haqida namunaviy nizomlar]
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari (keyingi oʻrinlarda — tayyorlov guruhlari) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tayyorlov guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrab olinmagan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
3. Tayyorlov guruhlari maktabgacha taʼlim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqishga tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, bolalar har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish.
2-bob. Tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga bolalarni qabul qilish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan har yili may, iyun oylarida hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti oʻrganiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 09/22/66/0114-son)
Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarmalar tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisida asoslangan taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga murojaat qiladi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi taklifni oʻrganib chiqib, bir oy muddatda tayyorlov guruhlarini tashkil etishga qoʻyilgan talablarni hisobga olgan holda hududiy boshqarmalarga tegishli topshiriq beradi.
5. Tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli topshirigʻi kelib tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda qabul qilinadi.
6. Tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda yetti yoshga toʻladigan, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormayotgan bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) arizasi va bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 09/22/66/0114-son)
7. Tayyorlov guruhlariga qabul qilingan bolalar maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
8. Tayyorlov guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan yoki ularda tayyorlov guruhlarini tashkil etish uchun yetarli sharoit boʻlmagan taqdirda tayyorlov guruhlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, kollejlar, “Barkamol avlod” markazlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, shuningdek, boshqa mos bino hamda inshootlarda tashkil etiladi.
9. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tayyorlov guruhlari uchun alohida xonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur boʻlsa, ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.
10. Tayyorlov guruhlarini tashkil etish uchun ajratilgan xonalar belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
3-bob. Tayyorlov guruhlarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
11. Taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) oʻqitishni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturiga hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti dasturi asosida tashkil etiladi.
12. Tayyorlov guruhlarida bolalarning boʻlish vaqti 3-4 soatni tashkil etadi va taʼlim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada tashkil etiladi.
13. Bitta tayyorlov guruhidagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.
14. Maktabgacha taʼlim tashkilotiga bormaydigan va oʻziga xos ehtiyojlarga ega bolalar tibbiy moneliklar mavjud boʻlmaganda, tayyorlov guruhlarida oʻqishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy moneliklar mavjud boʻlganda, ota-onalarning hozir boʻlishi koʻrsatilgan holda bolaning yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tayyorlov guruhlariga borish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa beriladi.
15. Tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
16. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan tashqarida tashkil etilgan tayyorlov guruhlari eng yaqin joydagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda barcha hujjatlarni rasmiylashtirish mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan olib boriladi va nazorat qilinadi.
17. Tayyorlov guruhlarida pedagog kadrlar meʼyori har bir guruh uchun tarbiyachi — 0,5 shtat birligi, tarbiyachi yordamchisi — 0,5 shtat birligi hamda musiqa rahbari — 0,25 shtat birligi miqdorida belgilanadi.
4-bob. Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
18. Tarbiyalanuvchi, pedagog xodim, ota-onalar tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
19. Tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan bepul oʻtish;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish;
sogʻliq uchun xavfsiz boʻlgan sharoitlarda taʼlim olish va tarbiyalanish;
sogʻlom turmush tarzini olib borish, bolalarni mehnat qilishga majburlashning har qanday shakllaridan, jismoniy va ruhiy zoʻravonlikdan, oʻz shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishidan himoyalanish;
oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazadigan axborotdan himoyalanish.
Tayyorlov guruhlari tarbiyalaruvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari quyidagi huquqlarga ega:
oʻz bolasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
oʻz bolasi uchun maktabgacha taʼlim shaklini va taʼlim olish tilini tanlash;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari maʼmuriyatidan maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar taʼminlanishini talab qilish;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolani rivojlantirish, unga maktabgacha taʼlim va tarbiya berish masalalari yuzasidan davlat organlariga murojaat qilish;
bolaga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilishida ishtirok etish;
tayyorlov guruhlaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni bilan tanishish.
Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(20-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari:
bolaning jismoniy sogʻligʻi, ruhiy holati haqida qaygʻurishi, uning qobiliyatlari, ishtiyoqlari va isteʼdodlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolaning boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishini taʼminlashi;
taʼlim-tarbiya jarayoni boshqa ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi;
oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, taʼlim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart.
Tarbiyalanuvchilar ota-onalari zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga kirguniga qadar boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorgarlik koʻrishi uchun javobgarlik ularning ota-onalari zimmasiga yuklatiladi.
22. Tegishli kasbiy maʼlumotga, tayyorgarlikka, yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan hamda tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar tayyorlov guruhlarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadir.
5-bob. Tayyorlov guruhlari mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
23. Tayyorlov guruhlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Tayyorlov guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan belgilangan tartibda ularning bank hisobraqamlariga oʻtkaziladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jihozlanadi.
25. Tayyorlov guruhlarining mol-mulki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur guruhlar tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining balansiga kiritiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Tayyorlov guruhlarining pedagog xodimlari mehnatiga davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga 3-ILOVA
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va taʼlim-didaktik materiallar bilan jihozlash
NORMATIVLARI
T/r
Nomi
Oʻlchov birligi
Soni
I. Mebel va boshqa jihozlar
1.
Qattiq jinsli yogʻochdan yoki qatlam-qatlam yogʻochdan yasalgan 4 oʻrinli bolalar stoli (10 mm dan 18 mm gacha)
dona
8
2.
Qattiq jinsli yogʻochdan yoki qatlam-qatlam yogʻochdan yasalgan bolalar stuli (10 mm dan 18 mm gacha)
dona
30
3.
Tarbiyachi uchun bir tumbochkali stol
dona
1
4.
Tarbiyachi uchun yarim yumshoq stul
dona
2
5.
Oʻquv materiallari uchun javon
dona
1
6.
Oʻyinchoqlar uchun javon
dona
4
7.
Yashil doska
dona
1
8.
Gilam
kv.m.
60
9.
Ilgak
dona
30
II. Oʻyinchoqlar
10.
Oʻgʻil bola qoʻgʻirchoq
dona
2
11.
Qiz bola qoʻgʻirchoq
dona
2
12.
Mashinalar (yongʻin mashinasi, tez yordam mashinasi, militsiya mashinasi, yuk mashinasi, yengil mashina, ekskavator, koʻtarish krani)
komplekt
1
13.
Uy hayvonlari va ularning bolalari
toʻplam
2
14.
Yovvoyi hayvonlar va ularning bolalari
toʻplam
2
15.
Bolalar idishlari toʻplami
toʻplam
4
16.
Konstruktor
toʻplam
4
17.
Bolalar lotosi
toʻplam
2
18.
“Dorixona” toʻplami
toʻplam
2
19.
Qurilish vositalari toʻplami
toʻplam
2
20.
Topishmoqlar (pazllar)
dona
20
21.
Terma naqsh
toʻplam
4
22.
Qurilish kubiklari toʻplami
toʻplam
2
23.
Mevalar qolipi
toʻplam
2
24.
Sabzavotlar qolipi
toʻplam
2
25.
“Sartaroshxona” toʻplami
toʻplam
2
III. Mashgʻulotlarga doir didaktik materiallar
26.
Hisob choʻplari
toʻplam
30
27.
Geometrik shakllar
toʻplam
30
28.
Raqamlar toʻplami
toʻplam
30
29.
Yil fasllari tasviri tushirilgan rasmlar turkumi
toʻplam
30
30.
Uy hayvonlari va ularning bolalari tasviri tushirilgan kartochkalar
toʻplam
4
31.
Yovvoyi hayvonlar va ularning bolalari tasviri tushirilgan kartochkalar
toʻplam
4
32.
Uy parrandalari tasviri tushirilgan kartochkalar
toʻplam
4
33.
Qushlar tasviri tushirilgan kartochkalar
toʻplam
4
34.
Sabzavotlar tasviri tushirilgan kartochkalar
toʻplam
4
35.
Meva va rezavor mevalar tasviri tushirilgan kartochkalar
toʻplam
4
36.
“Alifbo” yumshoq rivojlantiruvchi kubiklar
toʻplam
1
37.
“Hayot xavfsizligi asosi” kartochkalari
toʻplam
1
38.
“Kasblar” kartochkalari
toʻplam
4
39.
“Oʻzbekiston ramzlari” toʻplami
komplekt
1
40.
Oʻzbekiston mutafakkirlari va atoqli shaxslari portretlari
toʻplam
1
41.
“Idish-tovoq” kartochkalari
toʻplam
4
42.
“Mebel” kartochkalari
toʻplam
4
43.
Soat
dona
1
44.
Didaktik oʻyinlar
komplekt
1
45.
Globus
dona
1
46.
Tangram
toʻplam
4
IV. Sport inventari
47.
Bolalar argʻamchilari
dona
10
48.
Bolalar bouling-kegli
toʻplam
2
49.
Turli kattalikdagi toʻplar
dona
6
50.
Turli hajmdagi chambaraklar
dona
6
51.
Kolsebros
dona
2
V. Bolalar adabiyotlari
52.
Jahon xalqlari ertaklari
dona
10
53.
Oʻzbek xalq ertaklari
dona
10
54.
Sheʼrlar, topishmoqlar
dona
10
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga 4-ILOVA
Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibini belgilaydi.
2-bob. Sertifikat blankalariga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish
2. Sertifikat blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlimi vazirligining buyurtmanomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan muhofazalangan qogʻozda chop etiladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalarga), tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarida sertifikat blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish boʻyicha masʼul xodimlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul shaxslar) belgilanadi.
4. Sertifikat blankalari hududiy boshqarmalarga har yili 1-iyunga qadar yetkaziladi.
5. Hududiy boshqarmalar sertifikat blankalarini olganlaridan soʻng ularning sonini va tartib raqamlarini yuk xati boʻyicha tekshiradi. Tekshirish yakuniga koʻra sertifikat blankalarining qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma hududiy boshqarma boshligʻi hamda masʼul shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Hududiy boshqarmalarga olib kelingan sertifikat blankalari sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida hisobga olinadi hamda seyfda saqlanadi.
7. Hududiy boshqarmalar sertifikat blankalarini har yili 5-iyunga qadar tuman (shahar) maktabgacha taʼlimi boʻlimi masʼul shaxsiga ishonchnoma asosida beradi.
Tuman (shahar) maktabgacha taʼlimi boʻlimlaridan har yili 8-iyunga qadar sertifikat blankalari maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlariga beriladi va bu haqida dalolatnoma tuziladi.
8. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) maktabgacha taʼlimi boʻlimlari har bir maktabgacha taʼlim tashkilotlariga berilayotgan sertifikat blankalarining soni, ularning tartib raqamlari sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etilishini nazoratga oladilar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi sertifikatlar reyestrini yuritadi.
Sertifikatlar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
tarbiyalanuvchi familiyasi, ismi, otasining ismi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari (guvohnoma raqami, kim tomonidan va qachon berilgani);
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarga sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi sanasi va raqami;
sertifikat hisob seriyasi va raqami;
sertifikat berilgan sana.
3-bob. Sertifikat blankalarini toʻldirish va bitiruvchilarga topshirish
10. Sertifikat blankalari tarbiyalanuvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va guruh jurnallaridagi maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.
11. Sertifikat rahbarning imzosi hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti muhri bilan (muhri boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. Muhr aniq va oʻqilishi oson boʻladigan holda tushiriladi.
12. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bitiruvchilarga sertifikat har yili 20-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari (keyingi oʻrinlarda ota-onalar) sertifikatni olgani haqida sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftariga imzo qoʻyadi.
4-bob. Sertifikat dublikatini berish
13. Sertifikat yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan, buzilgan holarda dublikat beriladi.
14. Dublikat olish uchun bitiruvchining ota-onasi (ulardan biri) maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga sertifikatning yoʻqotilishi, yaroqsiz holatga kelishi yoki buzilishi holati toʻliq bayon etilgan yozma ariza beradilar.
Arizaga bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.
15. Bitiruvchining maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, 5 kun muddatda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari dublikat berish masalasida tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga murojaat qiladi va uning murojaati hududiy boshqarmaga yuboriladi.
16. Dublikatlar hududiy boshqarmalar tomonidan beriladi. Dublikatni berish muddati maktabgacha taʼlim tashkilotiga ariza kelib tushgan kundan boshlab bir oydan oshib ketmasligi kerak.
17. Yaroqsiz holga kelgan sertifikat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qaytarilishi lozim.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Bolalar boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning
DAVLAT NAMUNASI
(Sertifikat tavsifi)
Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat A5 formatidagi oq qogʻozga ofset usulida, quyidagi beshta boʻyoqdan foydalangan holda bosib chiqariladi: qora — matn uchun, yashil, koʻk, qizil — rasmlar tasviri uchun, och jigar rang — fon uchun. Tasmaning yuqori qismiga diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri joylashtirilgan.
Varaqning yuqori qolgan qismiga lotin yozuvida davlat tilida “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA`LIM VAZIRLIGI. MAKTABGACHA TAʻLIM TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat MT harflaridan iborat tartib raqamga ega va yetti xonali sondan iborat. Sertifikat matni naqshli rastrdan iborat och jigarrang fonda qora rangda oʻzbek tilida yoziladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TAʻLIM TOʻGʻRISIDA
SERTIFIKAT MT № 0000000
Ushbu sertifikat 20 ____ ___________ da _________________________________________________________
(tugʻilgan joyi)
tugʻilgan ______________________________________________________________________ga 20 _____ yilda