Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 76-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3009, 2018-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 19-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-banddagi “boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2.
4-banddagi,
2 va
3-ilovalarning nomidagi “(Respublika budjeti va mahalliy budjetlarning)” degan soʻzlar “(Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“5. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kutilayotgan oylik xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan qabul qilinganidan soʻng budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar avtomatik tarzda beriladi.”.
a) “I guruh Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar” boʻlimida:
“Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari” qatoridagi “Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Ishlovchi pensionyerlarga 50 foiz miqdorida pensiya toʻlovi 47 11 430” qatori chiqarib tashlansin;
b) “II guruh Ish haqiga qoʻshimchalar” boʻlimining “Yagona ijtimoiy toʻlov” qatoridagi “Yagona ijtimoiy toʻlov” degan soʻzlar “Ijtimoiy soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.