1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻtgan qisqa davrda aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimini joriy etish, mahallani xalq bilan davlat oʻrtasida ishonchli “koʻprik” boʻlishini amalda taʼminlash, oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, fuqarolar yigʻinlariga xos boʻlmagan funksiyalar yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi idoralar bilan hamkorligi tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi, oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam koʻrsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish va qonun ustuvorligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Aholi osoyishtaligini taʼminlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va mavqeyini yanada mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
1. Alohida taʼkidlab oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek, davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga koʻmaklashadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi va mahallalar faollarining har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan quyidagi yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi yangi tizimni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
jamiyatning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblanadigan mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirish, uning roli va ahamiyatini oshirish;
xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;
jamiyat va oilada sogʻlom va barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni taʼminlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh qilish;
mahalla institutining ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan uzluksiz, tizimli hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari va ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlarining (keyingi oʻrinlarda — profilaktika inspektori) roli va mavqeyini yanada oshirish, mustaqilligi hamda vakolatlarining amaliy samaradorligini taʼminlash;
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda xodimlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish va moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalari tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
4. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʻmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini oʻrnatish;
oila institutini mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli koʻmaklashishni tashkil etish;
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash;
xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish;
xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish;
mahallalarda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;
yolgʻiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʻmaklashish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish;
fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin va Vazirlik tuzilmasiga oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
6. Quyidagilarning:
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi rahbar organlarining ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi;
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — “Nuroniy” jamgʻarmasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) boʻlimlarini tugatish haqidagi qarorlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ularning ongiga singdirish hamda yuksak maʼnaviyatli va sadoqatli qilib voyaga yetishlarida keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Vazirlik “Nuroniy” jamgʻarmasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amalga oshiradigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining (keyingi oʻrinlarda — vazir), Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining hamda viloyatlar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlarining tegishli oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi mintaqaviy boʻlinmalari raislari hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasiga — vazir bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri lavozimi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalariga — vazir bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim oʻrinbosarlari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
tuman (shahar) hokimliklari tuzilmalariga — vazir bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimi kiritilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasidagi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.03.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining faoliyatini tashkil etish]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasidagi — Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalaridagi — hokim oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
tuman (shahar) hokimliklari tuzilmalaridagi — hokim oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi tugatilsin.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Vazirlik oila, xotin-qizlar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlik tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi boʻyicha axborot beradi;
vazir har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida Vazirlik faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida axborot beradi;
Vazirlik xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlarga har tomonlama koʻmaklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga masʼul hisoblanadi.
11. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — “Mahalla” fondi), Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasining:
“Mahalla” fondi mablagʻlari hisobidan “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlashdan tashqari) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga bir yilda bir marta toʻlanadigan lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordam xarajatlarini moliyalashtirish;
Vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlarini — Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari raislari etib belgilash;
Vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlarining tegishli oʻrinbosarlarini — Nuroniylar jamoatchilik kengashlari raislari etib belgilash toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
fuqarolar yigʻini raisi besh yil muddatga saylanishi haqidagi;
mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotida tutgan oʻrnini hisobga olib, soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 22-mart sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda profilaktika inspektorlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos boʻlmagan vazifa va funksiyalar 1a va 1b-ilovalarga muvofiq roʻyxatlar boʻyicha qisqartirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur band ijrosi yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan tashqari funksiyalarni faqatgina davlat organlari va tashkilotlar bilan haq toʻlashni nazarda tutuvchi shartnoma asosida amalga oshirish huquqi berilsin.
14. Vazirlik fuqarolar yigʻinlari xodimlarini ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabga amalda soʻzsiz ijro etilishini taʼminlasin.
Mazkur talabni buzganligi uchun davlat organlari va tashkilotlari masʼul va mansabdor shaxslarini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash boʻyicha har choraklik asosda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
15. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuzilmasida:
a) quyidagi lavozimlar tugatilsin:
fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha maslahatchi;
fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga koʻmaklashish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha maslahatchi;
fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi;
fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi;
b) quyidagi lavozimlar kiritilsin:
fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari;
fuqarolar yigʻini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis;
fuqarolar yigʻini raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi;
fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi;
v) quyidagi jamoatchilik tuzilmalari tugatilsin:
yarashtirish komissiyasi;
maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya;
jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya;
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi;
g) quyidagi komissiyalar tashkil qilinsin:
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiya.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
16. Belgilansinki:
fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajarish profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud boʻlmagan taqdirda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatiladi;
har bir mahallada uning kriminogen vaziyati va aholi sonidan kelib chiqqan holda kamida bir nafardan profilaktika inspektori xizmatni olib boradi;
fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi oʻrniga, har bir fuqarolar yigʻinida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi oʻrniga, oilalar soni 2 000 va undan ortiq boʻlgan fuqarolar yigʻinida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
fuqarolar yigʻini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi fuqarolar yigʻini masʼul kotibi lavozimi oʻrniga, har bir fuqarolar yigʻinida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
fuqarolar yigʻini raisining yoshlar masalalari boʻyicha hamda keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi;
fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek, oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis fuqarolar yigʻini raisi taqdimiga asosan fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
17. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
fuqarolar yigʻini raisi — keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, “Keksalar maslahati” guruhining;
fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhining;
fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari — xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasining;
fuqarolar yigʻini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalarning faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
18. Fuqarolar yigʻini raisiga quyidagi qoʻshimcha huquqlar berilsin:
tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish hamda uni ragʻbatlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
uy-joy mulkdorlarining umumiy yigʻilishiga boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida taklif kiritish;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish bilan bogʻliq masalalarda uy-joy mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan oʻzaro munosabatlarga kirishish.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagi lavozimlarni oʻzgartirish boʻyicha taklifi maʼqullansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari lavozimiga;
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshliqlari, yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlari tegishincha tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlariga.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
20. Belgilansinki:
profilaktika inspektorlari 5 yil muddatga lavozimga tayinlanadi hamda ularni mazkur muddat davomida boshqa lavozimga oʻtkazish taqiqlanadi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimga oʻtkazish yoxud qonun yoki ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish holatlari bundan mustasno);
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning tarkibidagi boʻlimlari va ichki ishlar boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari ustuvorlik asosida profilaktika inspektori lavozimida kamida 5 yil ishlagan xodimlari orasidan tayinlanadi;
profilaktika inspektorlari lavozimlariga, qoida tariqasida, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi;
profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi;
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan uning jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari tavsiyasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
profilaktika inspektorlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari tomonidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlashni ragʻbatlantirish jamgʻarmalarining mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari tomonidan qabul qiladigan qaroriga asosan belgilangan tartibda sarflanadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosariga — profilaktika inspektorlari faoliyatiga aralashganlik, ularni xizmat vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb etganlik uchun hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari va masʼul xodimlariga nisbatan bevosita intizomiy jazo choralarini qoʻllash vakolati berilsin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
ikki oy muddatda ichki ishlar organlarining amaldagi shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tegishli huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarida kadrlar bilan ishlash boʻlimini (boʻlinmasini, guruhini) tashkil qilsin;
uch oy muddatda Oliy sud, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan taʼsirchan tizimni shakllantirish maqsadida profilaktika inspektorlarining maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish hamda bevosita maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash vakolatlarini kengaytirish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
23. 2020-yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda — FHDY) organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDY organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik boʻyicha funksiyalarni yuklagan holda FHDY organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat xizmatlari agentligi tizimida FHDY organlari faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
oʻn kun muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari kuni”ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
25. Vazirlik:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari va profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) uch oy muddatda:
fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari va oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislar lavozimlariga yetarli bilim va hayot tajribasiga, yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, oʻziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan shaxslar tavsiya etilishi va tasdiqlanishi boʻyicha fuqarolar yigʻinlariga har tomonlama yordam bersin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi alohida oʻquv kurslari tashkil etish boʻyicha takliflarni kiritsin;
fuqarolar yigʻini raisini saylash muddatini uzaytirish, ushbu jarayonini takomillashtirish va ochiqligini taʼminlash boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
26. Vazirlik buyurtma asosida hamda oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari hisobidan:
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi hamda boshqa nodavlat tele- va radiokanallarda “Otalar soʻzi — aqlning koʻzi”, “Otalar choyxonasi”, “Onalar mehri” va “Oila — jamiyat koʻzgusi” kabi mavzularda koʻrsatuv va eshittirishlarni milliy va tarixiy qadriyatlarni hisobga olgan holda muntazam tayyorlash hamda aholiga qulay boʻlgan vaqtda namoyish etish;
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda fuqarolar yigʻinlari faoliyatini batafsil yoritishga qaratilgan, aholida mahalla institutiga nisbatan hurmat va iftixor ruhini shakllantirishga xizmat qiluvchi badiiy filmlar yaratish choralarini koʻrsin.
27. Quyidagilar:
Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek, oila va xotin qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislarning mehnatga haq toʻlash fondi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
28. Fuqarolarda mahallalarning rivojlanishi, obodligi va xavfsizligiga manfaatdorlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlik va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda yangi tizim 2020-yil 1-iyuldan joriy etilishi va tuman (shahar) mahalliy budjetlarga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi boʻyicha tushadigan mablagʻlar hisobidan quyidagilar moliyalashtirilishi belgilansin:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining ish haqi va lavozim maoshiga nisbatan 30 foiz qoʻshimcha maxsus ustama toʻlash xarajatlari;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish xarajatlari;
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish va boshqa joriy xarajatlari.
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
bir oy muddatda keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
uch oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishning 2020 — 2024-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
30. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
31. Ushbu Farmon ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri — ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin, chora-tadbirlar ijrosi boʻyicha yuzaga keladigan joriy masalalar tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin hamda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga ushbu Farmonning amalga oshirilishi jarayoni haqida batafsil maʼlumot taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va uning jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari A.I. Ikramov — har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim toʻliq joriy etilishi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va profilaktika inspektorlarining mustaqilligini taʼminlash, jumladan faoliyatiga asossiz aralashmaslik va taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklamaslik ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan barcha zarur choralarni amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori — ushbu Farmonning mazmun-mohiyati, ahamiyati va mamlakatimizda oila, xotin-qizlar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin.
32. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizamiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
PF-5938-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga 1a-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos boʻlmagan qisqartirilayotgan vazifa hamda funksiyalar
ROʻYXATI
1. Fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashish.
2. Kvartira mulkdori yoʻqligida avariyani bartaraf etish uchun xonadonga kirish.
3. Qarovsiz uy hayvonlari yoki qoʻlga oʻrgatilgan hayvonlarni egasini qidirish choralarini koʻrish, qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxsning iltimosiga koʻra hayvonlarni boqish uchun zarur sharoiti boʻlgan shaxsni topish hamda hayvonlarni unga topshirish.
4. Imoratni qurish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida qurilganligini aniqlash.
5. Hududlarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishini taʼminlash.
6. Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish uchun tuziladigan tuman (shahar) komissiya tarkibida ishtirok etish.
7. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga koʻmaklashish.
8. Aholi punktlari sanitariya jihatidan tozalanishiga hamda maishiy-roʻzgʻor chiqindilari toʻplab olib ketilganligi uchun toʻlovlarni vaqtida toʻlanishiga koʻmaklashish.
9. Chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish va toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash.
10. Maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasidagi amaliy tizimni tashkil etish, qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha majburiy toʻlovlarni toʻlovchi jismoniy shaxslarning hisobi yuritilishini tashkil etish.
11. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalasi uzoq vaqtdan buyon hal etilmayotgan obyektlar va aholi punktlariga reydlar tashkil etish.
12. Jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirish uchun, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan, sharoitlar yaratish hamda ushbu sohada davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
13. Bolalar-oʻsmirlar sport-moslashtiruvchi maktablarini, moslashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar jismoniy tayyorgarlik klublarini tashkil qilish.
14. Mahallalarda futbol maydonlari va boshqa sport inshootlarini obodonlashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalariga koʻmaklashish.
15. Yosh oilalarga sifatli taʼlim, tibbiy, huquqiy, axborot, maslahat va boshqa, jumladan bolalar sogʻligʻini saqlash va tarbiyalashni taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
16. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish.
17. Har bir dehqon xoʻjaligini va unga oid maʼlumotlarni xoʻjalik kitobiga kiritish.
18. Ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari boʻlmagan hududda fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etilganida mazkur hududni birlamchi obodonlashtirishni amalga oshirish.
19. Dehqon xoʻjaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda koʻmaklashish.
20. Fermer va dehqon xoʻjaliklariga yer uchastkalarini berish hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam koʻrsatish.
21. Fermer xoʻjaliklari ishlab chiqarish obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga koʻmaklashish.
22. Foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun fermer xoʻjaliklariga ijaraga berish.
23. Fermer xoʻjaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish.
24. Qishloq xoʻjalik ekinlarining navli urugʻlik hamda koʻchatlari, organik va mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalardan, kasalliklar hamda begona oʻtlardan himoya qilish vositalari yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati koʻrsatish tizimi orqali xizmatlar, shuningdek, texnikaviy xizmat koʻrsatish.
25. Qishloq xoʻjaligi texnikasi, asbob-uskunalar va inventarlarni lizing asosida sotib olishga koʻmaklashish.
26. Fermer va dehqon xoʻjaliklariga zotdor chorva mollar va parrandalar, shuningdek, omixta yem sotib olishda koʻmaklashish.
27. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun sharoitlar yaratib berish.
28. Fermer va dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda koʻmaklashish.
29. Noqishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etayotgan fermerlarni ragʻbatlantirish.
30. Fermer va dehqon xoʻjaliklariga konsalting va axborot yoʻsinidagi boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
31. Tegishli hududda barcha dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotning prognoz hajmlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
32. Tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar, shuningdek, boqiladigan chorva mollari va parrandalarning aniq hisobini yuritish maqsadida ekinlar, mahsulotlar hajmi, sotilgan, eksport qilingan va ichki isteʼmol uchun qolgan miqdorlari toʻgʻrisida har oy yakuni boʻyicha tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga maʼlumot taqdim etish.
33. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, shuningdek, boshqa tadbirlarda ishtirok etish, davlat organlariga koʻmaklashish.
34. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
35. Oʻsimliklar karantini sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish.
36. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
37. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
38. Veterinariya sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
39. Veterinariya boʻlimlariga itlarni quturishga qarshi oʻz vaqtida vaksinatsiya qilish uchun itlarni saqlaydigan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilish.
40. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirlar oʻtkazilishiga koʻmaklashish.
41. Fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻliq va oʻz vaqtida toʻlashlarini kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etish va nazorat qilish.
42. Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarida chorva va parrandalarni boqish, shunday ekinzorlar orqali avtotransport yoki qishloq xoʻjalik texnikasi, hayvonlarni olib oʻtish hamda ekinlarning payhon boʻlishiga olib keladigan boshqa hollarga qarshi kurashish.
43. Toshkent shahar mahalla fuqarolar yigʻini raislari tomonidan ichki ishlar boʻlimlarida oʻtkaziladigan yoʻriqnoma berishda kundalik ishtirok etish.
44. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini aholi tomonidan topshirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
45. Koʻmir mahsulotlarining aholiga belgilangan tartibda taqsimlanishi va sotilishini taʼminlash.
46. Zayomdan foydalanishning butun davrida zayomdan samarali va maqsadli foydalanishning doimiy monitoringini olib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga 1b-ILOVA
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Profilaktika (katta) inspektorlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos boʻlmagan qisqartirilayotgan vazifa hamda funksiyalar
ROʻYXATI
1. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan oʻtkazish, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash, shu masalalar boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish.
2. Tuman hokimining qaroriga muvofiq tashkil etilgan tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhda ishtirok etish va belgilangan vazifalarni bajarish.
3. “Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yigʻini miqyosida saralab olish uchun tuzilgan ishchi guruh tarkibida faoliyat yuritish hamda fuqaroning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatini belgilangan tartibda bekor qilishda ishtirok etish.
4. Fuqarolarning majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari inventarizatsiyasi jarayoni boʻyicha tuzilgan ishchi guruhga rahbarlik qilish.
5. Huquqbuzarliklar oqibatida jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish.
6. Idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarining nazorat tekshiruvida ishtirok etish.
7. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan shaxsning turgan joyi haqida maʼlumot boʻlmagan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki uning yaqin qarindoshlarini xabardor qilish choralarini koʻrish.
8. Fuqarolar tomonidan oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini oʻz ixtiyori bilan topshirilishi va ularni qabul qilish bilan bogʻliq xatti-harakatlarni amalga oshirish.
9. Fuqarolar yigʻinlarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
10. Tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish va aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan choralarni amalga oshirish.
11. Qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus muassasa hududidan chetga chiqqan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni nazorat qilish.
12. Otish zonasida joylashgan aholini, tashkilotlar va boshqa obyektlarning masʼul vakillarini hayvonlarni otib tashlash tadbirlari oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor qilish, hayvonlarni otib tashlashga tayyorgarlik koʻrish va uni amalga oshirish, belgilangan xavfli zonalarga fuqarolar va transport vositalarini kiritmaslik choralarini koʻrish.
13. Otib tashlash ishlari boshlanishidan oldin brigada boshligʻi bilan birgalikda majburiy tartibda brigada aʼzolari sogʻligʻining holatini, qurollarning ruxsat beruvchi hujjatlari mavjudligini, oʻqotar ov qurolining va unga oʻq-dorilarning texnik holatini tekshirish ishlarini olib borish, shuningdek, brigada aʼzolarining aniq vazifalarini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
1.
Fuqarolar yigʻinlarining tashkiliy-huquqiy tuzilmasini takomillashtirish, faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilash, mavqeyini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi
2020-yil
may
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Oliy sud (K. Kamilov),
Bosh prokuratura (E. Yuldashev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Fuqarolar yigʻini raisini saylash muddatini uzaytirish, saylov jarayonini takomillashtirish va ochiqligini taʼminlash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi
2020-yil
may
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil
mart
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Fuqarolar yigʻinlari xodimlari va yangi tarkibiy tuzilmalar faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil
aprel
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
Zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularda yoshlarni oila qurishga kompleks tayyorlash yuzasidan interaktiv treninglarni doimiy ravishda oʻtkazish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil
iyun
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
6.
Keksa avlod vakillari uchun mamlakat boʻylab ziyorat turizmiga chiqishlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil aprel
Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
Transport vazirligi (E. Gʻaniyev),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov)
7.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi alohida oʻquv kurslarini tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
2020-yil
may
Davlat boshqaruvi akademiyasi
(X. Azizov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
8.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ishlab chiqish:
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning sanatoriyda davolanish uchun yoʻllanmalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish;
yoʻllanmani olish uchun talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;
keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika sanatoriylari hamda urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish, shu jumladan ularning moliyalashtirish tartibini “har bir davolangan holat” metodiga oʻtkazish;
faol keksa avlod vakillari uchun sanatoriyalarga yoʻllanmalarni fuqarolar yigʻinlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tavsiyalari asosida ajratish.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
2020-yil avgust
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi, (A. Shodmonov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev),
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 240-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:
bepul qabul qilinadigan fuqarolar toifalariga qoʻshimcha ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz yashovchi I-guruh nogironligi boʻlgan keksalarni qabul qilish;
bepul joylashish huquqi boʻlmagan keksalarga ushbu muassasalarda shartnoma asosida pullik tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish tartibini joriy etish.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
2020-yil avgust
Sogʻliqni saqlash vazirligi, (A. Shodmonov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi (B. Xoʻjayev),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
10.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining markaziy apparati, hududiy boshqarma va boʻlimlarini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
fevral — aprel
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (N. Maksumov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
11.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini tushuntirish boʻyicha tumanlar va shaharlarda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi quyi tuzilmalari hamda fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
mart — iyun
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (X. Azizov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Mahallalarda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat muhitini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish
12.
Milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarni keng targʻib etish maqsadida “Mahalla — qadriyatlar maskani” haftaligini tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
mart
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(M. Xodjimatov),
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov)
13.
Mahallalarda aholi oʻrtasida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasini targʻib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
aprel
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov)
14.
Mahallalarda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning maʼnaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan maʼrifiy tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
mobaynida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov),
Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov)
15.
“Maʼnaviyat oiladan boshlanadi” mavzusida maʼrifat oyligini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov),
Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov)
16.
Fuqarolar yigʻinlari hisob raqamlariga jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriylik asosidagi mablagʻlarini va homiylik xayriyalarini masofadan turib tushirish imkonini beradigan elektron dasturni ishlab chiqishva amaliyotga joriy etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
III. “Oila muqaddas” degan ezgu gʻoyani targʻib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga koʻmaklashish
17.
Umumtaʼlim maktablarida notinch oilalar farzandlari bilan psixologik-korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni olib borish maqsadida “Ahil oila” dasturi asosida treninglar tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil mart
Xalq taʼlim vazirligi
(Sh. Shermatov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
18.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil aprel-may
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
19.
15-may — Xalqaro oila kunini “Oila muqaddas” shiori ostida keng nishonlashni tashkil etish va oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
20.
Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Ibratli oila” tanlovini oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
may-dekabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov),
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov)
21.
Oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, sudgacha oilaviy nizolarni oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil may
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
22.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlarga har tomonlama koʻmaklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil aprel
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
23.
Yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollarga manzilli ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil davomida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Doimiy ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlar, uy bekalarining bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
aprel oyidan boshlab reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)
26.
Oila institutini mustahkamlash va rivojlantirishning ilgʻor usullarini amaliyotda qoʻllash, farovon oilaning zamonaviy modelini targʻib qilish maqsadida quyidagi kompleks tadbirlarni amalga oshirish:
farovon oilaning zamonaviy modelini faol targʻib etuvchi “Family Co-Learning Center” virtual markazini va uning negizida veb-portal;
ijtimoiy soʻrovlarni onlayn tarzda oʻtkazuvchi maxsus “Survey” tizimi;
“Zamonaviy farovon oila” platformasi va video xostingini joriy qilish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
sentabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadiqov)
27.
“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar va xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish.
Chora-tadbirlar rejasi
har yili
noyabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (R.Kamilov),
OʻzNNTMA (N.Alimov)
IV. Mahallalarda huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash
28.
Mahallalarda aholi vakillarini taklif qilgan holda “Maʼnaviyat soatlari” va “Huquqiy bilimlar”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi”, “Yongʻinlar profilaktikasi”, “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻiboti” kunlarini oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
aprel oyidan boshlab
reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(M. Xodjimatov),
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev),
“Vatanparvar” tashkiloti (R.Niyazov)
29.
Mahallalarda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarga koʻmaklashish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
mart
oyidan
boshlab
reja
asosida
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
30.
Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan “Oʻz bolangizni, oʻz uyingizni, oʻz Vataningizni koʻz qorachigʻidek asrang!” shiori ostida targʻibot tadbirlarini tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
aprel
oyidan
boshlab
reja
asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Mudofaa vazirligi (X. Qarshiyev), Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
“Vatanparvar” tashkiloti (R. Niyazov)
31.
Yoshlarning turli yot gʻoyalarga kirib ketishi, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida taʼlim muassasalari, Internet klublar va tungi koʻngilochar maskanlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
aprel
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)
32.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida“Obod va xavfsiz mahalla” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may-avgust
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
33.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida odam savdosi, majburiy mehnat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
sentabr-dekabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Bosh prokuratura (E. Yoʻldoshev),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)
34.
Mahallalarda “Hamjihatlik bor joyda jinoyatga oʻrin yoʻq!” mavzusida targʻibot tadbirlarini tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
may oyidan
boshlab jadval asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov)
35.
Jinoyatchilik oshgan mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida fuqarolar yigʻinlari xodimlari va profilaktika inspektorlari uchun video-darsliklar tayyorlash hamda masofaviy oʻquv seminarlarini tashil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
iyun oyidan boshlab
reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
V. “Mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” hamkorlik tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
36.
Aholi muammolarini aniqlash va hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini yanada oshirishga qaratilgan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
may-iyun
Oliy Majlis Senati
(kelishuv asosida),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Xalq qabulxonalari,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
37.
Yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari hamda hokimlik tizimiga kiruvchi davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitishni mahallalarda samarali tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
iyun oyidan boshlab reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
38.
Joylarda qonun ustuvorligini taʼminlash yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan uslubiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
iyun
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (X. Azizov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (R. Kamilov),manfaatdor vazirlik va idoralar
39.
Mahallalarda ishsiz boʻlgan fuqarolar bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish.
Bunda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bandlikni taʼminlash choralarini koʻrish:
vaqtinchalik, mavsumiy haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish;
kvotalangan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
yangi va mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
tadbirkorlikni boshlash yoki tomorqasidan samarali foydalanish boʻyicha kreditlar, subsidiyalar berish va boshqalar.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
aprel oyidan boshlab reja asosida
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
tijorat banklari,
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
VI. Keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab quvatlash, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish
40.
“Mahallada yoshlar bilan muloqot” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
aprel oyidan boshlab
har oyda
bir marotaba
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
41.
Yoshlarda ona tabiatga mehr uygʻotish, ularda bogʻ yaratish koʻnikmasini hosil qilish maqsadida “Farzandlarimga mendan bogʻ qolsin!” aksiyasini tashkil etish.
manfaatdor vazirlik va idoralar
2020-yil
mart-aprel oylari
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
42.
Taʼlim muassasalarida “Mening maqsadim”, “Vatan oilamdan boshlanadi”, “Munosib farzand”, “Yagonadir muqaddas Vatan”, “Konstitutsiya mening taqdirimda”, “Men orzu qilgan hayot”, “Oʻzbekiston taraqqiyotida mening hissam” kabi mavzularda insholar tanlovi, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
aprel oyidan boshlab
reja asosida
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)
43.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil aprel-may
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
44.
Taʼlim muassasalari va mahallalarda faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may oyidan boshlab
reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
45.
Yoshlarni sport-sogʻlomlashtirish tadbirlariga keng jalb qilish, ular oʻrtasida jismoniy madaniyatni rivojlantirish maqsadida mahallalarda:
futbol boʻyicha “Futbolimiz kelajagi”;
mini-futbol boʻyicha “Charm toʻp”;
kurash boʻyicha “Mahallamiz pahlavonlari”;
stol tennisi boʻyicha “Mahallamiz stol tennischilari”;
shaxmat va shashka boʻyicha oilalar oʻrtasida “Biz aql-idrokli oilalarmiz”;
yengil atletikaning sprint yoʻnalishi boʻyicha “Biz epchil va chaqqonmiz”;
voleybol boʻyicha 14 — 16 yoshli oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.
Qoʻshma qaror
2020-yil
aprel
oyidan
boshlab
reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Milliy olimpiya qoʻmitasi (R.Shoabduraxmonov)
46.
Mahallalarda va taʼlim muassasalarida yosh qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar oʻrtasidagi ajrimlarni oldini olish maqsadida hayotiy tajribaga ega, obroʻ-eʼtiborli yoshi ulugʻ onaxonlarni hamda “Buvijonlar maktabi” aʼzolarini jalb etgan holda “Onaxonlar oʻgitlari” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
iyun oyidan boshlab
reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
47.
Ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohatlarni tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
may oyidan boshlab
reja asosida
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov)
48.
Ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta tashabbusni amalga oshirishda fuqarolar yigʻinlarining faolligini oshirishga qaratilgan “Eng namunali mahalla” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
sentabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
49.
Yoshlar oʻrtasida “Mahalla — mening taqdirimda” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
noyabr-dekabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), MTRK (A. Xodjayev), OʻzA (A.Kuchimov)
50.
Keksa avlod vakillari oʻrtasida toʻrt bosqichli “Yoshlar murabbiysi” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
sentabr-dekabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Mudofaa vazirligi (X. Qarshiyev),
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(M. Xodjimatov),
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Koʻchimov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
51.
Mahallalar va taʼlim muassasalarida keksa avlod vakillari ishtirokida “Ibrat maktabi”, “Xonadon fayzi”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Donishmandlik fasli” kabi mavzularda turkum targʻibot tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may oyidan boshlab reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(M. Xodjimatov),
Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)
52.
Nuroniylar va pensiyadagi harbiy xizmatchilar ishtirokida umumtaʼlim maktablarida “Keksalar maʼrifati” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etish.
Targʻibot tadbirlari
2020-yil
aprel oyidan boshlab
har oyning uchinchi juma kuni
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Mudofaa vazirligi (H.Qarshiyev),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
53.
Mahallalarda, ayniqsa eng chekka mahallalarda “Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir” mavzusida keksa avlod vakillari uchun xayriya tadbirlarini tashkil etish.
Qoʻshma qaror
2020-yil
aprel
oyidan boshlab
reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.Inamova),
manfaatdor vazirlik va idoralar
54.
Mahallalarda “Gʻayratli keksalar” sport guruhlarini tuzish hamda keksalarni yoshi va holatiga qarab jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishga hamda faol turmush tarzini yuritishga jalb etish.
Qoʻshma qaror
2020-yil aprel oyidan boshlab
reja asosida
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
55.
Quyidagilarni tayyorlash:
Oʻzbek xalqining keksalarni eʼzozlash boʻyicha koʻp asrlik qadriyatlari va anʼanalarini aks ettiradigan badiiy filmlar;
oʻzbek xalq ertaklari motivlari boʻyicha “Qari bilganni pari bilmas” multiplikatsion filmlar turkumi;
bosh qahramonlari keksalar boʻlgan teatr spektakllari;
Said Ahmad va Saida Zunnunova, Oybek va Zarifa Saidnosirova, Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova, Pirimqul Qodirov va Shamsiyaxonim, Erkin Vohidov va Gulchehra Vohidovalar, Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Oripov va Xanifa Oripova kabi shaxslarning milliy oilaviy qadriyatlarni asraganligi, hayot sinovlaridan munosib oʻtganligi haqidagi filmlar;
keksa yoshida fan, madaniyat va sanʼatda katta natijalarga erishgan, buyuk ilmiy, adabiy, musiqali asarlar va boshqa madaniy qadriyatlar yaratgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati haqidagi “Umrboqiy siymolar” hujjatli filmlar.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
mart oyidan boshlab reja asosida
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F.Abduxalikov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayidov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
56.
Keksalarning toʻlaqonli hordigʻini taʼminlash boʻyicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:
bogʻlarda, aholining madaniyat va dam olish markazlarida, mahalla guzarlarida taniqli yozuvchilar, shoirlar, artistlar va boshqa atoqli fan, madaniyat va sanʼat arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
barcha “Saxovat” internat-uylarida, keksalarni sogʻlomlashtirish nazarda tutilgan sanatoriylarda ijodiy uchrashuvlarni, spektakllar va kinofilmlar namoyishini tashkil etish;
“Umrboqiy navolar” mavzusida qadimiy cholgʻu asboblarida ijro etuvchilarning respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish;
rasmlar, milliy liboslar, sovgʻalar, oshpazlik va qandolatchilik mahsulotlari koʻrgazmalarini, fotokoʻrgazmalarni respublikada istiqomat qiladigan barcha millatlar keksalari ishtirokida tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may oyidan boshlab
reja asosida
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Badiiy akademiya
(A.Nuriddinov),
Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayidov),
Bastakorlar uyushmasi (R.Abdullayev)
57.
Yoshlar qalbida faxr-iftixor tuygʻularini shakllantirish maqsadida mahallalarda faxriylar va keksalar ishtirokida xalq sayllarini oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil avgust-sentabr
Madaniyat vazirligi,
(O. Nazarbekov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
58.
“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida tadbirlarni amalga oshirish, ularda quyidagilarni nazarda tutish:
respublikaning har bir hududidan keksa yoshdagi 1000 kishini, shu jumladan kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarni tarixiy joylar bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etish;
urush va mehnat faxriylari ishtirokida bepul ekskursiya poyezdini tashkil qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may-oktabr
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov),
Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
59.
Keksa nuroniylar uchun “Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida, madaniyat uylarida, istirohat bogʻlarida “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” konsert dasturlarini tashkil etish.
Qoʻshma qaror
2020-yil
iyul-avgust
Madaniyat vazirligi,
(O. Nazarbekov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
VII. Aholining tomorqa madaniyatini rivojlantirish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish
60.
Mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholiga tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.
Targʻibot tadbirlari
2020-yil mart-aprel
Fermer, dehqon xoʻjaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi (A.Haitov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev),
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.Hamroyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
61.
Har bir mahallani “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik kabi yoʻnalishlarga ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil mart
oyidan boshlab
reja
asosida
Fermer, dehqon xoʻjaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi (A.Haitov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
62.
Tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini mahallalarda muntazam muhokama qilish choralarini koʻrish.
Muhokama yigʻilishlari
2020-yil aprel oyidan
har oyda bir marotaba
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Fermer, dehqon xoʻjaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi
(A.Haitov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
63.
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish, ajdodlar va marhumlarga hurmat bajo keltirish, ularning qabrlarini obod qilish — har bir fuqaroning insoniy burchi ekanligi haqida aholi bilan suhbatlar oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
mart oyidan boshlab muntazam ravishda
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
64.
“Mahallaning rivojlanishi va obodligiga hissa qoʻshgan eng yaxshi tadbirkor” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil avgust
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
65.
Mahallalarda turistik jozibadorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
aprel
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga 3-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek, oila va xotin qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislarning
Raisning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha hamda tadbirkorlik, tomorqa va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
Oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis
Moliyalashtirish manbasi
1.
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra lavozim maoshlariga koeffitsiyent qoʻllanilishi
1,4 baravar
1,25 baravar
1,2 baravar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
2.
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari
Posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yigʻinlarida
8
7
6
Shaharlar hududidan tashqarida joylashgan mahallalar fuqarolar yigʻinlarida
7
6
5
3.
Lavozim maoshlariga har oylik ustama haq (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti)
20 foiz
4.
Lavozim maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama haq
26 foiz
5.
Xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi
Mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida tashkil qilinadi
6.
Moddiy yordam koʻrsatish
Bir oylik lavozim maoshi miqdorida
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari
* 2020-yil 1-martdan kiritiladi.
Izoh: Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi fuqarolar yigʻini raisi va uning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha hamda tadbirkorlik, tomorqa va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek, oila va xotin qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis lavozimlariga tatbiq etilmaydi.