Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021-yillarda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4401-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyundagi 436-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 145-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida nizomning 23-bandi
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Inspeksiya xodimlarining ish haqi — mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentini qoʻllagan holda ikki barobar miqdorda belgilanadi va Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari uchun belgilangan miqdorda uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun lavozim maoshiga ustamalar, ish haqiga belgilangan miqdorlarda tuman (hududiy) koeffitsiyentlari va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa qoʻshimcha toʻlovlardan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.