toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
2020-yil 15-martdan boshlab affinaj faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi beradigan litsenziya asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) tomonidan beriladi;
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi beriladigan ish turlari (faoliyat turlari guruhlari doirasida) roʻyxatiga muvofiq tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan xom-ashyo bilan ishlashga Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan avval berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi asosida faoliyat koʻrsatadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagunicha litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda affinaj faoliyatini litsenziyalash jarayoniga jalb qilingan hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa tuzilmalarni ham jalb etgan holda, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali berish boʻyicha davlat xizmatini 2020-yil 15-martga qadar muddatda joriy qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi:
affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar mazkur qaror talablari asosida berilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-fevral,
86-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2020-y., 09/20/86/0171-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)