Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarorining 3-bandi
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, 2020-yil 1-avgustdan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlari (isteʼmol qadoqlariga ega boʻlmagan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
2. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.