Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-sonli “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori (roʻyxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 24-bandning
ikkinchi xatboshisidan “va yuridik shaxslarning muhrlari (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2.
26-banddan “va muhrlanishi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“depozit sertifikatlari boʻyicha — oxirgi tsessiyada qayd etilgan tsessionariy vakolatli shaxsining imzosi va nomi sertifikat toʻlab berilishi haqidagi arizada vakolatli shaxs imzosi, yuridik shaxsning nomi mos kelmagan taqdirda, sertifikat saqlovchisi tomonidan sertifikat summasini talab qilib olish huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) taqdim etilishi lozim.”.
4.
3-ilovadagi “(tsedentning yoki uning vakolatiga ega shaxsning imzosi) M.Oʻ.” va “(tsessionariyning yoki uning vakolatiga ega shaxsning imzosi) M.Oʻ.” degan soʻzlar tegishli ravishda “(tsedentning yoki uning vakolatiga ega shaxsning imzosi)” va “(tsessionariyning yoki uning vakolatiga ega shaxsning imzosi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.