1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori)
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 366-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi boshligʻi A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-yanvar,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 36-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.04 (Кучини йукотган) Davlat oliy taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
1. Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 24-oktabrdagi 491-son qarori 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Universitet rektoriga Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiriga, rektor oʻrinbosarlariga va tuzilma asosiy boʻlinmalarining rahbarlariga — kotibiyat mudiri oʻrinbosari uchun belgilangan maishiy taʼminot sharoitlari joriy qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi Universitet rektori oʻrinbosarlarini va tuzilma asosiy boʻlinmalarining rahbarlarini, oʻquv boʻlinmalari rahbarlarini, professor-oʻqituvchilar tarkibini, xodimlari va ularning oila aʼzolarini shartnoma asosida tibbiy xizmat koʻrsatishga qabul qilsin”.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya]
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatining taʼminoti toʻgʻpisida” 1996-yil 19-fevraldagi 64-son qarorining uchinchi xatboshisidagi “va tibbiy xizmat koʻpsatish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi toʻgʻrisidagi nizomning 3-boʻlimi ikkinchi xatboshisiga “maqomiga koʻra” soʻzlaridan keyin “tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlaridan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1997-yil 12-sentabrdagi 436-son qarorining 13-bandidagi “tibbiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-sentabrdagi 387-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “va tibbiy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ustavining 22-bandidagi “maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish” soʻzlari “maishiy va transport xizmat koʻrsatish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-fevraldagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisidagi “maqomiga koʻra” soʻzlaridan keyin “tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlaridan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga biriktirilgan kontingentga kafolatlangan tibbiy va sanator — sogʻlomlashtirish yordamini koʻrsatish tartibi va hajmi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Kontingentni hisobga olish va hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Biriktirilgan kontingent ishlari boʻyicha respublika komissiyasi qarori asosida ham amalga oshirilishi mumkin”;
b) ilovada:
1-boʻlim 14-pozitsiyasining “Lavozimlar nomi” ustuniga “Rais, raisning oʻrinbosarlari” soʻzlaridan keyin “shuʼba mudiri, barcha nomdagi inspektorlar” soʻzlari qoʻshilsin;