toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.1998
Hujjat 16.09.1996 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING BOSh BOJXONA BOShQARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-martdagi 88-son qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi “t” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“t) bojxona deklaratsiyalar va bitishuvlar pasporti asosidagi eksport-import kontraktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasiga oʻz vaqtida va toʻliq berish”
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 16-sentabr,
319-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 9-son, 25-modda)