toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.02.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA MINTAQALARIDA NAQD PUL MABLAGʻLARI EMISSIYASI DARAJASINI PASAYTIRISh PROGNOZLARI VA KASSA REJALARI BAJARILIShI UChUN RAHBARLAR VA MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI OShIRISh VA ULARNI RAGʻBATLANTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul-kredit koʻrsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 4-fevraldagi 63-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirishning belgilangan koʻrsatkichlari va kassa rejalari bajarilmaganligi uchun rahbar xodimlarga jarima solish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Respublika mintaqalarida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hamda ularning tegishli oʻrinbosarlariga — Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan;”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 12 centyabr,
315-son