

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;22.02.2021
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-470217" id="onLBC-470217">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6806"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;</span></div><div id="LBC6812"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-470217" id="onLS-470217">[<b>TSZ:</b><div id="LS9114"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;</span></div><div id="LS3725"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-470225" id="-470225">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-470226" id="-470226">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-470227" id="-470227">KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI QOʻLLAB- QUVVATLASh DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-470228" id="-470228"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5335823" id="-5335823">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi <a href="/mact/-5300195?ONDATE=22.02.2021 00#-5301042">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470229" id="-470229">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonini jadallashtirish va davlat, xoʻjalik va jamoatchilik tuzilmalarining qulay tadbirkorlik muhiti yaratish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470230" id="-470230">1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat dasturi maʼqullansin (<a href="/mact/-470217?ONDATE=28.08.1995 00#-470249">ilova</a> qilinmoqda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470231" id="-470231">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470233" id="-470233">3. Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470237" id="-470237">4. “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borishni taʼminlasinlar, respublikada tadbirkorlik harakatini rivojlantirishni keng targʻib qilsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470238" id="-470238">5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat dasturining bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar boʻyicha idoralararo kengash raisi, Bosh vazirning oʻrinbosari V. A. Chjen va Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-470239" id="-470239">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-470241" id="-470241">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-470243" id="-470243">1995-yil 28-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-470245" id="-470245">344-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-470249" id="-470249"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-470256" id="-470256">Vazirlar Mahkamasining<br />1995-yil 28-avgustdagi 344-son <a href="/mact/-470217?ONDATE=28.08.1995 00#-470249">qaroriga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-470258" id="-470258">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI QOʻLLAB-QUVVATLASh</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-470260" id="-470260">DAVLAT DASTURI</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-470267" id="-470267">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-470270" id="-470270"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-470272" id="-470272">I. Kirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470273" id="-470273">Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta oʻzgartirishlari qatʼiy va izchil amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470275" id="-470275">Davlatga tegishli turar joy toʻliq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qoʻliga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, uncha katta boʻlmagan korxonalar amalda toʻliq xususiy mulk qoʻliga oʻtdi. Agrofirmalar, dehqon xoʻjaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xoʻjalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xoʻjaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng koʻlamda olib borilmoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortigʻi yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470277" id="-470277">Qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln soʻmlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sugʻurta kompaniyalari respublikada oʻz faoliyatini kuchaytirmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470280" id="-470280">Mazkur Davlat dasturi bozor qayta oʻzgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yoʻnalishlarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470284" id="-470284">Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470287" id="-470287">aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, isteʼmolchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shugʻullanish istagi “kasalligini” yuqtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470289" id="-470289">qishloq xoʻjaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan taʼminlash maqsadida qishloqda yangi ish oʻrinlari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470291" id="-470291">qishloqda bozor munosabatlari va infrastrukturani jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470294" id="-470294">xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bogʻliq ilm-fanni qoʻp talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470297" id="-470297">xoʻjalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan toʻldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yoʻnaltirilganligini taʼminlovchi unchalik katta boʻlmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470323" id="-470323">Dastur davlatning har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi, tashabbusli, yaratuvchi bozor jarayoni asosida Oʻzbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur toʻrtta qismni — kichik biznesni rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat koʻrsatishi uchun bozor infrastrukturasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy taʼminot va tashkiliy tadbirlar qismlarini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-470326" id="-470326">II. Bozor infrastrukturasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470327" id="-470327">1. Qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish infrastrukturasini ustuvor rivojlantirish amalga oshiriladi. Bunda asosiy eʼtibor melioratsiya, gidrotexnika, elektr energiyasi inshootlari va tarmoqlarini rivojlantirishga, yerlarni sugʻorishga, eroziyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga, koʻp yillik koʻchatlar ekish, sanoatning qayta ishlovchi korxonalarini qurish va texnika bilan qayta uskunalashga qaratiladi. Qishloq joylarda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan muhandislik va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari, vodoprovodlar, kanalizatsiya tizimi va inshootlari, gaz va elektr taʼminoti tarmoqlari, yoʻllar, telekommunikatsiya tizimlari ustuvor koʻriladi. Qishloqda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish davlat dasturi va mahalliy dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470328" id="-470328">2. Qishloqda bozor infrastrukturasini tashkil etish va uni jadal yaratish jarayonlarini boshqarish, uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida respublika viloyatlarida bozor qayta oʻzgartirishlarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashga, bozor infrastrukturasini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirishga, respublika ichki va tashqi iqtisodiy xoʻjalik aloqalarini muvofiqlashtirish va rivojlantirishga daʼvat etilgan Tadbirkorlik departamentlari tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470332" id="-470332">Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ning xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga kreditlar berish, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashni, ularning ustav sarmoyalarida ishtirok etishni, maslahat va axborot xizmatlari shaklida texnik yordam koʻrsatishni amalga oshiruvchi hududiy tarmoqlari rivojlanadi. Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni sugʻurta yoʻli bilan himoya qilish boʻyicha hududiy agentliklar tashkil etiladi. Bu agentliklar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini imtiyozli shartlarda sugʻurta yoʻli bilan himoya qilgan, toʻlanmagan qarzlar uchun qarzdorlarning javobgarligini sugʻurta qilgan, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan chet el investitsiyalari sugʻurta yoʻli bilan himoya qilinishini taʼminlagan holda kichik va xususiy korxonalarning kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olishlari uchun investitsiya loyihalarini baholaydilar va ekspertizadan oʻtkazadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlovchi boshqa fondlar, sugʻurta muassasalari tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470335" id="-470335">Respublika mintaqalarida davlat organlarida tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlarini ifodalaydigan, bozor konyunkturasini oʻrganishda, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va tarqatishda, korxonalarni roʻyxatga olishda, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar taʼsis hujjatlarini tayyorlashda, yuridik va texnik maslahatlar berishda koʻmaklashadigan “Tadbirkorlar palatasi” tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470338" id="-470338">Qishloqda qishloq joylardagi kichik va xususiy korxonalarga resurs taʼminotida, mahsulotni sotishda va transport xizmati koʻrsatishda yordam beradigan, mahsulotni saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshiradigan, aholiga kommunal, maishiy, tuzatish-qurilish xizmatlari koʻrsatadigan, jamoa, dehqon xoʻjaliklari aʼzolari, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarini oʻqitadigan, axborot taʼminoti va yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatadigan Biznes markazlar tashkil etilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470340" id="-470340">Xususiy qoʻyilmalarga asoslangan, ilgʻor texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun butlovchi buyumlarni sotib olish uchun mablagʻlarni birinchi navbatda maqsadli ayirboshlash huquqiga ega boʻlgan agroinvestitsiya firmalari tashkil etilmoqda, kontraktlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi organlarida ruxsat beruvchi tartiblarsiz roʻyxatdan oʻtkazilmoqda. Faoliyat turlari boʻyicha mayda ishlab chiqaruvchilarning uyushmalarini tashkil etishga yordam berilmoqda, bu uyushmalar oʻz manfaatlarini jamoa yoʻli bilan himoya qilishi, xoʻjalik yuritishning ilgʻor usullarini yeyishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470343" id="-470343">Kredit muassasalarini rivojlantirish, ixtisoslashgan tijorat banklari tarmogʻini, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy sarmoya ishtirok etgan tijorat banklari tarmogʻini kengaytirish davom etmoqda. Savdo uylari, investitsiya kompaniyalari, investitsiya vositachilari, fond doʻkonlari, kliring va agentlik tarmoqlari faoliyati kengaytirilmoqda. Kichik va xususiy korxonalarni axborot bilan taʼminlashda, bozor konyunkturasini oʻrganayotgan, bozor imkoniyatlariga axborot xizmati koʻrsatishni taklif etayotgan xususiy korxonalar ishida, tarmoqlararo maʼlumotlar bankini yaratishda yordam berilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470345" id="-470345">Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosili nobudgarchiligiga yoʻl qoʻymaslik, uning toʻsiqsiz qabul qilinishi, saqlanishi va keyinchalik isteʼmol tarmogʻida tahsimlanishini taʼminlash maqsadida kichik va xususiy ulgurji-vositachilik tuzilmalari, ixtisoslashgan bozorlar, ulgurji doʻkonlar, bazalar, saqlash joylari, omborxonalar jadallik bilan rivojlantirilmoqda. Dehqon (fermer) xoʻjaliklarini qishloq xoʻjaligi ekinlarining yuqori nav urugʻlari va ekish materiallari bilan oʻz vaqtida taʼminlash uchun qishloq joylarda urugʻ yetishtiradigan hamda ularni sotadigan urugʻchilik korxonalari tashkil etilmoqda. Qishloqdagi tadbirkorlarga tuzatish-tiklash, agrokimyo, zooveterinariya va xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatadigan agroservis korxonalari tashkil etilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470348" id="-470348">3. Davlat migratsiya jarayonlarini qishloq foydasiga oʻzgartirishga demografiya siyosati oʻtkazilishini, oilani har tomonlama rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash va uni ragʻbatlantirish yoʻli bilan aholini ish bilan taʼminlashni amalga oshiradi. Aholining qishloqda oʻrnashib qolish jarayonini ragʻbatlantirish va uni kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sohasidagi ishga jalb qilish maqsadida qishloq joylarda shaharga nisbatan (aholi jon boshi hisobiga) turar joy, taʼlim, madaniyat va sport, sogʻliqni saqlash obyektlarini qurishda, gazlashtirish, suv va elektr taʼminotida, telefonlashtirishda, aloqada, kommunal obyektlarni qurishda, radio va televideniye xizmatlarida afzalliklar yaratish nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470350" id="-470350">Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida ijtimoiy sohani rivojlantirishga investitsiyalar ulushini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ijtimoiy soha obyektlarini aholi ehtiyojlarini qondirish boʻyicha faoliyatni tashkil etish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berish yoʻli bilan ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-470354" id="-470354">III. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470357" id="-470357">1. Tadbirkorlik muhitini yaratishning ustuvor yoʻnalishi qishloq joylarda bilim va mehnatni koʻp talab qiladigan xizmat sohasini jadal rivojlantirishni, intensiv dehqonchilikka oʻtishni, qishloq ijtimoiy-ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirishni, qishloq joylarda ekologiya talablari taʼminlanishini, shuningdek aholining zarur harakatchanligini taʼminlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yaratish hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, xalq isteʼmol tovarlari, ishlab chiqarish-texnik maqsadlardagi mahsulotlar, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, shuningdek qurilish faoliyatini amalga oshirayotgan, tuzatish, tuzatish-qurilish, maishiy va kommunal xizmatlar koʻrsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish taʼsir etishning iqtisodiy chora-tadbirlari asosida amalga oshiriladi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishlab chiqarishning oqilona jamlanishi, ixtisoslashuvi va joylashishi qaror topishi, ishlab chiqarish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta yoʻnaltirilishi munosabati bilan investitsiyalar tuzilmasi oʻzgarishi taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470362" id="-470362">Aksiyalarning opsion paketlarini sotish tizimi qoʻllaniladi va aksiyalarni xususiy investorlarga (aholiga) sotish kvotalari belgilanadi. Qishloqda davlat mulkini xususiy mulk qilib sotish, kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish usullarini keng rivojlantirish, xususiylashtirilayotgan savdo, xizmat koʻrsatish sohasi, turar joy obyektlari joylashgan yer maydonlarini sotish davom etadi. Qishloq xoʻjaligi yerlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan muddatsiz foydalanishga berish boʻyicha kimoshdi savdolari va tanlovlarni oʻtkazish amaliyoti kengayadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470363" id="-470363">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qonun hujjatlari qabul qilinadi, amaldagi normativ-huquqiy mexanizm takomillashtiriladi. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tengligi taʼminlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ustuvor mahsulot turlariga kiritilgan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan va yetkazib beriladigan mahsulot turlari boʻyicha shartnomalarni shakllantirish, taqsimlash va tuzishda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mazkur mahsulot turi umumiy hajmining kamida 15 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlovlar asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470366" id="-470366">Normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda va mulkda davlat ulushi boʻlgan korxonalarni boshqarish huquqini nodavlat tuzilmalariga (xoʻjalik uyushmalariga) berish tizimidan davlat mulkini boshqarishning trast shartnomalari tizimiga oʻtish amalga oshirilmoqda. Turli mulkchilik va tashkiliy shakllarga ega boʻlgan korxonalar namunaviy taʼsis hujjatlari paketlari tasdiqlanmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini yagona talqin qiluvchi sharhlar tayyorlanmoqda. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tarmoq va mintaqa dasturlarini ishlab chiqish, korxonalarning davlat bilan mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini tuzishlariga oid tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha metodik materiallar tayyorlanmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470369" id="-470369">2. Davlat boshqaruvi organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlashda, texnoparklar, lizing korxonalari, biznes-inkubatorlar, ishlab chiqarish-texnologiya markazlari tarmoqlarini va infrastrukturaning boshqa obyektlarini yaratishda yordam berishga oid chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni amalga oshirmoqdalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470372" id="-470372">Davlat organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ishlab chiqarishni joylashtirish hamda ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar va boshqa mahsulot turlarini yetkazib berishga oid tadbirlarni amalga oshiradilar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlar, yarmarkalarni uyushtirish va ular faoliyatlarini tashkil qilishda, shu jumladan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va yordamchi binolarni, davlat mulki boʻlgan boshqa mol-mulkni berish yoʻli bilan koʻmaklashadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini ishlab chiqarish-texnologiya jihatdan qoʻllab-quvvatlash imtiyozli shartlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ishlab chiqarish-texnologik qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470375" id="-470375">Qishloq joylarda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishni, eksport hajmini koʻpaytirishni, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirishni, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashni, qishloqda qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etishni taʼminlaydigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalariga birinchi navbatda yordam beriladi. Iqtisodiyotning ustuvor sohalarida va eng avvalo qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda qayta ishlash, oziq-ovqat, sanoat tovarlari, xalq isteʼmol tovarlari, dori-darmonlar va tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, kommunal va maishiy xizmatlar koʻrsatish, turar joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarni qurish, innovatsiya faoliyati va ilm-fanni koʻp talab qiladigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida kichik biznes va xususiy korxonalarga imtiyozlar va afzalliklar beriladi. Qishloq xoʻjaligi xomashyosi va mahalliy xomashyoni qayta ishlash uchun zamonaviy texnologik asbob-uskunalar toʻplamlarini yetkazib berish tashkil etiladi, kooperatsiyalashgan servis xizmati tizimi tashkil etiladi. Mini zavodlar va mini texnologiyalarni tayyorlovchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470378" id="-470378">Ilmiy-texnika va ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash, standartlar va mahsulotlar sifati sohasidagi tartibga solishlar yoʻli bilan kichik biznes va xususiy korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlarning raqobatga bardoshliligini oshirish chora-tadbirlari tizimi ishlab chiqilmoqda. Kichik va xususiy korxonalarni jadal texnik qayta jihozlash ragʻbatlantiriladi. Texnologik inkubatorlar modellari, qayta ishlovchi va mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar namunaviy loyihalari yaratilmoqda, ularni keng joriy qilish va yangi texnologiyalar sharoitlarida yoʻnalish boʻyicha oʻqitish tashkil etiladi. Keyinchalik kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish uchun tamoman yangi mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi litsenziyalarini sotib olish amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470380" id="-470380">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun foydalanilmayotgan binolar belgilangan tartibda ijaraga beriladi, tugallanmagan qurilishning ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan asbob-uskunalari kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali sotiladi. Qishloqdagi davlat mulki obyektlarini mahalliy aholiga tegishli boʻlgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ustuvor berish maqsadida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida davlat mulkini sotish boʻyicha yopiq tanlovlar oʻtkaziladi. Toʻxtatib qoʻyilgan va foydalanilayotgan asosiy fondlarni va ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek ijtimoiy infrastruktura obyektlarini kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470383" id="-470383">Korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini baholashni, bozor talablarini hisobga olgan holda ularni texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy qayta oʻzgartirish rejalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi xususiylashtirishdan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xoʻjalik yurituvchi subyektlari barqarorligini taʼminlash uchun korxonalarni qayta tuzish va qayta taʼmirlashni mablagʻ bilan qoʻllab-quvvatlash tartibi joriy etiladi. Keyinchalik ishlab chiqarishda joriy etish uchun asbob-uskunalar va mini texnologiyalarning, shu jumladan chet el asbob-uskunalari va mini texnologiyalarining doimiy ishlovchi koʻrgazmalari tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470386" id="-470386">3. Davlat organlari yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi, shu jumladan fanga va ilmiy ishlab chiqarishga, kichik va xususiy firmalarga, kompaniyalarga, markazlarga xizmat koʻrsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy ishlab chiqarish infrastrukturasi barpo etilishiga koʻmaklashadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470389" id="-470389">Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmati koʻrsatish imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi. Kredit muassasalari, qimmatli qogʻozlar bozorining ahvoli va aksiyalar kotirovkasi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ehtimol tutilgan sheriklar haqidagi axborot eʼlon qilinadi. Marketing, boshqaruv maslahati, audit, reklama, kontrolling, tashqi iqtisodiy operatsiyalar sohasida ixtisoslashtirilgan kichik va xususiy korxonalar tizimi yanada rivojlanadi. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash muammolari boʻyicha ilmiy, maʼlumotnoma va oʻquv adabiyoti, har chorakda chiqadigan “Xususiylashtirish” byulleteni, komplekt asbob-uskunalar kataloglari, biznes-kataloglar nashr etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470392" id="-470392">4. Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalarini aniq farqlashni nazarda tutuvchi prinsipial yangi tizimga oʻtish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Bunda darajalar (korxona, hudud, respublika) boʻyicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy kafolatlar barcha fuqarolarga, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga zarur minimumda berilishi belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlar tarkibi, tuzilmasi va miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Darajalar boʻyicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, birinchidan, muayyan muddatga beriladi, ikkinchidan, tegishli budjetning ahvoli bilan toʻliq bogʻlik boʻladi, uchinchidan, iqtisodiy islohotning u yoki bu bosqichida shakllangan shart-sharoitlarga bogʻliq boʻladi. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash qonun hujjatlari bilan ham, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining, korxonalarning egalari va rahbarlarining qarorlari bilan ham amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470407" id="-470407">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-132219">Qonunida</a> nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlar ijro etilishi ustidan samarali nazorat taʼminlanadi. Majburiy tibbiy sugʻurta masalalariga alohida eʼtibor beriladi. “Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilmoqda va Oliy Majlisga kiritiladi. Majburiy tibbiy sugʻurtadan tushadigan mablagʻlarni hisobga olgan holda davlat budjetida soqlikni saqlashga xarajatlar tuzilmasi qayta koʻrib chiqilmoqda va tegishlicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solish darajasini pasaytirish imkoniyati koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470441" id="-470441">Qishloqda aholining ish bilan taʼminlanishi muammosiga alohida eʼtibor beriladi. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-51887">Qonuni </a>loyihasi ishlab chiqilmoqda va koʻrib chiqish uchun Oliy Majlisga kiritiladi. Ushbu qonunda ishlab chiqarishning qayta tuzilishi natijasida boʻshab qolgan xodimlarga ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlash, aholining ish bilan taʼminlanganligi holatiga bogʻliq ravishda muayyan hududlarda qisqartirilgan ish vaqti joriy etish imkoniyati, yangi ish joylari tashkil etish boʻyicha ish beruvchilarning chiqimlarini qisman Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi tomonidan kompensatsiya qilish va boʻshatilishi kerak boʻlgan shaxslarni qayta oʻqitish boʻyicha oʻquv tuzilmalari tashkil etish nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470444" id="-470444">5. Davlat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishni taʼminlaydi. Aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan kadrlarni qayta tayyorlash tizimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ehtiyojlarini koʻzlab qayta yoʻnaltiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar. Kasbga yoʻllash tizimi tashkil etiladi, biznes-inkubatorlar barpo etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470447" id="-470447">Barcha oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida bajarilishi majburiy boʻlgan qishloq yoshlarini oʻqishga qabul qilish boʻyicha kvota belgilanadi. Kvotalash tartibi va shartlari, kadrlar tayyorlash va bitiruvchilardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimida foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat oʻquv yurtlarida tadbirkorlik tuzilmalari uchun mutaxassislar va kichik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika va mahalliy budjetlar hisobidan, shuningdek oʻquv yurtlari bilan korxonalar oʻrtasida tuziladigan kontrakt asosida amalga oshiriladi. Mutaxassislar va ishchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish majburiy hisoblanadi hamda davlat organlari tomonidan koʻrsatilgan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnomalari bajarilmagan taqdirda kichik va xususiy korxonalar moddiy xarajatlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli budjetga toʻlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470449" id="-470449">6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalarida qatnashishini kengaytirish, shuningdek ushbu subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy sarmoya investitsiya loyihalari, chet elda reklama tashkil etish asosida jalb etiladi. Chet el investitsiyalari ochiq tender asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida hamda maxsus investitsiya savdolari orqali, shuningdek boshqa usullar va mexanizmlar vositasida jalb etiladi. Chet el investorlari jalb qilingan holda texnikaviy yordam dasturlari doirasida pilot loyihalari amalga oshiriladi, yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi fanga va firmalar, kompaniyalar, markazlarning ilmiy ishlab chiqarishiga xizmat koʻrsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy-ishlab chiqarish infrastrukturasi tashkil etiladi. Tarifli bojxona boshqaruvi takomillashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-470451" id="-470451">IV. Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy taʼminlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470453" id="-470453">1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish boʻyicha davlat tomonidan mablagʻ bilan taʼminlash iqtisodiyotning normal mavjud boʻlishi uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani barpo etish qismi boʻyicha budjet mablagʻlari hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berishda paydo boʻladigan budjetning, kredit, sugʻurta muassasalari va korxonalarining yoʻqotishlarini kompensatsiya qilishga, kreditlarga kafolat berishga va tadbirkorlar faoliyatini sugʻurta qilishga daʼvat etilgan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi (Biznes-fond) tashkil etildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470456" id="-470456">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash ham toʻgʻridan toʻgʻri, ham bilvosita (imtiyozli soliq solish) mablagʻ bilan taʼminlash yoʻli bilan respublika va mahalliy budjetlarning mablagʻlarini, jamoat jamgʻarmalari mablagʻlarini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek xususiy xayr-ehson va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470458" id="-470458">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, vodoprovodlar, kanalizatsiya tizimlari va inshootlari, gaz va elektr taʼminoti tarmoqlari, yoʻllar qurilishi, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek ijtimoiy infrastrukturani taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlarini, mehnat kuchlari ortiqcha boʻlgan qishloqlarda esa uy-joy qurish uchun zarur boʻlgan qishloq, joylarda muhandislik va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash ushbu obyektlarni rivojlantirishning tegishli davlat dasturlari doirasida ustun darajada tegishli budjetlar va budjetdan tashqari fondlar hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olinadigan mablagʻlarning 20 foizini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirish hisobidan amalga oshiriladi. Maqsadli davlat markazlashtirilgan sarmoya qoʻyilmalarini qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik infrastrukturasini rivojlantirishga taqsimlash davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlariga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470463" id="-470463">Meliorativ, gidrotexnika, elektr energetikasi inshootlari va tarmoqlari qurilishi, yerlarga suv chiqarish, ekologik va eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, kimyoviy melioratsiya, koʻp yillik koʻchatlar ekish, qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash, dehqon (fermer) xoʻjaliklari, jamoa korxonalari va boshqa korxonalarni rivojlantirishga koʻmaklashish, qishloq joylarda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish tegishli davlat dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470468" id="-470468">Qishloq joylarda ijtimoiy-madaniy va sport maqsadlaridagi barcha muassasalarga, shu jumladan nogironlar va mehnat faxriylari uylari, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari xarajatlari, shuningdek jismoniy tarbiya-sport tadbirlari oʻtkazishga sarflanadigan xarajatlar ustun darajada budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470471" id="-470471">Soliq solish tartibi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliq toʻlashdan ozod qilish, ularni toʻlashni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq krediti berish tizimi joriy etiladi, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan mulkdan va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni tartibga soluvchi soliqlar joriy etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470473" id="-470473">2. Ulush qoʻshib qatnashish shartlarida va kredit berish shaklida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar ustun darajada infrastrukturani rivojlantirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Biznes-fondga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablagʻlarning 50 foizi beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470474" id="-470474">3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, kredit tashkilotlariga tegishli farq Biznes-fond mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilingan holda, imtiyozli foizli stavkalar boʻyicha kredit berilishi mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda kredit beruvchi kredit tashkilotlari imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklarga toʻlanadigan kreditlar toʻlanmasligi tavakkalchiligini majburiy sugʻurta qilish tizimi joriy etiladi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kreditlarni va kreditlardan foydalanganlik uchun foizlarni sugʻurta shartnomasida belgilangan muddat davomida oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash haqidagi javobgarligi sugʻurta obyekti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470477" id="-470477">4. Tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish maqsadida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ularga moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻli bilan koʻrsatib oʻtilgan jamiyatlar qatnashchilarining vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini jamlash uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro kredit berish jamiyatini tuzadilar, manbalari haqida deklaratsiya toʻldirilmaydigan xususiy mablagʻlarga asoslangan agroinvestitsiya firmalari tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470479" id="-470479">Kichik va xususiy tadbirkorlikning xususiylashtirilgan korxonalari va subyektlari asosiy ishlab chiqarish fondlarini tezlikda yangilash uchun asosiy fondlarning tegishli turlari uchun belgilangan normadan ikki baravar koʻp boʻlmagan miqdorda ajratmalarni ishlab chiqarish chiqimlariga tegishli deb hisoblagan holda asosiy ishlab chiqarish fondlarini jadal amortizatsiya qilish qoʻllaniladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jadal amortizatsiya qilish mexanizmini qoʻllash bilan bir qatorda amortizatsiya ajratmasi sifatida, uch yildan ortiq xizmat qilgan asosiy fondlarning dastlabki qiymatining 50 foizigacha hisobdan chiqarib tashlashning qoʻshimcha tizimi joriy etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470481" id="-470481">5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ilgari xususiylashtirilgan korxonalari va subyektlarining toʻlovga qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyatlariga baho berishga asoslangan hamda ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini davom ettirishga qaratilgan qarzdorlarning qarzni toʻlay olmasligi sanatsiyasi tizimi shakllantiriladi. Qarzni toʻlay olmaydigan qarzdorlarning mol-mulkini xususiylashtirish hamda umumiy ishlab chiqarish tuzilmasi tarkibida haqiqiy bankrotlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish obyektlarini maydalashtirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470484" id="-470484">Qarzdorlarning mol-mulkini kreditorlarga berish yoʻli bilan toʻlovlarni tartibga solish imkoniyatini taʼminlovchi maxsus qimmatli qogʻozlar joriy etiladi. Xususiylashtirishga va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga prinsipial yangi yondashuvlar amalga oshiriladi. Bunda yomon ishlovchi korxonalarning mol-mulki yangi bozor sharoitlarida ishlashga moslashgan yuqori samarali korxonalarga oʻtadi. Qisman bankrot boʻlish tartibi yuritiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-470486" id="-470486">V. Dasturning bajarilishini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-470489" id="-470489">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturining bajarilishi davlat boshqaruvi organlari, faoliyati maqsadi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va investitsiya berish hisoblangan nodavlat tuzilmalar, shuningdek jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi mahalliy organlari bunda asosiy oʻrin tutishlari kerak. Bunda shuni hisobga olish kerakki, dastur eng avvalo maʼmuriy-buyruqbozlik chora-tadbirlariga emas, balki iqtisodiy taʼsir koʻrsatish choralariga tayanadi, eng avvalo tadbirkorlik tuzilmalarini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy tuzilmalar, mexanizmlar va shart-sharoitlar barpo etilishiga yoʻnaltirilgan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha tadbirlarning roʻyobga chiqarilishini oʻz ichiga oladi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
