Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi qonunining
8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunining
5-moddasiga muvofiq
buyuraman: 1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097-son, 2018-yil 11-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 50-son, 958-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
34-bandidagi “xususiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2020-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.